Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə10/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

III bob. Qabr azobi va uning qattiqligi bobi hadislari

1. Barro’ ibn Ozib. “Payg‘ambar (s.a.v.) bilan birga ansorlardan bir kishining janozasiga chiqib, qabristonga yetdik...” Sahih*. Ahmad (288-


287/4) va Abu Dovud (4753).
2. Abu Hurayra. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mo‘min vafot etadigan vaqtida maloikalar kelishadi...” Sahih*. Abu Na’im, “Al-xulya” (104/3)
va “Sharxus-sudur” (102 bet) ga qarang.
3. Abudulloh ibn Umar. “Mo‘min qabrga qo‘yilganda uning qabri yetmish gaz kengayadi...” Sahih*. “Majma’ul zavoid” (328/2) va “Sharhus- sudur” (102).
4. Hadis. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Siydikdan poklaning...” Sahih*. “Sahihul-jome’” (3002).
5. Hadis. “Alloh taolo to‘rt narsani sizlar uchun yomon ko‘radi...” Zaif*. Ibn Muborak “Az-zuhd”da (1557), Al-Qazo’iy (1087) “Zaiful-jome’”da
(1631).
6. Usmon ibn Affon. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qabr oxirat uylaridan birinchi uydir...” Hasan*. Termiziy (2308) va Ibn Moja (4268). “Sahihul jome’” (1684)ga qarang.
7. Barro’ ibn Ozib. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mo‘min bandani qabrga...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (1369/3) va Muslim (2871/4).
8. Ibn Umar. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Agar mo‘min qabrga kirsa, uning oldiga ikkita farishta kelgaydir» Hasan*. Termiziy (1071).
9. Ibn Umar. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Nima qilgaysan, ey Umar, agar...” Munkar*. Bayhaqiy “Azabul-qabr” (116-117), Abu Dovud, “Al- ba’s”.
10. Abu Hurayra. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kimiki o‘limga ketsa, uning ovozini barcha hayvonlar eshitadi...” Hasan*. Ibn Hibbon (781)
va Tabaroniy “Al-avsat”da keltirgan.
11. Hadis. “Albatta, Payg‘ambar (s.a.v.) ham panoh tilar edilar...” Sahih*. Buxoriy (832/2) Oyisha onamizdan rivoyat qilgan.
12. Oyisha. “Men qabr azobi to‘g‘risida oldin bilmas edim...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (1372/3) va Muslim (586).
IV BOB. QIYOMATNING QO‘RQINCHI VA DAHSHATLARI

43. Oyisha (roziyallohu anho) onamiz: “Yo Rasulalloh! Qiyomat kuni kishi yaxshi ko‘rgan odamini eslaydimi?” dedi. Aytdilarki: “Uchta joyda eslay olmaydi: amallari tarozuga qo‘yilganda, chunki tarozim og‘ir keladimi yoki yengilmi, degan xayol bilan band bo‘ladi; sahifalari (nomai a’mol) tarqatilganda, chunki meniki o‘ng tomondan berilarmikan yo chapdanmi, deb turadi va jahannamdan bir bosh chiqib, ularga tez-tez yurib keladi va aytadiki: “Uchta narsaga vakil qilindim: “Allohga boshqasini qo‘shib duo qilganga, har bir zolim mutakabbirga va har bir hisob kuniga ishonmaydiganga”, deydi. Keyin ularning ustiga yopiriladi va jahannamga otib yuboriladi. Jahannamning ustida qildan nozik, qilichdan o‘tkir ko‘prik bor, unda tikanak va zanjirlar bor. Insonlar undan chaqmoqdek yoki yeldek uchib o‘tadilar, ularning orasida najot topgan musulmon ham bo‘ladi, terisi shilinib yorilgani ham bo‘ladi va do‘zaxga yuztuban ag‘darilib tushadiganlari ham


bo‘ladi”.

44. Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasulullohdan rivoyat qiladi: “Ikki nafxa (birinchi nafxa – odamlarni o‘ldirish uchun chalingan sur, ikkinchi nafxa - odamlarni tirilitirish uchun chalingan sur) orasida 40 yil bo‘ladi, keyin Alloh taolo osmondan erkaklar maniyiga o‘xshash suv tushiradi, keyin insonlar o‘t o‘sgandek o‘sib chiqadilar”.


45. Abu Hurayra roziyallohu anhu Payg‘ambardan rivoyat qilib aytadilarki: “Alloh taolo yeru osmonni yaratib bo‘lganidan keyin surni yaratdi va uni Isrofil alayhissalomga berdi va Isrofil alayhissalom o‘shandan beri surni og‘ziga qo‘yib, qachon buyruq bo‘larkan deb, Arshga tikilib turibdi. Dedimki: “Ey Rasulalloh! Sur nima?” Aytdilarki: “Nurdan qilingan karnay”. Dedimki: “U qanday narsadir?” Aytdilarki: “Doirasi keng, meni payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasam ichib aytamanki, uning doirasining ulkanligi yeru osmonning kengligiga tengdir va unga uch marta nafxa uriladi (chalinadi)”.


Ba’zi rivoyatlarda ikki marta chalinadi, deyilgan. Birinchi marta insonlarning hammasini halok qilish uchun, ikkinchi marta qayta tiriltirish uchun. Ka’bning rivoyatida ikkita, Abu Hurayraning rivoyatida uchta deb kelgan: birinchisi qo‘rqitish uchun, ikkinchisi chaqmoq momaqaldiroq uchun, uchinchisi tiriltirish uchun, Alloh taolo Isrofil alayhissalomga birinchi bor chalishni buyuradi va u chalinganda yeru osmondagi hamma qo‘rqib ketadi. Dalil ushbu oyatki:


Sur chalinib, Alloh ozi xohlagan zotlardan boshqa, osmonlardagi va yerdagi (barcha) kimsalar dahshatga tushib (qo‘rqib) qolgan va barcha U zot (huzuriga) bo‘yin eggan holda kelgan kunni (eslang)!” (Naml, 87). Yerda zilzila bo‘ladi. Emizguvchilar o‘zi emizgan narsasini esdan chiqarib qo‘yadilar, homiladorlar tug‘ib (bola tashlab) qo‘yadilar va insonlar dovdirashidan mastga o‘xshab ko‘rinadi, lekin ular mast bo‘lmaydi, balki Allohning qattiq azobi ularni shu ahvolga solib qo‘yadi. Yosh bolalarning sochi oqarib ketadi. Shaytonlar qochib ketishadi. Alloh taoloning so‘zi:


Ey insonlar! Parvardigoringizdan qo‘rqing! Zero, (qiyomat) soati (oldidagi) zilzila ulug‘-dahshatli narsadir. Uni ko‘rar kuningiz emizayotgan (onalar) emizib turgan (bola-sini) unutar va barcha homilador (ayollar) o‘z homilasini



Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə