111
7.
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash bo‘yicha ko‘rsatkichlar,
bir shifokorga
to‘g‘ri keladigan aholi soni, 10000 kishiga to‘g‘ri keladigan shifoxona
o‘rinlari, vrachlar va shu kabilar.
O‘zbekistonda
yoshlarni tarbiyalashga, bolalarni sog‘lom qilib o‘stirishga,
komil inson qilib tarbiyalashga katta ahamiyat berilmoqda. Hozirgi paytda yosh
bolalarni maktabgacha tarbiya muassasiga jalb qilish qishloqdagiga nisbatan
shaharda yuqoriroq O‘zbekistonda aholini tabiiy ko‘payishi
yuqori darajada
bo‘lganligi sababli, umumiy o‘rta ta’lim maktablardagi bolalar soni ham yildan –
yilga ko‘payib bormoqda. Masalan: 1997 yili 5257 ming o‘quvchi bo‘lgan bo‘lsa,
2000 yilga kelib, o‘rta maktabdagi o‘quvchilar soni 5765 ming o‘quvchiga yetdi.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunni amalga oshirish bo‘yicha joylarda zamon talabiga
javob beradigan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari qurilmoqda.
Ularda
o‘qiydigan talabalar soni ham yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Hozirgi paytda oliy
o‘quv yurtlari va boshqa ilmiy muassalarda ta’lim olayotgan mutaxassislarning
sifatiga katta e’tibor berilmoqda. O‘zbekistonda 64 oliy o‘quv yurti mavjud.
Respublika byudjetidan ta’lim sohasiga ajartilayotgan mablag‘lar mutloq
summasida yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Maslan: 1995 yil 21,1 mlrd. so‘m
ajratilgan bo‘lsa, 1999 yil ta’lim sohasiga 159 mlrd. so‘m ajratilgan. Ta’lim
sohasidagi harajatlar YAIMning 7,8 % ni tashkil qiladi.
Byudjet harajatlari esa,
1999 yili 24 % ni tashkil qilgan. O‘zbekiston hukumati aholining sog‘ligini himoya
qilishga katta ahamiyat bermoqda. Sog‘liqni saqlashga davlat byudjeti
harajatlarining 10%ga yaqini, YAIM ga nisbatan esa 3,3% sarflanmoqda. Sog‘liqni
saqlashda bitta shifokorga to‘g‘ri keladigan aholi soni 1999 yilda 302 kishiga
to‘g‘ri kelgan. Shifoxona o‘rinlari esa 10000 kishiga 56 o‘rin to‘g‘ri kelgan.
Hukumatimiz sog‘liqni saqlash bo‘yicha keyingi 5 yilda
tibbiyot sohasida yangi
zamonaviy texnika bilan jihozlangan tez tibbiy markazlari tashkil etildi. Har yili
sog‘lom avlodni tarbiyalash bo‘yicha ona va bolalarni sog‘lig‘ini himoya qilish
bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: