Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)


Masalan: Puccinia gramminis



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/27
tarix30.04.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#40834
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27

Masalan: Puccinia gramminis boshoqli don ekinlarida poya zangniPuccinia triticina - 

bug‘doyda qo‘ng‘ir zang kasalligini qo‘zg‘atadi. 



3.Fragmidium avlodining teleosporalari ko‘p xujayrali bo‘lib, bita o‘simlikda to‘liq 

rivojlanish bosqichini o‘tadi. 



Masalan: Phragmidium discflorum  - atirgulda zang, kasalligini qo‘zg‘atadi.  

4.Gimnosporangium avlodining teleosporalari ko‘p xujayrali bo‘lib, oyoqchalari Bilan 

substratga yopishgan bo‘ladi. Ko‘pgina mevali daraxtlarda zang kasalligini qo‘zgatadi. 



Masalan: Gimnosporangium tremelloides – olmada zang kasalligini qo‘zgatadi.  

3. 


Melamsporatsiya oilasi zamburuglarning teleosporalari bir xujayrali, to‘p-to‘p bo‘lib 

ajralgan holda bo‘ladi. Ushbu oila bir nechta avlodni o‘z ichiga oladi, bulardan: 1-

Melamspora, 2-Kronarsium, 3- Melampsoridum, avlodlarini misol qilib olish mumkin. 

1. Melampsora avlodining teliosporalari bir xujayrali bo‘lib, yupqa epidermisli va guj bo‘lib 

joylashgandir. Avlod vakillari o‘rmon daraxatlarida zang kasalligi ni qo‘zgatadi.  



Masalan: Melampsora pinitorgua – sosnada zang kasalligini qo‘zgatadi. 

2. Kronarsium avlodining teleytosporalari zanjirsimon bo‘lib sosna poyasida rivojlanadi. 

Masalan: Cronartium flaccidum – oddiy sosnani bargini zararlaydi.  

3. Melampsoridum – avlodining teleystosporalari bir xujayrali bo‘lib, oq qayin bargining 

epidermisi ostida yigiq holda bo‘ladi. Ular barg tomirlari orasida och sariq yostiqchalar shaklida 

rivojlanadi. 

Masalan: Melampsoridium detilae – oq qayinda zang kasalligini qo‘zgatadi.  

17 – Mavzu: Holobasidiomycetidae kenja sinfining  vakillari. 



Ish rejasi: 

1.  Hymenomycetales tartib guruhi 



1.

 

Exobasidiales tartibi 

2.  Aphillophorales tartibi 

3.  Agaricales tartibi 

 

Zaruriy jihozlar: Rangli jadvallar. Gerbariydan namunalar (pukaklarni meva tanalari, 

qalpoqchali zamburuglar, oq muxomor). Lupalar. 

Topshiriq: 1. Kasallik qo‘zgatuvchi zamburuglar va kasallikni tashqi belgilari Bilan tanishish. 

2.  Zamburuglarni mikroskopda ko‘rish va rasmlarini chizish. 

Bu sinf zamburug‘lari yuksak zamburuglar guruhiga  kiradi. Bazidiyali zamburuglarning 

miseliysi yaxshi rivojlangan va ko‘p hujayrali bo‘ladi. Bazidiomisetlarning ko‘payishi – bunda 2 xil 

miseliy qo‘shiladi va diploid miseliy hosil  bo‘ladi. Diploid miseliydan hosil bo‘lgan xujayralar 

o‘sib, yo‘gonlashadi va cho‘ziq qopcha shakliga kiradi. Bular bazidiyalar deyiladi. Bazidiyalar 

uchida bazidiyasporalar deb ataladigan to‘rtta spora vujudga keladi. Bu sporalar yetilgandan so‘ng 

sterigmadan otilib chiqad iva yerga tushib, u yerda o‘sib miseliyga aylanadi. 

Bu sinf zamburuglari asosan 2-ta kenja sinfga bo‘linadi: 

1.

 

Xolobazidiomisetlar kenja sinfi. 

2.  Telebazidiomisetlar kenja sinfi

1. Xollobazidiomisetlar kenja sinfiga kiruvchi zamburuglar bir xujayrali bo‘lib bazidiyalari 

tugnagichsimon va silindrsimon bo‘ladi. Bazidiyalarni joylashishiga qarab bu kenja sinf bitta tartib 

guruhiga bo‘linadi –Gimenomisetlar. Bu tartib guruhining vakillari asosan tuproqda va o‘simlik 

qoldiqlarida saprofit holda hayot kechiradi. Bu tartib guruhi 3 ta tartibga bo‘linadi:  



1.Ekzobazidiles tartibi. 

2.Afilloforales tartibi.  

3.Agarikles tartibi. 

1. Ekzobazidiales tartibi: Bu tartib zamburug‘larida meva tanasi bo‘lmaydi. Bazidiyalari 

miseliyda yakka holda yoki qavat bo‘lib hosil bo‘ladi. Ularning vakillari guli parazit o‘simliklarda 

parazitlik Bilan hayot kechiradi. Bu  tartibga 2-ta avlod kiradi. 

 1. Ekzobazidium. 

2. Mikrostroma



 

Bu avlod vakillari barg va poyalarda hayot kechirib ularning jarohatlanishi natijasida 

zararlangan to‘qima ustida oq yoki pushti guborlar hosil qiladi. Kasallangan a’zolarda deformatsiya 

yuzaga keladi. 

 

2. Afilloforales tartibi: bu tartib zamburuglarining meva tanasi har xil tuzilgan bo‘lib, ular 

yumshoq, qattiq, qUruq, yoyilgan, qalpoqchali, terisimon bo‘ladi. 

 

Gimenoforlari trubkali, tikanakli, silliq, plastinkasimon, gijim bo‘ladi. Bu tartib vakillari 



asosan saprofitlar bo‘lib o‘rmonlarda uchratishimiz mumkin. Bu tartib meva tanasi va 

gimenofariysi tuzilishi ga qarab ikkita oilaga bo‘linadi: 



1.

 

Teleforatsiya – Thelephoraceae. 

2.

 

Poluporatsiya – Polyporaceae. 

1.Teleforatsiya oilasining meva tanasi terisimon bo‘lib, yupqa yoyilgan yoki gijim bo‘ladi. 

Gimenofori silliq yoki yigilgan holda bo‘ladi. Bu oila to‘rtta avlodga bo‘linadi: 

1. Stereum– Stereum. 

2. Hypochnus– Giponus 

3. Serpula– Serpula 

4. Coniophora- Konnoofora  

1. Stereum avlodi vakilari zararlangan, qurigan yoki yaxshi rivojlanmagan o‘rmon daraxtlari 

va mevali daraxtlarda uchraydi. Meva tanasi yoyilgan yoki cherepisa kabi joylashgan bo‘ladi. 

Serpula va Koniofora avlod vakillari uy zamburuglari, qurilish daraxtlarida rivojlanadi. 

Serpula avlodining meva tanasi yumshoq, substratga yopishgan bo‘ladi. 

Konifora avlodining meva tanasi etli, jigar rang yoki sargish bo‘ladi. 

2.Poluporatsiya oilasining meva tanasi bir yoki ko‘p yillik bo‘lib shakllari turlicha bo‘ladi. 

Gimenoforlari trubkasimon, yigilgan gijim bo‘ladi. Poluparatsiya oilasi quyidagi avlodlarga 

bo‘linadi: 

1. Polyporus.- bereza gubkasi. 

2. Fomes – xaqiqIy pukak. 

3. Phellinus – sosna gubkasi. 



1- avlod Poluporus vakillarining meva tanasi bir yilligi avval yumshoq bo‘lib, keyinchalik 

yogochlashadi. 

Misol: +o‘ngir po‘kak. 

2- avlod: Fomes vakillarining meva tanasi ko‘p yillik, yogochlangan qattiq tuyoqsimon shaklda 

bo‘ladi. 



3.Agarikales tartibi: bu tartib zamburuglari meva tanasi bir yillik qalpoqchali va oyoqchalardan 

iborat. Bu zamburuglar qalpoqchali zamburuglar deb ataladi. Bularning gimnoforlari 

plastinkasimon, trubkasimon bo‘ladi. Bu tartib vakillari saprofit hamda parazit holda yashaydi. 

Ba’zi bir vakillari iste’mol qilinadi, ayrimlari zaharli. Bu tartib uchta avlodga bo‘linadi: 

  1. Agaricus – dala shampinioni, o‘rmon shampinioni. 

  2. Amanita – oq muxomor. 

  3. Armillariella – openok 

  4. Agarikus avlodi zamburuglari iste’mol qilinadigan zamburuglar hisoblanadi. 

qalpoqchalari juda etli bo‘lib, sporalari jigar rang yoki to‘q kul rangda bo‘ladi. 

     5.Ammonita avlodiga zaharli zamburuglar kiradi. +alpoqchalari osonlik Bilan oyoqchalaridan 

ajraladi. Sporalari rangsiz. Misol: qizil, oq muxomor. 

     6.Armillariella  avlodi  o‘rmon  daraxtlarda  va mevali daraxtlarda oq chirish kasalligini keltirib 

chiqaradi. qalpoqchalari qUruq, silliq bo‘ladi. Sporasi rangsiz, tuxumsimon shaklda bo‘ladi.  

18 – Mavzu: DEUTEROMYCETES-LAR SISTEMATIKASI VA ULARNING 



VAKILLARI. 

Ish rejasi: 

1.  Hyphomycetales tartibi. 

1.

 

Moniliaceae oilasi 

2.

 

Dematiaceae oilasi 

3.

 

Tuberculariceae oilasi 



2.  Melanconiales tartibi 

1.

 

Melanconiaceae oilasi 

Zaruriy jihozlar: Gerbariydan namunalar (mevali daraxatlarning chirish kasalliklari, guzaning 

vertisillyoz so‘lish, tokning antraknoz, maymunjonning qo‘ngir doglanish, tutning silindosporioz 

kasalliklari). Rangli jadvalar.  Aspergillus va Penicillium  zamburuglarini sof kulturasi. Mikroskop 

buyum va qoplagich oynachalar, sirtmoq, spirt lampasi. 

Topshiriq: 1. Kasallik qo‘zgatuvchi zamburuglar va kasallikni tashqi belgilari Bilan tanishish. 

2.

 

Zamburuglarni mikroskopda ko‘rish va rasmlarini chizish. 

Bu sinfga kiruvchi zamburug‘lar yuksak zamburug‘lar guruhiga kiradi. Bularning tanasi ko‘p 

hujayrali miseliydan iborat. Bu sinf  zamburuglari jinssiz yo‘l bilan ko‘payadi, ya’ni konidiya va 

konidiyabandlari yordamida. Takomillashmagan zamburug‘lar tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, ular 

tuproq va o‘simlik  qoldiqlarida saprofit hamda parazit holda yashaydi. Ba’zi tartibga kiruvchi 

zamburug‘lar antibiotik zamburug‘lar hisoblanadi (penisillium, aspergillus), ayrim vakillari juda 

zararli kasalliklarni keltiradi. Bu sinf zamburug‘lari qishloq xo‘jalik ekinlarida chirish, dog‘lanish, 

so‘lish kabi kasalliklarini keltiradi. Bular konidiya, konidiyabandlarini tuzilishi va ularni rangiga 

qarab 4 ta tartibga bo‘linadi:  

1. Gifomisetales  -Hyphomycetales.  

2. Melankoniales- Melanconiales.  

3. Sferopsidales – Sphaeropsidales.  

4. Misilialilar -Myceliales 



Gifomisetales - Hyphomycetales  tartibi. Bu  tartibi vakillarining konidiyasporalari 

subtratdan dastalanib yoki yakka holda tashqariga chiqadigan konidiyabandlarida hosil bo‘ladi. 

Konidiyabandlari oddiy yoki har xil shoxlangan bo‘ladi. Konidiyalari esa bir hujayrali, ko‘p 

hujayrali ko‘ndalang yoki uzunasiga to‘siqli, ipsimon, ovalsimon bo‘lishi mumkin. Konidiyalar 

konidiyabandlarida yakka holda, zanjirsimon yoki boshsimon bo‘lishi mumkin. Gifomisetalis tartibi 

zamburug‘lari 3 ta oilaga bo‘linadi: 1. 1. 1.Moniliatsiya - Moniliaceae.  



2. Dematatsiya -Dematiaceae.  

3. Tuberkulyaratsiya - Tuberculariceae. 



1.Moniliatsiya oilasi vakillarining miseliysi, konidiyalari va konidiyabandlari har doim 

rangsiz bo‘ladi. Kamdan kam hollarda faqat konidiyasi rangli bo‘lishi mumkin. Bu oilaga juda ko‘p 

avlod va turlar kiradi:  

1. Monilia – Monilia                  5. Penisilium -Penicillium         

2.  Botutis – Botrytis                  6. Aspergillius -Aspergillus. 

3. Vertisillium – Verticillium     7. Trixotesium -Trichohecium    

4. Oidium – Oidium                   8. Trixoderma -Trihoderma 

 

Monilia avlodining konidiyalari bir xujayrali, zanjirsimon bo‘lib, konidiya bandlari och 



rangli. Bu avlod vakillari mevalarda chirish kasalligini keltirib chiqaradi.  

Masalan:  1. Monilia fructigena urug‘li – mevali daraxtlarida chirishni keltiradi. Botrutis 

avlodining koniyabandlari yaxshi rivojlangan bo‘lib miseliydan ajralgan bo‘ladi. Avlod vakillari 

o‘simliklarda patogenlik qiladi. 

Masalan: Botrytis cinerea – qulupnayda kul rang chirish. 

Botrytis alli – piyozda kul rang chirishni qo‘zgatadi. 

Vertisillium avlodining konidiya bandlari xalqa shaklida yetilib, uning uchida yakka yoki 

guj konidiyalar vujudga keladi. Bu avlodning ba’zi vakillari so‘lish, ba’zi vakillari quruq chirish 

kasaligini qo‘zgatadi. 

Masalan: Verticillium dahliae - g‘o‘zada so‘lish. 

Verticillium albo-atrum – kartoshkada quruq chirishni qo‘zgatadi. 

Oidium 

avlodining konidiyabandlari yaxshi rivojlanmagan. Konidiyalari qisqa 

konidiyabandlari uchiga zanjirsimon bo‘lib rivojlanadi. Bu avlod vakillari boshoqli ekinlarda un-

shudring kasalligini qo‘zgatadi. 

Masalan:  Oidium monilioides - g‘alla donli ekinlarda un-shudringni keltiradi. 



 2. Dematatsiya oilasi vakillarining miseliysi, konidiyabandlari va konidiyalari rangli 

bo‘ladi. Bu oilaga ham bir nechta avlod kiradi. Bulardan eng asosiylari: 



Dematiaceae oilasi vakillarining miseliysi,konidiyabandlari va konidiyalari rangli bo‘ladi. 

Bu oilaga ham bir nechta turkumlar kiradi. Bularning eng asosiylari: 1. Kladasporium - 



Cladosporium 2. Gelmentosporium - Helminthosporium 3. Serkospora - Cercospora 4. Alternariya 

-Alternaria.... 

Kladasporium avlodining konidiyalari bir xujayrali, bir, ikki to‘siqli, ovalsimon va 

zanjirsimon joylashadi. Avlod vakili Cladosporium fulvum pomidorda qo‘ngir doglanishni 

qo‘zgatadi. 

Bundan tashqarii oilaning avlodini vakillari qishloq xo‘jalik ekinlarida quyidagi 

kasalliklarni qo‘zgatadi. 

Masalan:Thielaviopsis basicola - g‘o‘zada qora ildiz chirish  

Fusicladium dendriticum –  olmada parsha 

Clasterosporium carpophyllum – o‘rikda klyastosparioz 

Spondylocladium atrovirens – kartoshkada yaltiroq parsha 

Macrosporium solani – kartoshkada makrosparioz 

Cerecospora beticola – lavlagida serkosparioz, kasalliklarini qo‘zg‘atadi. 

3. Tuberkulyariatsiya oilasi vakillarining konidiyalari  turli ranglarda, shakllarda va 

tuzilishlarda bo‘ladi. Bu oilaning asosiy avlodlaridan: 

1.

 

Fusarium; 2.Tuberculacia. 

Fuzarium avlodining konidiyalari ikki xil bo‘ladi makro va mikrokonidiyalar, miseliysi 

ko‘pincha oq, pushti, ko‘kimtir ranglarda bo‘ladi, konidiyalari o‘roqsimon qayrilgan bo‘ladi. Bu 

avlod vakillari turli qishloq xo‘jalik o‘simliklarida kasalliklar qo‘zg‘atadi. Masalan: Fusarium 



oxysporium - g‘o‘zada vilt, bug‘doyda fuzarioz kasalligini qo‘zg‘atadi. 

2.Melankonialis tartibi. Bu tartibga kiruvchi zamburuglarning konidiyabandlari yigilgan 

holda joylashgan bo‘lib, yostiqsimon yoki disksimon bo‘ladi. Konidiyalari esa epidermisni yorib 

chiqadi. Bu tartib zamburuglari mevalarda, barglarda va novdalarda yaralar hosil qiladi, doglanish 

va antraknoz kasalliklarini keltiradi. Bu tartibga bitta Melanconiaceae oilasini o‘z ichiga oladi. Bu 

oila esa bir nechta avlodni o‘z ichiga oladi.   

1.  Gloesporium – Gleosporium 

2.  Cylindrosporium – Silindrosporium 

3.  Marsonia – Marsonina 

4.  Sphaceloma –Sfaseloma 

Oila vakillaridan Gloesporium ampelophogum – tokning antraknoz kasalligini qo‘zg‘atadi. 

19- Mavzu: DEUTEROMYCETES-LAR SISTEMATIKASI VA ULARNING 



VAKILLARI.SFEROPSIDALIS VA MISELIALIS TARTIBLARI. 

Ish rejasi: 

1.  Sphaeropsidales tartibi 

1.  Sphaeropsidaceae oilasi 

2.  Leptostromaceae oilasi 

3.  Nectoriodaceae oilasi 

II. Myceliales  tartibi 

1.  Sclerotium avlodi 

2.  Rhizoctonia avlodi 

Zaruriy jihozlar: Rangli jadvallar. Gerbariydan namunalar (no‘xotning askoxitoz, lavlagini 

fomoz, sabzi va lavlagini chirish kasalliklari). Lupa. 



Topshiriq: 1.Kasallik qo‘zgatuvchi zamburuglar va kasallikni tashqi belgilari Bilan 

tanishish. 

2.Zamburuglarni mikroskopda ko‘rish va rasmlarni chizish. 

1.Sferlpsidalis tartibiga kiruvchi zamburuglarning konidiyalari piknidalarda hosil bo‘ladi. 

Piknidalar sharsimon yoki noksimon shaklga ega. Konidiyalari yetilgandan keyin saprofit hamda 

parazit holda hayot kechiradi. Ular qishloq xo‘jalik ekinlarida so‘lish, doglanish va qUruq chirish 



kasalliklarini qo‘zgatadi. Bu tartib zamburuglari piknidalarini rangi hamda ularni tuzilishiga qarab 

bir nechta oilalarga bo‘linadi: 

1.  Sferopsidasiya - Sphoeropsidaceae 

2.  Nektridiatsiya - Nectriodaceae 

3.  Leptostromatsiya - Leptostromaceae 

Shulardan asosiysi Sphoeropsidaceae – Sferopsidasiya oilaisdir. 



1.Sferopsidasiya oilasiga  kirgan zamburuglarning piknidalari to‘q rangli, sharsimon, qattiq, 

terisimon, teshiqchali yoki berk holda substratda joylashgan bo‘ladi. Bu oila bir nechta avlodlarga 

bo‘linadi: 

 1.Phoma - Foma  



2.Ascohyta - Askoxita 

3.Septoria - Septoriya 

 4.Diplodia - Diplodiya 

Foma avlodi zamburuglarining konidiyalari bir xujayrali, rangsiz bo‘ladi. Bu avlod vakillari 

asosan poyalarni zararlaydi. 

Masalan: Phoma betae – lavlagida fomoz kasalligini qo‘zg‘atadi. 

Bundan tashqarii oilaning avlodlari vakillari qishloq xo‘jalik ekinlarida quyidagi 

kasalliklarni  qo‘zgatadi. 



Masalan: Phyllosicta mali –olma bargida dog‘lanish  

Ascochyta pinodes – no‘xotda to‘q dog‘lanish askoxitozini 

Septoria lycopersici – pomidor barglarida oq dog‘lanishi 

Septoria nodorum - bug‘doyda septoriozni 

Polystigmina rubrum – olxo‘rida qizil dog‘lanishini 

Sphaeropsis molorum -  olmada qora rak kasalliklarini qo‘zg‘atadi

2. Miselialis tartibi. Bu tartib zamburuglari o‘ralashib ketgan gifalarda, turli xil 

sklerotsiyalarda uchraydi. Ushbu tartib zamburuglari ham doglanish, chirish va so‘lish kasalliklarini 

keltirib chiqaradi. Bu tartib asosiy ikkita avlodga bo‘linadi: 1. Sklerotium, 2-Rizoktoniya. 

1. Sklerotium avlodi zamburuglarning miseliysi yaxshi rivojlangan, odatda oq sklerotsiyalari 

mayda dumaloq shaklda bo‘ladi. Bu avlod vakillari chirish kasalligini keltirib chiqaradi. 

2-Rizoktoniya  avlodi zamburuglarining miseliysi oddiy tuzilgan bo‘lib qizgish yoki 

qo‘ngirsimon rangda bo‘ladi. Sklerotsiyalari gifalarda ipsimon bo‘lib rivojlanadi. Bu avlod vakillari 

o‘simliklarda chirish va doglanish kasalligini qo‘zgatadi. 

Masalan: Rhizoctonia solani - g‘o‘zda ildiz chirishni, 

Rhizoctonia aderholdi –karamda qora son kasalligini qo‘zg‘atadi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



MUNDARIJA 



Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari………………………….4 

2 Viruslarning 

sistematikasi…………………………………………9 

3 Mikoplazmalarning 

sistematikasi…………………………………13 

4 Bakteriyalarning 

sistematikasi……………………………………. 

17 

5 Aktinomisetlarning 

sistematikasi…………………………………20 

6 Zamburug‘larning 

sistematikasi. Xitridiomisetlarning  tavsi- 

           fi  va sistematikasi ……………………………………………………24 



Zigomisetlar sinfining  tavsifi va sistematikasi……………..28 



Oomisetlar sinfining  tavsifi va sistematikasi……………… 30 



Xaltachali zamburug‘lar sinfining  tavsifi va sistematikasi ..33 

10 

Bazidiomisetlar sinfining  tavsifi va sistematikasi…………35. 

11 

Takomillashmagan zamburug‘lar sinfining tavsifi va  

           sistematikasi…………………………………………………………….39 


12 

Gulli parazit o‘simliklar………………………………………………41 

 

 



 

 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə