Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc



Yüklə 255 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/76
tarix01.03.2022
ölçüsü255 Kb.
#84245
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   76
Ilm olish sirlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 

29

Va favqa kulli zi ilmin alim!2 



Ahli ilm hurmatin etdi ma’lum. 

Fiqh ilmi ilmlar uzra iftixor

Sohiblari hech bo’lmaslar xoru-zor. 

 

Har qanday ilm sohibi izzat topmoqqa loyikdir. Har qancha faxrlani_ga munosibdir. Ammo fiqh ilmi 



va uning sohibi iftixorga hamda izzat ikromga ko’proq loyikdir. 

Haqiqatda fiqh ilmi fazilati bilan boshqalaridan ko’ra a’loroqdir. Bu xuddi attorning rastasida rango-

rang xushbo’y atirlar bo’lsa ham, mushku anbar oldida uyalib qolgani kabidir. Qancha kushlar ham 

lochin kabi baland ucholmaganidek, fiqh ilmi ham, lochin yoki mushk kabi ilmlar ichida o’z salmog’i 

va mavqeiga egadir. 

 

Zero, fiqh ilmi ilmlarni nafisi va nozigidir. Sen uni o’rganuvchi va to’plovchisi bo’lgin! Ilm o’rganish 



jarayonida inson ilm iftixor va hurmati tamoyillarini ham o’rganadi. Shuning uchun sen

bilmaganlaringni o’rganishga harakat qil! 

 

Bilgilki, ilmning avvali ham, oxiri ham unga iqbol qilish, unga yuzlanish bilandir. 



Ba’zi nusxalarda: «Kim ilm olsa, albatta, ilm tufayli hosil bo’ladigan obro’-hurmatdan mahrum 

bo’lmaydi,- deyilgan. Aqlli kishi uchun ilm va fiqhning lazzati talabi ilmda doimo bo’lishiga to’liq 

kifoya qiladi. 

 

Dangasalik va boqimandalik goho og’iz va tamokda namni ko’pligidan tug’iladi. 



Т

ufuk va 


balg’amning me’yoridan ziyodaligi kishi ichki dunyosiga salbiy ta’sir qiladi. Buni kamaytirish yo’li 

taomni kamroq tano-vul qilish bilan bo’ladi. Bu bilan oz bo’lsada dangasa-lik shifosi hosil bo’ladi. 

 

Ulug’ donishmanlardan rivoyat qiladilar, payg’ambarlar yoki buyuk donishmandlardan yetmishtasi 



yoddan ko’tarilish, zehnni sustligi faqat balg’amning ko’pligidan paydo bo’ladi,- deb ittifoq qilganlar. 

 

Ko’p balg’am ko’p suv ichishdan paydo bo’ladi, suv ichishga talab ko’p taom yeyishdan bo’ladi. 



Qotgan non hamda mayizni o’z so’lagi bilan yeyish balg’amni kesadi va yo’q qiladi. Ammo mayizni 

ko’p yeyish ham to’g’ri emas. Chunki, suv ichishga ehtiyoj sezdiradi. Bu yana balg’amni ko’payishiga 

sababdir. 

 

Shuningdek, misvok balg’amni kamaytiradigan omillardan biridir. Misvok bapg’amni kamaytiradi va 



yodda saklash qobiliyatini ziyodalashtiradi. Nutqni fasohat-lik, ravon bo’lishiga yordam beradi. Zero, 

misvoktutish muborak sunnati saniyadir. Shuning uchun, ibodatning savoblarini ziyoda qiladi. 

 

Balg’am va og’izdagi namning choralaridan biri qayt qilib tashlash hisoblanadi. Yana bir muolaja - 



taam-mul, ya’ni oz yeyishning foyda hamda hikmatlari haqida o’ylash bo’ladi. Zero, oz tanovul qilish 

salomatlik va iffatdir. Pokizaham go’zal bo’lishdir. 

 

Ko’p tanovul o’zini o’z qo’li bilan kasalliklarga arz qilish va izzatidan ayrilishdir. O’z sog’ligini, foyda 



va izzatini afzal ko’rish esa oz yemoqda ekani aniq. She’r: 

 

Har ish me’yorida bo’lsa, xo’b mahbub 

Т

anovulning me’yori senga do’sti xub. 

Ovqat deb izzatingdan ayrilma

Maqomi jannatingdan yuz qayrilma. 



Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy 

 

 




Yüklə 255 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə