Kimga berildi muhandis Ochilov Ilyos Keldiyorovich
(lavozimi, familyasi, ismi, otasining ismi) Pasport seriya: SA 0336936
Kim tomonidan berildi A. Ikromov TIIB
Berilish sanasi 04.04.1996 yil
Olishga «Qo’rg’on TQYu» LTD
(moddiy boyliklar etkazuvchisining nomi) 20.10.2002 yildagi 86-son to’lovnoma bo’yicha 29.12.2000 (hujjat nomi, raqami va sanasi)
Orqa tomoni
№
|
Moddiy boyliklar
|
O’lchov birligi
|
Miqdori (so’z bilan)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1
|
Yumaloq o’ramda qog’oz
|
Tonna
|
Ikki
|
2
|
Kitoblar
|
Dona
|
Bir yuzta
|
|
|
|
|
Ishonchnoma olgan shaxs, Ochilov I., imzosini tasdiqlaymiz. M.O’.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari (tashkilot) I. Ibragimov
Bosh buxgalter G. Jumanov
Beriladigan ishonchnomalar eng avval ishonchnomalarni ro’yxatga olish daftarida qayd etiladi. Bu daftar varaqlari oldindan raqamlanib, tiqilib so’rg’uch bilan muhrlanadi. Daftarning oxirgi betida bosh buxgalter imzosi bilan quyidagi yozuv qayd etiladi: «Bu daftarda hisob varaqlar raqamlangan va tikib chiqilgan» Varaqlar soni harf (so’z) bilan yozilishi kerak.
Berilgan ishonchnomalarni hisobga olish daftari
Ishonchnoma raqami
|
Berilgan sana
|
Amal qilish sanasi
|
Ishonchnoma berilgan shaxsning lavozimi va familiyasi
|
Ishonchnoma olishga imzo
|
Mahsulot etkazib beruvchi
|
Unga asosan boyliklar olingan hujjat
raqami va sanasi
|
Boyliklar kirimini tasdiqlaydigan hujjat raqami va sanasi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
1
|
03.01.2003
yil
|
15
|
Muhandis Ochilov I
|
|
«Qo’rg’onTQYu» LTD
|
86-son to’lovnoma, 20.10.2002
yil
|
8-son kirim orderi, 10.01.2003 yil
|
Ishonchnoma olgan xodim TMZlar olingandan keyingi birinchi kundan qoldirmasdan unga yuklatilgan vazifani bajarganligi hamda olingan TMZlarni omborga topshirishi shart. Ishlatilmagan ishonchnomalar belgilangan muddati o’tib ketgandan keyingi kunda buxgalteriyaga qaytariladi. Muddati o’tib ketgan ishonchnomalar bo’yicha hisobot bermagan shaxslarga yangi ishonchnomalar berish man etiladi.
TMZlarni ombor mudiri yoki omborchi qabul qiladi. Omborga qabul qilish vaqtida omborchi keltirgan TMZlar soni, turi, sifatini mol etkazib beruvchi tomonidan yuborilgan hujjatlar(hisobvaraq-faktura, to’lov talabnomasi, spitsifikatsiya, tovar transporti, yuk xatlari) bilan solishtirib to’g’ri kelish kelmasligini tekshirib ko’radi. Keltirilgan TMZlar mol etkazib beruvchining hujjatlari bilan muvofiq bo’lsa, omborchi kirim-orderi tuzadi. Kirim operatsiyalari soni kam bo’lganda mol etkazib beruvchi hujjatiga muhr qo’yishga ruxsat etiladi.
Dostları ilə paylaş: |