Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   114
iqtisodiy statistika

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


22 
Mavzu IV. AHOLI SONI VA HARAKATI
KO‘RSATKICHLARI STATISTIKASI 
Reja: 
 
1.
Aholi soni va ularning o‘rtachasini hisoblash. 
2.
Aholi tarkibi statistikasi 
3.
Aholining harakat ko‘rsatkichlari statistikasi 
4.1. Aholi soni va ularning o‘rtachasini hisoblash 
 
Jamiyat – mahsulot ishlab chiqaruvchilar va iste’mol qiluvchilar ya’ni aholi 
soni va tarkibiga bog‘liq. O‘zbekiston aholisi yildan – yilga yuqori sur’atlar bilan 
o‘sib bormoqda. Aholi soni va tarkibini o‘rganishning asosiy usuli ro‘yxatga olishdir. 
Aholini ro‘yxatga olish ularni bir vaqtda yoppasiga (to‘liq) kuzatish usuli bo‘lib, 
natijada aholining soni, ularning jinsi, yoshi, millati, ma’lumoti va boshqa 
xususiyatlari bo‘yicha tarkibini aniqlashga imkoniyat yaratadi. 
Aholini ruyxatdan o‘tkazish – ularning har birini hisobga olish bo‘lib, juda 
katta kuch va mablag‘, hamda tayyorgarlikni talab etadi. Shuning uchun ham aholini 
ro‘yxatga olish ma’lum muddatlarda, ko‘pincha hukumat qarorlariga asosan 
o‘tkaziladi. Sobiq SSSR paytida aholi ro‘yxati bir necha bor o‘tkazilgan. Aholi 
ro‘yxati keyingi yillarda 1970 yil 15 yanvar, 1979 yillarda bo‘lib o‘tgan, 
O‘zbekistonda oxirgi marta aholini ro‘yxatga olish 1989 yil bo‘lgan edi. ro‘yxatga 
olishdagi kritik payt. 
O‘zbekiston Respublikasi aholisi soni 1989 yilning boshida 23872,5 ming 
kishini tashkil etgan. Respublika aholisi yildan – yilga yuqori sur’atlar bilan 
ko‘paymoqda. Faqat 1990-1997 yillarning o‘zidayoq mamlakat aholisi 13,3% 
ko‘paygan. 2006 yil boshiga Respublika aholisi 26,4 mln. kishi. 
O‘zbekiston aholisining yuqori sur’atlar bilan ko‘payishiga to‘g‘ilishning 
yuqoriligi, o‘limning kamayganligi, nikohning ko‘pligi, oilaning mustahkamligi kabi 
omillar ta’sir qiladi. 
Aholi sonining o‘sishi tabiiy va mexanik tarzda sodir bo‘ladi. Aholining tabiiy 
o‘sishi to‘g‘ilish va o‘lim o‘rtasidagi farqdir. 
Aholining sonini hisoblashda va ro‘yxatga olish jarayonida doimiy va mavjud 
aholi, vaqtincha yo‘qlar va vaqtincha yashovchilar sonini hisobga olish zarur. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə