Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

6-rasm. In va Yan ramzi


52
III asrga kelib yagona Xan podsholigining Vey, Shu va U kabi 
may-da uchta davlatlarga bo‘linib ketishi bilan Qadimgi Xitoy davri 
tugaydi va o‘rta asrlar davri boshlanadi. 
Shunday qilib, Qadimgi Xitoy o‘ziga xos betakror madaniyat 
bilan jahon madaniyatini rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Uning 
ta’siri, ayniqsa, Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari madaniyatining 
shakllanishi va rivojlanishida kuchliroq aks etdi. 
O‘rta Osiyo ham ilk sivilizatsiya o‘choqlaridan biri bo‘lib, uning 
moddiy va ma’naviy madaniyatining boshlanishi va rivojlanishi paleolit, 
eneolit, bronza davrlarida sodir bo‘lib borgan. 
Qadimgi madaniyatning tasviriy san’at namunalarini 
O‘zbekiston-ning janubida Zarautsoy yonidan topilgan toshga 
chizilgan rasmlar, chu-nonchi, o‘sha davrdagi ov manzarasi misolida 
tasavvur etish mumkin. 
Eneolit va bronza davrlarida (mil.avv. IV-II ming yillar) sopol 
buyum-lar, bronzadan, suyakdan mayda murakkab qurollar yasaladi va 
bu jarayon asta-sekin moddiy madaniyatning yuksalishiga olib keladi. 
Mil.avv. 2 minginchi yil oxiri 1 mingyilliklar boshlarida O‘rta 
Osiyoda muhim tarixiy etnografik voqealar sodir bo‘ladi: Baqtriya, Sug‘d 
va Xo-razm kabi tarixiy-madaniy hududlar, qadimgi baqtriyaliklar, 
xorazmliklar, sug‘dlar, saklar singari etnik qavmlar shakllanadi. Shu 
etnoslar asosida Qa-dimgi Xorazm va Qadimgi Baqtriya, so‘ngra Sug‘d, 
Qang‘a, Parkana davlatlari vujudga keldi. Shu davrda Midiya mixxat 
yozuvi asosida Xorazm, Baqtriya, Sug‘d, O‘rxun-Enasoy yozuvlari 
paydo bo‘ldi va mintaqada xalq og‘zaki ijodi bilan birgalikda yozuv 
madaniyati rivojlandi. 
Biz uzoq ajdodlarimiz to‘g‘risida asosan «Avesto»da, ko‘proq 
yunon tarixchilari Gerodot, Polien, Kvint Kursiy Ruf, Rim adibi 
Yustinning, Pom-pey Trog, Plutarx, Arrian, Diodot asarlarida 
ma’lumotlarni uchratamiz. 
Mil.avv. 529-329-yillar O‘rta Osiyo Eron Ahmoniylari tobeligida 
bo‘li-shiga qaramay mintaqaning moddiy rivojlanishi o‘ziga xos yo‘ldan 
bordi. Shu bilan qadimgi davrdagi O‘rta Osiyo madaniyatining 
shakllanishi va ri-vojlanishiga Eron, Ellin, Hind madaniyatlarining ta’siri 
va ularni o‘zaro bir-biri bilan boyib, rivojlanib borish jarayoni ham muhim 
o‘rin tutdi. Buyuk ipak yo‘lining kuchli ta’siri o‘laroq mintaqaviy, 
qit’alararo madaniy aloqalar kuchayib bordi. 


53
Shahar madaniyatining (arxitektura, haykaltaroshlik, tasviriy san’at) 
gul-lab-yashnashida Ellinizm madaniyatining ta’siri kuchli bo‘ldi. 
Masalan, to‘g‘ri chiziqli, to‘rtburchakli uylar, Ark (ustunli), hammomlar 
qurilishi bizga Yunonistondan kirib kelgan. Numizmatika sohasida 
Yunon-Baqtriya davla-tida chiqarilgan noyob metall tangalar bizgacha 
yetib kelgan. 
Haykaltaroshlik va tasviriy san’atda O‘rta Osiyo, Yunon va Hind 
uslub-lari qo‘shilib, buning samarasida Kushonlar va Eftaliylar 
davlatlarida noyob asarlar yaratilgan. Bularga «Musiqachi ayollar», 
Varaxsha, Xolchayontepa kabi joylardan topilgan tasviriy san’at 
namunalari misol bo‘la oladi. Ko‘p xudolikdan yakka xudolikka o‘tish 
davrining birinchi dunyoviy dini – Zaro-astrizm (Otashparastlik) va uning 
ilohiy kitobi (21 kitobdan iborat) «Aves-to» vatani Qadimiy Xorazm 
hisoblanadi. Kitobda tilga olingan hududlar ora-sida eng e’zozlangani – 
«Ayryanam Vaeju» o‘troq qabilalar, chorvadorlar yashagan keng 
sayhonlar, daryo va ko‘llar, tog‘lar yon bag‘rida joylashgan Xorazm 
o‘lkasidir. Xorazmliklarning «Lazgi», «Norim-norim», «Orazibon» kabi 
jozibali raqslari ham zardushtiylarning ming yillar davomida takrorla-nib 
kelayotgan marosim (ritual) raqslarini eslatadi. Xorazm hofizlarining 
«Dugoh», «Segoh», «Chorgoh», «Panchgoh» kabi qo‘shiqlari ham 
ma’lum ma’noda qadimgi ajdodlarimizning «Goh» va madhiyalariga 
o‘xshab ketadi. 
Zardushtiylik dinining payg‘ambari Zardusht ibn Sofit Tumon 628-
yil-da Midiyaning Ragi shahrida yashagan kohin Purushasp (Sofid ibn 
Tumon) va uning xotini Dugdovadan dunyoga kelgan. Onasi xorazmlik 
sarbon Faro-ximning qizi bo‘lgan. Zehni o‘tkir, ko‘plab dunyoviy va 
diniy bilimlarni egallagan Zardusht yangi dunyoviy ilmga asos soladi. Bu 
ta’limotning bosh xudosi – Axura-Mazdaga sig‘inishni targ‘ib qila 
boshlaydi. Axura-Mazda olamni yaratuvchi, yorug‘lik, farovonlik, sihat-
salomatlik, tinchlik kabi yax-shi ezgu niyatlar xudosi. Uning aksi o‘laroq, 
Axriman esa zulmat, urush, o‘lim kabi qabihliklar xudosidir. Zardushtiylik 
dinida olov nihoyatda muqad-das sanalgan. Quyosh yorug‘lik manbayi 
bo‘lib, olov uning bir qismi hisoblangan. Quyosh nuri barcha birliklar 
manbayidir (haqiqatdan ham shunday). 
Zardushtiylikda Ahuramazdadan tashqari Mitra, Farna, Nohid 
(Ana-xita), Mirrix, Xutbi kabi xudolar ham tilga olingan. Mitra-
Quyosh va yo-rug‘lik xudosi. U jangovar yigit siymosida tasvirlanadi. 
Farna mahalliy aholi tilida Xumo ba’zan Anqo nomi bilan yuritilgan. U 


54
baxt va tole ma’budasi. Nana yoki Nohid hosildorlik va farovonlik 
ma’budasi. U bir qo‘lida anor yoki olma tutgan go‘zal ayol qiyofasida 
tasvirlanadi. Mirrix – urush va g‘alaba xudosi, harbiylar madadkori 
bo‘lib, qurollangan jangchi qiyofa-sida aks etadi. Xutbi – suv xudosi, 
qayiqchilar va miroblar homiysi, za-bardast yigit siymosida 
gavdalangan. 
Bu dinda, olov, tuproq, suv va havo kabi to‘rt unsurni iflos qilish 
yoki tahqirlash eng katta gunoh hisoblangan. «Avesto»da xalq tabobati, 
odobi, estetikasi, sog‘lom turmush tarzi o‘z ifodasini topgan. Unda har 
bir inson ezgu fikr, odil so‘z va halol mehnat bilan yashashi zarurligi 
ko‘rsatilgan. 
Zardushtiylik dinidagi quyidagi tamoyillar boshqa dunyoviy 
dinlarda ham o‘z aksini topgan. Bular: 
1.
5 vaqt xudoga sig‘inish; 
2.
Narigi dunyo to‘g‘risida; 
3.
Odamlarning ruhlarini jannat va do‘zaxga ajratuvchi qil ko‘prik 
haqida; 
4.
Oxirat haqida; 
5.
Sog‘lom turmush haqida;
6.
Tabiatni e’zozlash va unga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish 
haqida. 
Zardushtiylik dini o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy hayot va adolatni 
himo-ya qiluvchi din sifatida shakllangan. Shu sababli u Turon, Eron va 
Xuro-sonda keng tarqalgan. Jumladan, Eron Kayoniylari sulolasi 
Gushtasp davri-da zardushtiylik davlat dini sifatida tan olingan. Gushtasp 
mamlakatda ko‘p-lab otashkadalar qurdirgan, Avestoni oltin 
taxtachalarga yozdirib, markaziy ibodatxonalarga qo‘yishni buyurgan. 
Eronda sosoniylar sulolasi davrida «Avesto» 21 ta kitob shaklida to‘la 
holda yozilgan va podshoning kutubxo-nasida saqlangan. Kitoblar 
sanskrit tilida, 48 harfdan iborat pehlaviy yozu-vida bitilgan. Uning to‘la 
qismi Aleksandr Makedonskiy bosqini davrida uning qo‘liga tushgan va 
3/5 qismi yo‘q qilingan. Chunki bunday dini, ma’-naviyati yuqori 
bo‘lgan xalqlarni tobe qilish oson bo‘lmasligini bu jahongir fotih 
tushunib yetgan edi. 
«Avesto»ning bizgacha yetib kelgan «Yasna», «Vidavdat», 
«Vispa-rat», «Yasht» duo-yu tadbirlar, qo‘shiqlar, madhiyalardan 
iborat qismlari milodning III-VII asrlarida qayta yozilgan.


55
Qadimgi davrda O‘rta Osiyoda ko‘pdinlik mavjud bo‘lgan. 
Chunonchi, bu hududda buddizm, moniylik, shomonlik, nasroniylik 
dinlari hukm sur-gan. Bu dinlarga sig‘inuvchilar o‘rtasida bir-birlarini 
hurmat qilish, diniy bag‘rikenglik tenglik amalda bo‘lgan. Bu esa kishilar 
ongida baynalmilallik hislarini shakllantirishda muhim omillar bo‘lib 
xizmat qilgan. 
Markaziy Osiyoning tub xalqlari tabiatida boshqa millatlarning 
vakil-lariga nisbatan kengfe’llik azalda mavjud bo‘lib kelgan. Bu sof 
insoniy tuy-g‘u, masalan, o‘zbeklarda shu qadar rivojlanganki, milliy-
ma’naviy keng-fe’llik, toqatlilik ularning umumiy madaniyati va 
ruhiyatining ajralmas qis-miga aylanib ketgan. 
Shunday qilib, Bobil, Misr, Hindiston, Xitoy kabi O‘rta Osiyo ham 
ja-hon ilk sivilizatsiyasining beshiklaridan biri hisoblanadi. Chunki bu 
yerda ham juda qadimdan boshlab jahon madaniyati va ma’naviyatining 
bebaho durdonalari yaratilib kelingan. Bu esa biz vorislarda, birinchidan, 
buyuk o‘t-mishdoshlarimizga nisbatan minnatdorchilik hislarini 
tug‘dirsa, ikkinchidan, ular bilan faxrlanish tuyg‘usini hosil qiladi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə