Microsoft Word mantiqut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/297
tarix20.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#83000
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   297
Farididdin Attor. Mantiqut-tayr (nasriy bayoni)



Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor 
 
 
www.ziyouz.com
 
кутубхонаси
 
1
Fariduddin Attor 
 
MANTIQ UT-TAYR 
(nasriy bayon) 
 
Tahrir hay’ati: Aziz Qayumov, Alibek Rustam, Najmiddin Komilov 
Forsiydan Najmiddin Komilov va Mahkam Mahmudov tarjimasi 
Mas’ul muharrirlar: Hamidullo Boltaboev, Vahob Rahmonov 
 
 
 
FARIDUDDIN ATTOR MA’NAVIY MEROSI 
 
Qaysi qush, Qofi fano anqosi ul 
Jumlai qushlar tili donosi ul.  
 
Kashfi asrori haqoyiqda farid,  
Nutqidin ahli haqiqat mustafid...  
 
Alisher Navoiy 
 
Sho‘rolar davrida muqaddas kitobimiz Qur’oni karimni o‘zbekchaga tarjima qilib, 
nashr etishni, Rasululloh SAV hayotnomalarini, imom al-Buxoriy, imom at-Termiziy
imom al-Motirudiy meroslarini o‘rganishga yo‘l yo‘q edi. Kim diniy qadriyatlarimiz 
jamlangan kitoblarni, hadisi shariflarni nashr etish tugul, o‘qisa ham, jazoga tortilar edi. 
Ming bor shukrki, Istiqlolga erishdik. Qur’oni karim, hadislar ma’naviy hayotimizda 
yana yuksak qadrini topdi, diniy-falsafiy xazinalarimizni o‘rganishga keng yo‘l ochildi. 
Abu Nasr Forobiyning «Madinat ul-fozila», imom al-Buxoriyning «Jomi’ as-sahih», «Adab 
al-Mufrad», imom G’azzoliyning «Kimiyoi saodat» (muxtasari), Aziziddin Nasafiyning 
«Zubdat ul-haqoyiq», Fariduddin Attorning «Ilohiynoma», Jaloliddin Rumiyning «Fihi mo 
fih» («Ichindagi ichindadir»), «Masnaviyi ma’naviy», Husayn Voiz Koshifiyning 
«Futuvvati sultoniya», Abul-Lays Samarqandiyning «Bo‘ston ul-orifiyn», «Tanbeh ul-
g‘ofiliyn», So‘fiy Olloyorning «Sabot ul-ojiziyn», at-Termiziyning «Sunani Termiziy», 
«Shamoyili Muhammadiya», Alixon To‘ra Sog‘uniyning «Tarixi Muhammadiy» kabi 
durdona asarlari Istiqlol yillarida xalqimizning ma’naviy mulkiga aylandi. 
Jahondagi buyuk so‘fiy faylasuflardan biri Fariduddin Attorni daho o‘zbek mutafakkiri 
Alisher Navoiy «Lison ut-tayr» asarida bunday ta’riflaydi: «Qushlar tilini tushunish 
olamda faqat bir zotga, Sulaymon payg‘ambarga nasib etgan edi. So‘ng uning vaziri 
Osaf tushundi-yu, ammo hech kimga tushuntirmadi. Shundan so‘ng charx aylanib, ming 
yillar o‘tib, olamga bir zot keldi. U qush tili (falsafiy ramzlar)ni tushuntirishda Sulaymon 
nabiydan ham, vaziri Osafdan ham o‘zib ketdi. Qushlar tilni go‘yo undan o‘rgandilar. Haq 
taolo muning nutqini go‘yo (bulbul) ayladi. Nukta deb anjom ila og‘ozdin, oncha gavhar 
sochti ganji rozdin». 
Navoiy aytadiki, bu ilohiy sirlarni forsiy tilni bilganlar tushundilar. Attor asaridagi 
ganjlarning sirlarini turkiy tilli xalqlar ham tushunsin deb, kamina bu xazinalarni turkiy 
tilda kashf etishga kirishdim. 
Barcha mumtoz ulamolar fikricha, Allohni tanimagan, Uning ma’rifatini bilmagan 
odam ilohiy olam sirlarini hech qachon tushunolmaydi. Agar odam Allohni-Haqni bilsa
o‘zining ham naqadar aziz, sharafli zot ekanligini tushuna boshlaydi. Buni tushuna 


Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor 
 
 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə