Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc


-mavzu  Sharq falsafasi va madaniyati tarixi fanining mazmuni, predmeti



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

1-mavzu 
Sharq falsafasi va madaniyati tarixi fanining mazmuni, predmeti 
va vazifalari 
 
Reja 
1.
Fanning predmeti, mazmuni va strukturasi.
2.
«Sharq falsafasi va madaniyati tarixi» fanining maqsad va 
vazifalari. 
3.
Fanning boshqa mutaxassislik fanlari bilan o‘zaro bog‘liqligi.
4.
«Sharq falsafasi va madaniyati tarixi»ning ijtimoiy-gumanitar 
fanlar tizimi tutgan o‘rni hamda uni o‘rganishning ahamiyati. 
Tayanch tushunchalar: 
Sharq falsafasi, Sharq madaniyati tarixi, Sharq falsafasi va 
madaniyati tarixi fanining predmeti va ob’ekti, falsafa, Fales, Yunon 
madaniyati, falsafiy matnlar, ong va tafakkur rivoji, Sharq va G‘arb 
madaniyatlari rivoji va aloqadorligi.
 
Aql-idrok va hayotning nazariy jihatlari haqidagi tasavvurlar 
qadimgi dunyo falsafasida undan kengroq dasturning bir qismi 
sifatida vujudga kelgan bo‘lib, uning mohiyati shunda ediki, shahar-
davlat (polis)ni boshqarishda ishtirok etadigan har bir insonni har 
tomonlama ushbu faoliyatga tayyorlash edi. Bunday vazifani tor 
siyosiy maqsad sifatida baholash shoshqaloqlik bilan qilingan 
mulohaza bo‘lar edi. Qadimgi dunyoning hayotiy dunyosi doirasida 
biomorfik metashakllar saqlangan va qaytadan shakllantirilgan bo‘lib, 
ularga muvofiq tabiat qayta tashkil topgan va texnik chigalliklarga 
yo‘liqqan ob’ekt sifatida emas, balki hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan 
narsa sifatida talqin etilib, uning qonunlarini nazariyotchi bilishi va 
hurmat qilishi lozim, deb tushunilar edi. Xuddi ana shu sun’iy, 
mexanik tabiatga emas, balki tabIIylikka bo‘lgan qiziqish shunga dalil 
bo‘la oladiki, yunonistonliklar mumtoz mexanikaga o‘xshash narsaga 
asos solmay, balki o‘zlaridan bir butun va tizimga solingan qoidalarni 
meros qoldirdilar.
Bilish va o‘z-o‘zini bilish-bular shunday aqliy amaliyotki, ular 
koinot bilan bog‘liq bo‘lgan uyg‘unlikni va unga muvofiq keladigan 
jamiyatni shakllanishini idrok etish bo‘lib, bular ham o‘z navbatida 
inson xaqidagi g‘amxo‘rlikni ko‘zda tutgan holda tashkil topganlar. 
Hozirgi zamon ta’lim-tarbiyasidan farqli o‘laroq, qadimgi zamon 


6
ta’lim tizimi axborotlarni 
berish va aqliy qobiliyatni 
mashq qildirishdangina iborat 
emas edi. U hayot uchun 
zarur bo‘lgan jismoniy va 
ruhiy sifatlarni tayyorlashni 
ko‘zda tutar edi. Shunday 
qilib, Yunon falsafasining sof 
haqiqatni topishga bo‘lgan 
yo‘nalishini inkor etmagan 
holda, shuni qayd etmasdan 
bo‘lmaydiki, ushbu haqiqat 
avvalo, qurilmagan, balki 
ochilgan, unga yuklatilmagan, 
balki borliqdan keltirib 
chiqarilgan, ikkinchidan esa, bevosita hayotiy ahamiyatga ega bo‘lib, 
uni tushungan sub’ekt qalbini yoritgan, unga donishmandlik ato etgan, 
sabru toqatga chidashni o‘rgatgan, jasorat bag‘ishlagan va uning xatti-
harakatini belgilab bergan.
Nazariy ko‘rsatma-qadimgi dunyo madaniyatining eng muhim 
yutuqlardan biri bo‘lib, Yaqin Sharq mamlakatlari orqali u Yevropa 
madaniyati tomonidan o‘zlashtirilgan. Ushbu ko‘rsatma Fales 
ijodidayoq o‘zini ko‘p darajada namoyon qildiki, u falsafanigina emas
balki riyoziyotni (matematika) ham nazariylashtirishni taklif qildi. Ba’zi 
bir handasaviy (geometrik) aksiomalar ifodasi unga tegishlidir: 
“tomonlari teng bo‘lgan uchburchakning asosiy burchaklari bir-biriga 
tengdir”, “doira o‘z diametrida ikki teng bo‘lakka bo‘linadi” va shunga 
o‘xshash (hammasi bo‘lib beshta aksioma). Shunday tuyilishi 
mumkinki, ularda faqat tajriba ifodalanib, umumlashtirilyapti. Ammo 
bu shunday emas: aksiomalar g‘oyaviy ob’ektlarga taalluqli bo‘lib, 
umumiy va zaruriy jihatlarga ega bo‘lganligidan ularni dalil va 
mulohazalar asosi sifatida foydalanish uchun qabul qilish mumkin. 
Fanlarni bunday tarzda tizimga solish Bobil riyozidonlariga ma’lum 
emas edi. Ular ko‘plab hisob-kitob formulalarini ishlab chiqdilar, ammo 
ularni isbot qilishga urinmadilar.
Aqliy yo‘nalishga tayanish qadimgi Yunon adabiyotining o‘ziga 
xos xususiyatini belgilaydi. Gomerni odatda ehtiros va g‘am-g‘ussalar 
dunyosiga yo‘nalgan falsafa oldi an’anasining vakili hisoblashadi: 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə