Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/142
tarix25.02.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#101489
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   142
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
8.
Oz bo‘lsa-da, og‘iz chetida bo‘lgan biror narsani yemoq. 
9.
Tishlar orasida qolgan no‘xatdek biror narsani yemoq. 
10.Biror narsa ichmoq (tashqarida namoz o‘qigan kishi boshini yuqoriga ko‘targanida tomog‘iga 
yomg‘ir tomchisi kirib ketsa, namozi buziladi). 
11.Uzrsiz tomoqni qirish yoki yo‘talish (biror uzr tufayli bo‘lsa zarari yo‘q). 
12."Puf"demoq. 
13."Oh" demoq 
14.Faryodu fig‘on chekish. 
15.Og‘riqtufayli yo ovoz chiqarib yig‘lash. 
16.Musibat tufayli ovoz chiqarib yig‘lash. 
Bu amallar jannat ishtiyoqi yoki jahannam qo‘rquvini eslab qilinsa, xushu’ga dalolat qilgani uchun 
zarari yo‘q.
17. Aksa urganga "Yarhamukallohu" deyish. 
So‘rovchiga javob ma’nosida (namozda) "La ilaha illalloh" deyish.
18. (O’limga o‘xshash) noxush xabarga javoban, "Inna lillahi va inna ilayhi roji’un", deyish. 
19. Biror bir xushxabarga "Alhamdulillah" deyish. 
20.Insonni hayratga soluvchi bir xatarni eshitgach, "La ilaha illalloh" yoki "Subhanalloh" deyish. 
21.Namozda bo‘lmagan kishiga javob berish niyatida, Qur’ondan "Ya Yahyo, xuzil kitaba" kabi 
oyat o‘qish. 
22.Tayammum bilan namoz o‘qiyotgan kishining suvni ko‘rishi. 
23.Namoz mobaynida mash muddatining tugashi. 
24.Oyoqdan mahsini yechish. 
25.Ummiyning (Qur’on o‘qiyolmaydigan kishi) namoz mobaynida bir oyat o‘rganishi. 
26.Yalang‘och kishining (namoz asnosida) avrat joylarini berkitadigan biror narsani ko‘rishi. 
27.Imo-ishora bilan namoz o‘qiydigan kishining (namoz asnosida) tuzalib, ruku va sajda qilishga 
o‘zida kuch topishi. 
28.Tartib sohibining (Qazo namozi ayni vaqtdan o‘tmagan kishi) o‘qilmay qolgan bir namozni 
eslashi. 
29. Imomning tahorat buzilganida uzrli yoki ummiy kishining imomlikka o‘tishi. 
30.Bomdod namozini o‘qiyotganida quyoshning chiqishi. 
31.Hayit namozini o‘qiyotib, quyosh zavolga kelishi. 
32. Juma namozini o‘qiyottanida asr namozi vaqtining kirishi. 
33.Yaraning tuzalishi tufayli ustidagi bog‘ich tushishi. 
34.Uzrlining uzri yo‘qolishi. 
35.Qasddan tahorat buzish. 
36.Biror narsaning ta’siri tufayli tahorat buzilishi. 
37.Hushdan ketmoq 
38.Aqldan ozmoq. 
39.Ayolga qarash yoki o‘ylash bilan ehtilom bo‘lish. 
40.Jamoat namozida imom e’tiborga olgan ayol bilan yonma-yon yo uning ortida turib qolish. 
41.Namoz asnosida tahorati buzilgan kishining majbur bo‘lsa-da, avrat joylaridan birining ochilishi 
(tahorati buzilgan ayolning tahorat qilish uchun bilagini ochishi kabi). 
42.Tahorati buzilgan kishi tahorat qilishga ketayotib yoki (namozini tamomlash uchun) qaytayotib, 
qiroat qilishi. 
43.Tahorati buzilganidan so‘ng bir rukn miqdoricha ta-horat qilishga bormay, joyida turishi. 
44.O’zi xohlamagan holda tahorati buzilgan kishining tahorat qilish uchun yaqindagi suvni qo‘yib, 
uzoqroqdagi suvga borishi. 


Nurul Izoh 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə