Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/27
tarix30.04.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#40834
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27

yana ustiga zichlanmagan go‘ng tashlab berish natijasida amalga oshiriladi. 

Zichlanmagan qavatda mikrobiologik jarayon 60-70

o

 S da boradi. Go‘ngda 



ammonifikatorlar, nitrifikatlar va turli xildagi mezofil mikroorganizmlar mavjud 

bo‘ladilar. Go‘ngni, somon va xozonrezgilik, paytda tushgan barglar bilan 

aralashtirib, azot, fosfor qo‘shib tayyorlangan kompost unumdorlikni yanada 

oshiradi. 

 

3. Rizosferadagi mikroorganizmlarning o‘simliklar uchun 

ahamiyati.

 O‘simliklar ildizlari va yer ustki qismlari yuzasida o‘simlik 

organizmlari tomonidan sintez qilingan organik moddalar ajarlib chiqadi. Bu 

xodisani ekzosmos deyiladi. O‘simlik hayoti davomida o‘z massasining 10% 

ga yaqiniga shunday modda ajratib chiqaradi. Ildizdan ajraladigan 

moddalarning ko‘pchiligini fiziologik aktiv moddalar (vitaminlar, stimulyatorlar, 

ba’zan alkoloidlar), organik kislotalar, qand aminokislotalar bo‘lishi mumkin. 

Shuning uchun ildizga yaqin turgan tuproqda (rizosferada) va ildizning 

yuzasida xilma-xil mikroorganizmlar rivojlanadilar. Bunday 

mikroorganizmlarga bakteriyalar (Psevdomonas, Mikobakteriyalar), 

mikroskopik zamburuglar, achitqilar, suv o‘tlari va x.k.lar kiradi. Ayniqsa 

simbioz mikroorganizmlar ko‘p bo‘ladi. Simbioz o‘simlik va zamburuglar 

o‘trasida bo‘lsa mikoriz deyiladi. Mikoriz ham endotrof (zamburug giflari 

ildizparenxima hujayrasi oraliklarida emas, hujayra ichiga ham kirib ketgan) 

va ekzotrof (zamburug giflari ildizni zich, qinga o‘xshab o‘rab oladi va 

giflarning turlari har tomonga tarqalgan) bo‘ladi. Mikoriz o‘simliklar 

rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Agar rizosferada va ildizda mavjud 

bakteriyalar bilan o‘simlik simbioz yashasa buni bakterioriz deyiladi va bu 

ham o‘simlik oziqlanishida samaralidir. 

 

4. Mikrobiologik preparatlarni qo‘llash samaradorligi.

 O‘simliklarni 

oziqlantirishda mineral va organik o‘gitlar bilan birga mikrobiologik 

preparatlardan aniqrogi mikroorganizmlar faoliyatidan foydalanish ham yaxshi 

samara beradi. 

 

a) Azotobakteriyalar yashash sharoiti va faoliyati o‘rganilganidan keyin, 



azotobakteriyalar kulturasi saqlagan preparatlarni yerga kiritishni akademik 

S.P.Kostichev 30-yillarda tavsiya qilgan edi. Azotobakteriyani qo‘llashda 

o‘simliklar ildiziga yuqtirish yo‘li, tuproqga kiritish yo‘li tadqiq etilgan va yaxshi 

natijalar olingandir. 

 

Tuproqni bakterizatsiyalash rizosferada ularning ko‘payishiga va 



o‘simlik yaxshi rivojlanishiga olib keladi. 

 

B) Fosforning organik shakllarini parchalab uni o‘simlik o‘zlashtiradigan 



holatga o‘tkazuvchi spora hosil qiluvchi bakteriyalar (Basillus megaterium) 

ekilayotgan uruglar bilan aralashtirilib tuproqqa kiritilganda o‘simlik 

hosildorligini 10%dan ortiq ko‘payishi mumkin. Bu bakteriya ildiz o‘simlikni 

yaxshilaydi, chunki Bas.megaterium tiamin, biotin, piridoksin, pantoten 

kislotasi, nikotin kislotasi, vitamin V

12

 kabi fiziologik aktiv moddalarni ishlab 



chiqaradi. 

 

V) simliklar azotlik oziqlanishini yaxshilash maqsadida ko‘k-yashil suv 



o‘tlaridan foydalanish ham ko‘p mamlakatlarda o‘rganilgan. Bu mikroorganizm 


kulturasini tuproqqa kiritishni algolizatsiya deb nomlangan. Hozirgi kunda 

molekulyar azotni o‘zlashtiradigan 130 turdan ortiq ko‘k-yashil suv o‘ti 

aniqlangan. Bu usuldan O‘zbekistonda ham galla, paxta, pomidor, bodring 

ekilgan joylarda (qator rayonlarda) O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi 

mikrobiologiya instituti xodimlaridan alohida bir guruxi samarali  ishlar olib 

borishgan va olib borishmoqda. Algolizatsiya bizning sharoitimizda 

sholchilikda kam o‘tkaziladi, chunki sholiga yetarli miqdorda azotli o‘git 

beramiz. Ammo, Vetnam, Xindiston, Xitoyda ko‘p ishlatiladi. Ular ko‘proq suv 

paparotnigi Azollani shu maqsadda ishlatadilar. Azollani kichikroq suv 

xavzasida ko‘paytirib, uning suspenziyasini suv bilan yuborishadi. Suv yuzi 

azolla ko‘payishidan yashil ko‘rpadek bo‘lib qoladi. Issiq ko‘tarilganda azolla 

o‘ladi (sholi ruvaklash vaqtlarida) minerallashadi. Uni o‘simlik o‘zlashtirish, 

natijasida hosildorlik oshadi. 

 

O‘simliklar hosildorligi oshishida kremniyning ahamiyati ham juda katta. 



Ammo, tuproqdagi alyuminiy silikatlari o‘simlikka o‘zlashtirilmaydi. Uni 

o‘zlashtirish uchun parchalash lozim. Alyumosilikatlar SO

2

 va kislotalar 



ta’sirida parchalanadilar. Shu maqsadda V.G.Aleksadrov Basillus 

mukilaginosus siliksus bakteriyalaridan foydalanishni tavsiya etgan. 

Tekshirishlar «silikat»li bakteriyalar preparati ham samara berganini 

ko‘rsatgan. 



 5. 

Xulosalar.

 Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, qanday yo‘llar bilan 

bo‘lmasin tuproqning unumdorligini oshirishda mikroorganizmlar faoliyatidan 

foydalanish o‘simliklar o‘sish-rivojlanishini yaxshilashga va ko‘p hosil olishga 

imkoniyat tugdirar ekan. 

    SAVOLLAR: 

1.  Rizosferada mikoorganizmlar ko‘payishi uchun qanday qulay sharoit vujudga keladi? 

2.  Almashlab ekish ahamiyati nimada? 

3.  Go‘ng tayyorlash, kompost tayyorlash xillari qanday bo‘ladi? 

4.  Simbioz nima? Ahamiyati nimada? 

5.  Azotobakteriyalari nima, qanday qo‘llash mumkin? 

6.  Fosforobakteriyani qo‘llash ahamiyati nima? 

7. Algolizatsiya nima? Ahamiyati nimada? 

 

  



9-MAVZU: MIKROBIOLOGIYaNING DEHQONChILIKDA VA 

ChORVAChILIKDAGI AHAMIYaTI. 

Reja: 

1.  O‘simliklarni himoya qilishda mikroblarni qo‘llash 



2. O‘simliklarni o‘stirishda mikroblarning ahamiyati 

3. Chorvachilikda mikrobiologiya 

A.Pichan va silos tayyorlash 

B.Ozuqa oqsili, aminokislota va vitaminlar sintezi 

V.Antibiotiklarni qo‘llash 

4. Xulosa. 

Adabiyotlar 2,3,4,6,7 

 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə