Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

ieroglif 
deb nomlangan. 
Masalan, qush so‘zi qushning tasviri bilan, suv so‘zi uch qator 
to‘lqinsimon chiziq bilan ifoda etilgan. Ammo suratli yozuv bilan 
hamma so‘zlarni ham ifoda qilib bo‘lmagan. Uning cheklanganligi 
sababli bu yozuv takomillashtirib borilib, 
mixxat
yozuvi kashf 
qilingan. Harflar qotmagan loy lavhalar sathiga o‘yib tushi-rilgan. 
Harflar 600 ga yaqin belgidan iborat bo‘lgan. Bu yozuv keyin-chalik 
butun Janubi-g‘arbiy Osiyo xalqlari orasida tarqalgan. 


42
2-rasm. Qadimgi Mesopotamiya 
Qadimdan Mesopotamiya mirzolari adabiy, tarixiy asarlarni 
sopol, teri, loy lavhalarga yozib, o‘ziga xos kitoblar yaratganlar va 
kutubxona-larni tashkil qilganlar. Bunday kutubxonalar Ur, Nippur, 
Nineviya, Bo-bil, Ashshur kabi shaharlarda mavjud bo‘lgan. Ularning 
ichida eng kat-tasi Ossuri podshosi Ashshurbanipalning Nineviyadagi 
kutubxonasi bo‘-lib, unda 30 mingdan ortiq xatli lavhalar saqlangan.
Diniy-mifologiya bo‘yicha Shumer Misrdagidan farq qiluvchi 
tizim-ga ega edi. Garchi bu yerda ham shahar hukmdorini Xudoning 
yerdagi avlodi deb qaralsa-da, biroq narigi dunyo to‘g‘risidagi 
tasavvurlar Misr-dagi singari katta ahamiyatga ega bo‘lolmadi. 
Kohinlar ham muhim ijti-moiy qatlam sifatida shakllana olmadi. 
Shumerlarda har bir shahar-davlat o‘zining homiysi – Xudosiga ega 
edi. Shu bilan birga, butun Mesopotamiyada sig‘inuvchi umumiy xudolar 
ham mavjud bo‘lgan. Shulardan osmon xudosi – An, yer xudosi – Enlil, 
suv xudosi – Enki. 
Moddiy madaniyat sohasida Shumerda arxitektura qurilishi 
sohasi muhim o‘rin tutgan. Bu yerda xom g‘isht kashf qilingan bo‘lib, 
ulardan xramlar (ibodatxona) – olti, yetti qavatli zikkuratlar qurilgan. 
Ularning ichida taniqlisi Ur shahridagi «Xram-tog‘i» (er. avv. XXII-
XXI asrlar) edi. Zikkuratlar observatoriya vazifasini ham bajarganlar. 
Osmon jism-lari harakatini kuzatish bilan astronom kohinlar 


43
shug‘ullangan. Qadimgi 
Mesopotamiya astronomlari 
Quyosh va Oy tutilishini 
oldindan bilgan-lar. Ular 
quyosh yili 365, oy yili 354 
kunligini aniqlab, shu asosda 
astro-nomiya taqvimini 
tuzganlar. 
Haykaltaroshlik sohasida 
kichik hajmdagi haykalchalarni ibodatxo-nalar uchun yasalgan. Misol 
uchun Lagashdagi ayol haykalchasida (bo‘-yi 26 sm.) etnik qiyofa 
belgilari ham namoyon qilingan. Bu davrga taal-luqli misdan yasalgan
Sargonning boshi tasvirlangan haykalchada pod-shoning 
botirligi, kuchli irodasi va qahrli xarakteri ifoda qilingan.
Shumerda badIIy adabiyot rivoji yuqori darajaga ko‘tarilgan. 
Noyob asarlar jumlasiga «Dehqonchilik almanaxi», «Gilgamesh 
haqida doston» kirib, unda Gilgamesh va Enkidularning do‘stligi, 
qahramonliklari va sar-guzashtlari haqida hikoya qilinadi. 
Mil. avv. III minginchi yil oxiriga kelib Shumerning inqirozga 
uch-rashi tufayli uni Bobil bosib oladi. Bobil tarixi ikki davrga 
bo‘linib, Qa-dimgi davri mil. avv. II mingyillikning birinchi yarmini 
va yangi davri mil. avv. I mingyillikning o‘rtalarini o‘z ichiga oladi
14

Qadimgi davrning eng cho‘qqiga chiqqan vaqti podsho 
Xammurapi (1750-1732) hukmronlik qilgan yillarga to‘g‘ri keladi. 
Xammurapi yirik davlat tuzib, bu davlatni o‘zi tuzgan qonunlar 
asosida boshqargan. Xam-murapi to‘plami mixxat yozuvida bazalt 
tosh ustuni sathida bitilgan. Qo-nunlar to‘plami 282 moddadan iborat 
bo‘lib, u kirish, qonunlar va xulo-sadan iborat. Kirish qismida 
qonunlarni chiqarishdan asosiy maqsad mam-lakatda adolat o‘rnatishdan 
iborat, deb ko‘rsatilgan. Unda podsho ulug‘-lanib, ko‘klarga ko‘tarilgan. 
Qonunlarda xususiy mulk himoya qilingan. Jumladan: agar kimki 
ibodatxonaning yoki podshoning mulkini o‘g‘irlasa, u o‘ldirilishi 
lozim; o‘g‘irlik molni olgan kishi ham o‘ldirilishi kerak… Xammurapi 
qonunlari o‘z davrining muhim tarixiy, yuridik hujjati hisob-lanadi. 
14
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
Р
. 8. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə