Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

11-rasm. Misr piramidalari


81
xo‘jayiniga uning tirikligida qanday xizmat qilgan bo‘lsalar, u 
o‘lgandan keyin ham unga xuddi shunday xizmat qilishlariga 
ishonganlar. Piramidalar ochig‘ini aytganda, hamma maqbaralar Nil 
daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ida — botayotgan quyosh mamlakatida 
joylashgan. Shu qirg‘oqda joylashgan o‘liklarni har xil nom bilan 
ataganlar. Ularga «G‘arbliklar» deb nom ham berganlar. 
Nil daryosi Misrni hozirgi kunda ham ikkiga ajratib turadi va 
misrliklar o‘zlari yashab turgan daryoning sharqiy qismini «Tiriklar 
mamlakati», o‘zlariga qarama-qarshi bo‘lgan daryoning g‘arbin 
qismini «O‘liklar mamlakati» deb ataydilar. Misrdagi mashhur 
piramida 4-sulolanipg birinchi fir’avni Hufu tomonidan qurilgan. Uni 
yunonliklar Xeops deb ataganlar. Bu piramida Qohira yaqinida 
Nilning g‘arb tomonidagi toshloq yerda qad ko‘tarib turadi. Undan 
uncha uzoq bo‘lmagan masofada Xeops merosxo‘rlari Xafr (Xefren 
— yunoncha) va Mikerinoslarning piramidalari joylashgan. Ana shu 
uchala piramida birgalikda ta’sirchan arxitektura uyg‘unligini vujudga 
keltiradi. Xeopsning ulkan piramidasi yagona saqlangan piramida 
bo‘lib, yunonliklar uni Yetti Iqlim mo‘’jizasi deb ataganlar. 
Darhaqiqat, u yaxlit va yetarli darajada mustahkam inshoot bo‘lib,
2.300.000 ta ohaktosh bloklaridan ishlangan. 
Jumladan har bir blok hisobda 2,5 tonna og‘irlikda bo‘lgan. 
Piramidaning ichida bir nechta bir-biri bilan chalkash yo‘llar bor 
bo‘lib, ulardan biri shohning jasadi qo‘yilgan xonaga olib boradi lekin 
bu yerdagi jasad o‘sha Joserning go‘rxonasidan farq qilgani holda, 
piramidaning o‘rtasiga joylashgan. Xona granit bloklar bilan 
qoplangan. Har biri taxminan 60 tonna keladigan bloklar 900 km 
masofadan — Assuandan keltirilgan. Sarkofag hamda tosh tobutning 
sirtqi tomoni mustahkam granitdan ishlangan. Eramizdan 4500 yil 
avval qad ko‘targan bu bino bizni hanuz taajjublantiradi, chunki 
misrliklar bu davrda g‘ildirak bilan hali tanish emas edilar. Qurilishda 
ular ixtiyorida faqat silindrsimon jismlardan dastag bor edi xolos. 
Ammo odamlar ulkan bloklarni somondan to‘qilgan arqon yordamida 
ter to‘kib qanday tashiganlar? Kishini hayratda qoldiradigan 
mo‘’jizalardan yana biri ulkan imoratni shimol, janub, sharq va g‘arb 
tomonga yo‘naltirishdir. Qarangki, piramida o‘lchovlarining juda 
katta bo‘lishiga qaramasdan (asosining har bir tomoni 137 m, 
balandligi 147 m), uning yo‘nalishi absolyut aniqlik bilan bajarilgan. 


82
Aytishlaricha, hozirgi zamon dengiz kompasi bilan ulkan 
piramidaning yo‘nalishlarini tekshirish mumkin. Bugungi kunda 
Xeops piramidasining tashqi qiyofasi zinapoyali shotini eslatsa-da, 
aslida chiroyli oppoq toshlardan qoplangan bo‘lib, yaxlit va silliq 
yuzadan iborat bo‘lgan. Bunga ishonch hosil qilish uchun Xefren 
piramidasiga murojaat qilamiz. Uning yuqorisidagi qoplamaning 
asosiy qismi hali ham mavjud. Ana shunday qoplama toshlarning 
ba’zilari Xeops piramidasining ostonasida ham topilgan. Qoplamalar 
shunchalik yo‘nib tekislangan va hech qanday eritma ishlatmasdan 
bir-biriga shunchalik tutashtirilganki, oralig‘idan hatto bir parcha 
qog‘ozni ham o‘tkazib bo‘lmaydi. Ana shu qoplamalarning 
mavjudligi haqida Qadimgi Yunon tarixchisi Gerodot ham fikr 
bildirib, quruvchilar piramida sirtini qoplashni uning yuqorisidan 
boshlaganlar degan xulosaga kelgan.
Haykaltaroshlik san’ati Misrda qadimgi podsholik davridayoq 
yuksak darajada bo‘lgan. Qimmatbaho diorit toshidan yasalgan va 
hozirgi kunda Qohira muzeyida saqlanayotgan Xefrennnng bosh 
haykali dunyodagi eng nodir asarlaridan biridir. Bu haykal asarda 
fir’avnning boshi bilan yelkasi tasvirlangan. Uning yasama sochi, 
orqasidagi homiysi xudo lochin Xoryusning qanotlari orasiga 
yashiringan. Portretda birorta keraksiz egri, ortiqcha chiziqlarni topish 
qiyin. U yuksak darajada mahorat bilan ishlangan. Bu darhaqiqat, 
qudratli siymo. Savlatli yelkalar haqiqatan ham shohlarga xos 
buyuklikni sezdirib turadi. U ham shoh, ham xudo hisoblangan. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə