Microsoft Word Zamonaviy isitish tizimlari



Yüklə 1,49 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix29.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#107630
1-NI uchun topshiriqlar



13-MA’RUZA. 
ZAMONAVIY ISITISH TIZIMLARI 
13.1. Zamonaviy isitish tizimlarining o‘ziga xosliklari 
Barcha isitish asboblari issiqlik berish uslubi jihatidan uch guruhga bo‘linadi: 
1. Radiatsion asboblar, ular umumiy berilgan issiqlikdan 50% ni issiqlik 
nurlanishi orqali beradi (shiftga o‘rnatilgan isitish panellari va issiqlik nurlantiruvchi 
asboblar). 
2. Konvektiv-Radiatsion asboblar, ular umumiy issiqlik miqdoridan 50% dan, 
75% gachasini konveksiya orqali beradi (seksiyali chuyan, panell va tekis 
quvurlardan yasalgan asboblar). 
3. Konvektiv asboblar, bo‘lar umumiy issiqlik miqdoridan 75% ni konveksiya 
yordamida beradi (konvektorlar va chuyan qovurg‘ali quvurdan iborat asboblar). 
Isitish asboblarining issiqlik berishi uslubi jihatidan uch turi mavjud bo‘lsa, 
ularning tashqi qurinishi jihatidan besh guruhga ajratish mumkin: seksiyali radiator, 
panelli va silliq quvurli asboblar, (bu uch xil asboblar sirti silliq yuzadan iborat), 
konvektorlar va qovurg‘ali quvurlardan yasalgan asboblar (tashqi sirt yuzasi 
qovurg‘ali). Tashqi sirt yuzasi qovurg‘ali bo‘lgan asboblarga kaloriferlarni ham 
qo‘shsa bo‘ladi. 
Shuningdek, isitish asboblariga beriladigan issiqlik tashuvchilarining turlariga 
qarab katta zichlikka ega bo‘lgan tashuvchilar ta’sirida (suv), kichik zichlikka ega 
bo‘lgan issiqlik tashuvchilar (bug‘, issiq havo) ta’sirida ishlaydigan asboblarga 
ajratish mumkin. Isitish asboblaridan faqat konvektorlargina issiq havo ta’sirida 
ishlaydi. 
Bundan tashqari, isitish asboblarini tayyorlanishida qanday xomashyo 
ishlatilganligiga qarab ham ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin: metallardan, 
nometall va kombinatsiyalashtirilgan isitish asboblari. 
Kombinatsiyalashtirilgan isitish asboblari uchun issiqlik o‘tkazuvchan 
xomashyolar beton yoki sopollar tanlanib, ularning ichiga po‘lat va chuyandan 
yasalgan isituvchi elementlar o‘rnatiladi. Bunday isitish asboblarini panelli isitish 
asboblari deyiladi. 
Metall bulmagan isitish asboblari sopol, shisha, fayans va plastmassalardan 
tayyorlanishi mumkin bo‘lib, bunday isitish asboblari alohida urin to‘tadigan va 
yuqori darajali talablar qo‘yiladigan binolarga o‘rnatilishi mumkin. 
Metalldan iborat isitish asboblari asosan qung‘ir chuyan va po‘latdan yasaladi. 
Bundan tashqari mis quvur, quyma aluminiy va boshqa metallar ham ishlatiladi. 
Isitish asboblarining balandligiga ko‘ra ham ularni quyidagi turlarga ajratish 
mumkin: baland buyli (650 mm dan baland), o‘rtacha buyli (400 dan 600 mm gacha) 
va past buyli (200 mm dan 400 mm gacha). Agar buyining balandligi 200 mm va 


undan kichik bo‘lsa bunday balandlikka ega bo‘lgan isitish asboblarini plintusli 
isitish asboblari deyiladi. 
Isitish asboblarini o‘rnatishda, asboblar bilan devor oralig‘i o‘rtasidagi 
masofaga qarab, kichik chuqurlikka joylanuvchi (120 mm gacha), o‘rta chuqurlikka 
joylanuvchi (120 mm dan 200 mm gacha) va katta chuqurlikka joylanuvchi (200 mm 
dan ortiq) isitish asboblari deb aytiladi. 
Nihoyat issiqlik inertsiyasining kattalik miqdoriga qarab ham isitish asboblari 
ikki turga bo‘linadi: kichik va katta inertsiyalarga ega bo‘lgan isitish asboblari. 
Kichik inertsiyaga ega bo‘lgan isitish asboblariga issiq suv sig‘imi va massasi 
kichik bo‘lgan isitish asboblari kiradi. Bunday kichik diametrli isituvchi quvurlarga 
o‘rnatilgan issiqlik beruvchi elementlari esa metall plastinkalardan yasalib 
(konvektorlar) ular issiqlikni tez qabul qilish bilan birgalikda tezlik bilan sovish 
qobiliyatiga ega, ya’ni berilayotgan issiqlikni boshqarish qulay hisoblanadi. 
Katta inertsiyaga ega bo‘lgan isitish asboblari katta vaznga ega bo‘lib, sig‘imi 
ham ancha katta bo‘ladi (beton yoki chuyan radiatorlar). 
13.2. Isitish asboblarining tuzilishi va texnik tavsifnomasi 
Yuqorida keltirilgan isitish asboblarining har birini tuzilish xossalari va ishlash 
uslublari bilan yaqindan tanishib chiqamiz. 
Isitish asboblari – radiatorlarning birdan-bir asosiy vazifasi xonalarning issiqlik 
havo sharoitining, shartga ko‘ra, tashqi havo sharoitning qaysi darajada bo‘lishidan 
qat’iy nazar bir xil saqlashdir. Radiatorlarning turlarini tanlash uchun binoning 
maqsadga muvofiqlik darajasi, binoning turi va gigiena sharoiti e’tiborga olinmog‘i 
lozim. 
Issiqlik qurilmalaridagi issiqlik tashuvchi suv va bug‘dan iborat bo‘lgan
taqdirda radiatorlarning turi bir xilda tanlanib, faqat isitish asbobining tashqi 
yuzasidagi haroratga to‘g‘ri keladigan gigiena sharoitida ishlatish mumkin. 
1. Chuyan radiatorlar
. Chuyan radiatorlar xonalarga konvektiv-Radiatsion 
issiqlik tarqatuvchi uskunalardan iborat bo‘lib, tuzilishi jihatidan ustunli elementi-
bulmasi yumaloq, ellips shaklida yoki yassi blokda o‘rnatilgan egri-bugri kanalli 
shaklga ega bo‘ladi. Radiatorlar qung‘ir chuyan eritmasidan devor qalinligi 4 mm 
qilib quyilib, bo‘limlar soni talab qilingan hisobiy issiqlik miqdoriga asoslanib qabul 
qilinadi. 
Radiatorlarning seksiyalaridagi vertikal kanallarning soniga qarab bir ustunli 
vertikal kanalli, ikki ustunli vertikal kanalli va ko‘p ustunli vertikal kanalli 
to‘zulishda yasaladi (7.1-rasm). 


Hozirgi davrda ikki ustunli vertikal kanalli radiatorlar keng tarqalgan. Chuyan 
radiatorlarning seksiyalari ichidan balanddagi va pastdagi issiqlik tashuvchiga
ulanadigan maxsus ulanish joyiga to‘g‘ri keladigan teshikdan o‘tkazilgan o‘q bilan 
o‘zaro nippel yordamida ulanadi. Nippel kesilgan kalta quvur blokchasi shaklida 
tashqarisidan yarimiga o‘ng rezba va yarim qismiga chap rezba chiqarilgan bo‘ladi. 
Nippel bilan radiator seksiyalarini birlashtirish uchun yon tomonidan buraydigan 
kalit orqali nippellarning ikki tomonidan tashqi rezba ichida buraydigan qilingan, bu 
qurilma uchiga (bo‘ylama valik) yon tomonidan buraydigan kalit qo‘yiladi (13.2-
rasm). 
Hozirgi davrgacha MS-140, MS-90, M-140-AO «Pol za», «Gigienicheskiy», 
radiator «Moskva-132» va radiator LOR-150 («Lipetskiy otopitel no‘y radiator») 
kabi turlari qurilishda keng qo‘llanilgan. Ularning kesimi, ulcham birliklari 13.3-
rasmda keltirilgan. 
Radiatorlarning seksiyalari o‘rtasiga qalinligi 1,5 mm bo‘lgan qistirma 
(prokladka) chok qo‘yiladi. Qistirmalar eski gazmol qog‘ozidan tayyorlangan 
bo‘lib, ular olif va ruxsurikda qaynatilib tayyorlanadi, paranitdan tayyorlangan 
kanop qistirmalar ham yuqorida keltirilgan uslubda tayyorlanadi. 
Radiatorlarni ishlash jarayoni suv bosimi (R=4

9 kgs/sm
2
) ostida tekshiriladi. 
Buning uchun tekshirish maxsus uskunalar o‘rnatilgan (gidropress, manometr, suv 
quvuri) tufik ustida bajariladi. 
13.1-расм.
Бир устунли, икки 
устунли ва кўп устунли радиаторлар. 
13.2-расм. Ниппел ва радиатор сексияларини 
бирлаштириш учун қоʻлланиладиган калит:
а – ниппел ; в – ниппелни бураб юргизувчи 
коʻндаланг валик; г – радиатор учун калит;
а) 
б 
в) 
г) 


13.3-rasm.
Turli isitish asboblarining shakli: a – «Pol za» radiatori; b – «Gigienicheskiy» 
radiatori; v – «Moskva-132» radiatori; g – LOR-150 nomli radiator. 
Hozirgi davrda yangi chuyan "2K-60" va "2K-60P" radiatorlar ishlab 
chiqarilmoqda. Cheboksar agregat zavodi "4-2-75-30, 4-2-75-500 va ChM-75-500 
rusumli chuyandan iborat seksiyali radiatorlar ishlab chiqarilmoqda. Ularning shakli 
7.4-rasmda keltirilgan. 2K-60M va ChM2 markali radiatorlarning tashqi ko‘rinishi 
turkiyadan chiqayotgan "RIDEM" markali radiatorlarga o‘xshash. 
Keyingi paytlarda chuyandan iborat seksiyali bir, ikki va to‘rt yarusli radiator – 
konvektorlar ishlab chiqarilmoqda. Ularning shakli 11.5-rasmda keltirilgan. 
Sank Peterburgdagi "Mexanika zavodi" RSV-3 markali 5 turdagi po‘lat panelli 
radiatorlar ishlab chiqarmoqda. Bu turdagi radiatorlarning shakli 11.6-rasmda 
ko‘rsatilgan.
"Kimrsk quvur jihozlari zavodi" po‘lat quvurli radiatorlar ishlab chiqara boshladi. 
Isitish tizimiga qushish uchun bu radiatorlar qo‘shimcha havo kanali, futorka, 
uchirgich, kranshteynlar bilan jihozlangan. Bu turdagi isitish asboblarining shakli 
7.5-rasmda keltirilgan.
MS-140, MS-140-300 
Ch-2-75-500 (300) 
а) 
б) 
в) 
г) 


13.4-rasm.
Chuyandan ishlangan radiatorlar. 
13.5-rasm. 
Chuyandan ishlangan radiator-konvektorlar. 
13.6-rasm. 
RSB-3 markali po‘lat panelli radiatorlar. 
Ishchi bosim – 1,5 MPa. 
Issiqlik tashuvchining harorati – 115
0
S gacha. 
"Kimrsk quvur jihozlari zavodi" "TAIM" kompaniyasi bilan hamkorlikda 
vanna xonalarni isitish va sochiq quritish uchun "NOTA", "ETYuD", "LIRA" nomli 
radiatorlar ishlab chiqarmoqda. Ularning shakli 8-rasmda keltirilgan. 
2К-60
a - bir yarusli 
b – ko`p yarusli


13.7-rasm. 
Po‘lat quvurli radiatorlar. 
13.8-rasm. 
Sochiq quritgich radiatorlar. 
Yuqorida keltirilgan radiatorlar o‘zining dizayni, ishlatilishi, chidamliligi va 
boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha yevropa firmalarida chiqarilayotgan radiatorlardan 
kam emas. "RS" rusumli radiatorlar Germaniyada ishlab chiqarilayotgan "KERMI" 
va "ARBONIA" radiatorlariga o‘xshash.
Hozirgi davrda Rossiya bozorlarida Krosnoyarsk metallurgiya zavodida ishlab 
chiqarilayotgan "SIALKO" markali aluminiydan ishlangan radiatorlar tan 
olinmoqda (7.9-rasm). 


13.9-rasm.
"SIALKO" markali radiator. 
2. Beton - panelli isitish asboblari.
Bunday turdagi isitish asboblari beton 
plitalaridan iborat bo‘lib, alohida deraza tagida devorlarga yopishtirilgan holda 
o‘rnatiladi yoki tashqi devor ichidan qo‘yiladi. Chuyandan qo‘yilgan radiatorlarga 
nisbatan panelli isitish asboblari binolarning sanitariya-gigienasi shartiga ko‘ra 
qulayroq deb hisoblanadi. Chunki ularning vertikal tekis yuzasidan chang zarralarini 
tozalash oson va montaj uchun mehnat xarajatlari kamayadi. Bundan tashqari 
binoning qurilish jarayonlari panelli isitish asboblarini o‘rnatish bilan birgalikda olib 
borilishi qurilish industriyasi ko‘rsatgichini ko‘tarishga olib keladi. Panelli isitish 
asboblarini balandligi va xona ichida joylashtirilishga qarab past balandlikdagi - 1 
metrgacha tashqi devorning deraza tagida o‘rnatiladi (7.10-rasm). Balandligi katta 
bo‘lgan panelli isitish asboblari tashqi devorning ichki qatlamiga urnashtiriladi 
(7.11-rasm). Past va katta balandlikka ega bo‘lgan panel isitish asboblari xona 
o‘rtalaridagi devorlarga ham o‘rnatiladi. Bu turdagi radiatorlarning asosiy 
kamchiligi ta’mirlash ishlarining sermehnatligi va ishlatish jarayonining 
qiyinchiligidadir. 
13.10-rasm.
Deraza tagiga o‘rnatilgan betonli isitish asboblari:
a – bir tamonlama issiqlik 
beradigan; b – ikki tamonlama issiqlik beradigan; v – ikki tamonlama issiqlik beradigan va havo 
o‘tadigan kanal bilan o‘rnatilgan turi; 
а) 
б) 
в) 
13.11-расм. 
Ташқи йирик панелли бетон 
деворга 
ўрнатилган 
иситиш 
конструксияси. 
1 – иссиқлик берувчи панел, 2 – иссиқликни кам 
ўтказувчи ашё, 3 – конвектив канал, 4 – ҳаво 
келтирувчи канал, 5 – беркитувчи мослама, пўлат 
туникадан ясалган тўсиқ. 


3. Qoliplarda po‘lat tunikalardan bosib tayyorlangan radiatorlar.
Bu turdagi 
radiatorlar amaliyotda keng qo‘llanilmadi, chunki suv tarkibidagi kislorod ta’sirida 
asbobning ichki yuzasi tez zanglashi natijasida ishlash muddati keskin qisqaradi. 
Bunday asboblar faqat maxsus tozalashdan utgan suvni ishlatgan taqdirdagina 
ishlatilishi mumkin (7.13-rasm). 
4. Konvektorlar turkumigidagi isitish asboblari.
Bu xildagi isitish asboblari 
ikki elementdan iborat bo‘lib - ular isituvchi qovurg‘ali - quvurga tunikadan 
yopilgan g‘iloflardan iborat (7.14 -rasm). 
a)
b)
13.14-rasm.
Konvektorlarning shartli sxemasi:
a – g‘ilofli KN "Komfort-20"; b – g‘ilofsiz KA "Akkord" konvektori; 1 – issiqlik beruvchi; 2 
– g‘ilof; 3 – havo yuli qapqog‘i; 4 – panjara; 5 – qovurg‘a. 
Konvektorning g‘ilofi asbobning ko‘rinishiga chiroy qushish bilan birgalikda 
isituvchi sirtida havo harakatini tezlashtirish evaziga issiqlik o‘zatilishini oshirishga 
olib keladi. 
13.12-расм. Плинтусга ўрнатилган бетондан 
қуйилган иситиш асбоби: 
1 – иситувчи панел ; 2 – иссиқлик сақловчи материал; 4 
– картон; 5 – паркет; 6 – бурма мих; 7 – қора пол; 8 – 
қум қатлами; 9 – ёгʻоч тоʻсини. 
13.13-расм. 
Қуйма пўлат туникадан 
ясалган радиатор. 
маҳкамлаш учун қулоқча 


Konvektor g‘ilofi bilan (13.14-rasm, a) birgalikda issiqlik oqimining umumiy 
qiymatidan 90-95% ni konveksiya yuli bilan xonaga beradi. Agar issiqlik beruvchi 
sirt g‘ilof vazifasini bajarib qovurg‘ali bo‘lsa, bunga g‘ilofsiz konvektor deyiladi. 
Bunday turdagi asboblarning issiqlik uzatuvchisi po‘lat, chuyan, aluminiy va 
metallardan tayyorlanib, g‘ilovlari esa po‘lat tunikalar hamda asbestosement 
materiallardan tayyorlanadi. Filoflarning tashqi ko‘rinishi bino ichidagi inter yerga, 
me’moriy ko‘rinishiga mos holda yasalishi lozim. 
Ikki quvurli isitish tizimlariga konvektorlardan iborat isitish asboblari 
o‘rnatilgan taqdirda issiqlik berish qobiliyatini ko‘rsatgichi kamayganligini 
ko‘ramiz. Shunga qaramasdan chuyandan qo‘yilgan radiatorlar kamayib, urniga 
konvektorlar ishlab chiqarish nisbatan oshayotganligi ko‘zga tashlanadi, chunki bu 
turdagi isitish asboblarining tayyorlanishi oson, ishlab chiqarishda mexanizatsiya va 
avtomatlashtirishning mumkinligi mehnat xarajatini kamaytirishga olib kelishi kabi 
ko‘rsatkichlardir. Konvektorlarning issiqlik sig‘imi kichik bo‘lgan ligi sababli isitish 
asboblaridan isiqlik o‘zatilishini ortirishga olib keladi. Konvektorlar issiqlik -
inertsiyasi kichik bo‘lgan asboblar qatoriga kiradi.
Konvektorlarning g‘ilof balandligini oshishi issiqlik berish qobiliyatining 
oshishiga olib keladi. Misol uchun uning h balandligi 250 mmdan 600 mmga oshsa 
issiqlik berish 20%-ga ko‘p ayadi. Agar konvektorlarga havo harakatini tezligini 
oshirish uchun maxsus, sun’iy parraklar o‘rnatilsa, uning issiqlik berish qobiliyati 
yanada oshadi. 
Ikki yoki to‘rt quvurli (D=20 quvurning ichki diametri 20 mm) uskunaga to‘rt 
burchakli qovurg‘alari orasi 6 mm bo‘lgan plastinkalar qiydirilib yasalgan 
konvektorlar g‘ilofli osma yoki «Universal» deb ataladi. Bunday konvektorlar havo 
qopqog‘i bilan jihozlangan bo‘lib, uning qopqoqlari g‘ilof orqali bo‘layotgan havo 
harakatini boshqarib turadi, natijada issiqlik miqdorininng boshqarish imkoniyati 
hosil bo‘ladi (7.14 -rasm, a). 
Biroq issiqlik miqdorining sarfi bir uskuna ajratgan issiqlikdan ko‘p bo‘lsa
ularning sonini ko‘p aytirib, ularni ketma-ket yoki parallel ulash yuli bilan issiqlik 
berish miqdorini boshqarish imkoniga ega bulamiz. 
Eng ko‘p issiqlik berish quvvatiga ega bo‘lgan KV-20 turdagi asboblarning 
balandligi 600 mm dan 1200 mm gacha bo‘lib, bir nechtasini ketma-ket ulash 
imkoniyati mavjuddir. 
Past balandlikka ega bo‘lgan KA «Akkord»ning tarxda ko‘rinishi P harfi 
shaklida bo‘lib, qalinligi 

=0,8 mm bo‘lgan po‘lat tunikalardan qavurg‘ali qilib 
yasaladi. (11.14-rasm, b). Bunday turdagi konvektorlar yig‘ma tsexlarda bir nechta 
asboblarning o‘zaro birlashtirilgan holda ishlab chiqariladi. 
5. Qovurg‘ali quvurlardan tayyorlangan chuyan radiatorlar.
Qovurg‘ali 
quvur konvektiv isitish asbobi bo‘lib, ikki tomonidan gardishli quvurg‘aga ega 


bo‘lgan, yaxlit holda qo‘yilgan, yupqa qovurg‘alar bilan yopilgan isitish tizimidan 
iborat. Bir xil uzunlik va diametrga ega isitish quvuri bilan shunday uzunlik va 
diametrdagi qavurg‘ali quvurni taqqoslaganimizda ikkinchisining issiqlik beradigan 
yuzasi bir necha barobar katta ekanligiga amin bulamiz. Bunday holat isitish 
asboblarini ixcham, biroq ma’lum darajada kurimsiz holatga olib keladi (7.15-rasm). 
13.15-rasm. 
Qovurg‘ali chuyandan qo‘yilgan quvir shaklidagi isitish asbobi:
a – yotiq 
holatda o‘rnatilgan turi; b – tik holatda o‘rnatilgan turi. 
Shu bilan birgalikda, bunday isitish asboblari uchun metall xarajati sezilarli 
darajada ortiqcha bo‘lsa da, uni isitish asbobi sifatida ishlatish issiqlik texnik 
jihatdan samarali hisoblanib, yasalishi oson va katta haroratga ega bo‘lgan issiqlik 
tashuvchini ishlatganda radiator yuzasida me’yoriy haroratga ega bulish kabi 
ustunliklarga ega. 
Bu kabi issiqlik uskunalari 0,5 metrdan 2,0 metrgacha uzunlikda yasaladi va 
ularni gorizontal holda ustma-ust quyilib egilgan quvurlar yordamida bir-biriga 
flanetslarning orasiga qistirma xom-ashyo quyilib ulanishi lozim. 
6. Silliq quvurli isitgichlar
– Radiatsion-konvektiv isitish asboblari deyiladi. 
Ular oddiy po‘lat quvurlardan yasalib ma’lum ko‘ndalang kesimga ega bo‘lgan (Di 
= 32-100 mm) tashqi yuzasi silliq egilgan yoki berilgan uzunlikda kesimi registr 
shaklida ikki tomonlama bog‘lovchi-ulovchi quvurlar bilan ma’lum qoidada 
biriktirilishi natijasida hosil bo‘ladi. 
Silliq - quvurli isitish asboblari yuzasidan (16-rasm) chang yoki boshqa organik-
neorganik moddalardan osongina tozalanishi bilan boshqa isitish asboblaridan 
ajralib turadi. Bundan tashqari silliq sirtli quvurlardan yasalgan isitish asboblari 
issiqlik o‘tkazuvchanlik qobiliyatining balandligi bilan boshqalaridan ajralib turadi. 
Ishlab chiqarish va ba’zi jamoat binolarida, bolalar muassalarida, parnik - 
oranjereyalarda, bu turdagi asboblarni o‘rnatish maqsadga muvofiqdir. 
a)
b) 
v)
g) 
d ga teng 
i = 0.002 
i = 0.002 
r = 3d 



13.16-rasm. Sirti silliq quvurlardan yasalgan isitish asboblari:
a – bir xil diametrli quvurdan 
egilib tayyorlangan; b, v – bir xil diametrli quvurdan payvandlash yuli bilan tayyorlangan; g – 
silliq quvurlar uch qator qilib terilib tayyorlangan. 
13.3. Elektr isitish asboblari turlari 
Isitishning ko‘p turlari mavjud. Ulardan biri elektr bilan isitish. Shu bilan birga 
issiqlikka aylanadigan asosiy energiya uchun elektr energiyasi olinadi.
Oxirgi tadqiqotlarga ko‘ra, eng yuqori samaradorlikka ega. Taxminan har bir 
isitish moslamasi sozlamalari mavjud. Harorat sharoitlari, shuning uchun ular 
iqtisodiy jihatdan eng yaxshisidir. Suyuq issiqlik tashuvchilaridan farqli o‘laroq, 
elektr energiyasi darhol issiqlikka aylanadi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, elektr 
isitish tizimlari barcha zamonaviy inson talablariga javob beradi va xavfsiz,
Bimetalik radiatorlar. Kvartiralar uchun bimetalik isitish radiatorlari reytingini 
birinchi o‘rinda turadi. 
Global bimetalik radiatorlar to‘liq bimetalikdir, ular po‘latdan yasalgan 
gorizontal va vertikal kollektorlarga ega. Buning yordamida sovutish suyuqligi 
radiatorning aluminiy korpusi bilan aloqa qilmaydi, shuning uchun oksidlanish 
bo‘lmaydi va markazlashtirilgan isitish tizimlarida radiatorning ishlash muddati 
oshadi. Texnologik yechimlar bilan ta’minlangan Global mahsulotlarining 
ishonchliligi kompaniyaning siyosati bilan ta’minlanadi, unga ko‘ra barcha modellar 
d ga teng 




qatoriga o‘n yillik kafolat beriladi. 
2.
Bimetalik radiatorlar Sira reytingning ikkinchi qatorini egallaydi.
Ushbu brendning isitish moslamalari an’anaviy ravishda har qanday intererga 
mos keladigan yuqori sifatli va zamonaviy dizayni bilan ajralib turadi. Bundan 
tashqari, ushbu sinf batareyalari har qanday isitish tarmoqlarida, shu jumladan 
yuqori bosim ostida ishlaydiganlarda ham foydalanish mumkin. Strukturaviy 
ravishda, Sira bimetalik radiatorlari deyarli boshqa ishlab chiqaruvchilarning 
mahsulotlaridan farq qilmaydi. Aluminiy qotishmasidan quyilgan har bir qismda 
vertikal kanalli bir xil po‘lat manifold. Asosiy farqlar ushbu tovar brendining 
radiatorlarining yuqori ishonchliligi va samaradorligiga erishish imkonini beradigan 
zamonaviy quyish va yig‘ish texnologiyalaridan foydalanishga bog‘liq. 
3.
Nemis ishlab chiqaruvchisining 
kvartirasi 
uchun 
bimetalik 
isitish 
radiatorlari 
Ular bir qismli bimetallik tuzilishdir: 
aluminiy qotishmasidan tayyorlangan 
ekzotermik qobiq bilan o‘ralgan uglerod 
po‘latdan yasalgan ramka. Radiator 
qismining ramkasi devor qalinligi 3,6 va 1,8 mm bo‘lgan po‘lat quvurlardan 
payvandlanadi. Ekzotermik qobiq Yaponiyaning JIS H5302 standartiga binoan, 
yuqori quvvatli aluminiy qotishmasi yordamida yuqori bosimli matritsali quyma 
usuli bilan amalga oshiriladi. Bimetalik radiatorning qismlari ikki qatlamli oq epoksi 
poliesterli emal qoplamasi bilan ishlab chiqariladi. Qoplama isitish moslamalariga 
tegishli standartlar va qoidalarga mos keladi. 


4. Bimetalik radiatorlar reytingida to‘rtinchi o‘rinda - QirollikTermo

U markaziy isitish tizimlarida foydalanish 
uchun 
mo‘ljallangan. 
PowerShift 
texnologiyasidan foydalanish (kollektordagi 
qo‘shimcha qovurg‘alar) tufayli u bimetal 
uchun eng yuqori issiqlik o‘tkazuvchanligiga 
ega. Ineksion kalıplama yo‘li bilan maxsus 
aluminiy qotishmasidan ishlab chiqarilgan. 
Ushbu ishlab chiqarish usuli yuqori quvvat va 
ishonchlilik bilan radiator olish imkonini beradi. Radiator shunga o‘xshash isitish 
moslamalariga qaraganda bir necha baravar uzoqroq ishlaydi. 
Nazorat uchun savollar: 
1. Isitish asboblarining qanday turlari mavjud? 
2. Radiatsion asboblar ishlash prinsipi qanday? 
3. Konvektiv-Radiatsion asboblarni tushuntirib bering? 
4. Isitish asboblariningn tuzilishi va texnik tavsifnomasi haqida nimalarni bilasiz? 
5. Elektr isitish asboblari tushuntiring? 
6. Isitish asboblariga qanday talablar qo‘yiladi? 

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə