Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/27
tarix30.04.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#40834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

2. Mikrobiologiya nimani o‘rganadi, ob’ekti nima? 

3.  Mikrobiologiyaning qanday tarmoqlarini bilasiz? 

4. Mikrobiologiya qanday fanlar bilan aloqada? 

5. qishloq xo‘jaligi mikrobiologiyasining rivojlanishi bosqichida morfologik davrda nimalarni 

o‘rlanilgan? 

6. qishloq xo‘jaligi mikrobiologiyasining rivojlanishi bosqichida fiziologik davrda nimalarni 

o‘rlanilgan? 

7. Mikrobiologiya rivojlanishining bioximiyaviy bosqichi qachondan boshlandi va kimlar 

asos soldi? 

8. Xemosintez nima? 

9. Hozirgi kunda Respublikamizda mikrobiologiya ahamiyati nimalardan iborat deb 

bilasiz? 

10. Endilikda  qishloq  xo‘jaligi  mikrobiologiyasining oldidagi vazifalarini nimalardan iborat? 

 

2-MAVZU: MIKROORGANIZMLAR MORFOLOGIYaSI, ANATOMIYaSI VA 



SISTEMATIKASI. 

Reja: 


1.  Mikroorganizmlarning organik olamdagi o‘rni 

2.  Bakteriyalar va ularning sistematikasi 

3.  Zamburuglar haqida tushuncha. 

4.  Viruslar haqida tushuncha 

5. Xulosalar 

 

Adabiyotlar: 2,3,4,6,7 



1. 

Mikroorganizmlarni organik olamdagi o‘rni.

 Mikroorganizmlarni 

organik olamdagi o‘rni biz bilan va bilmagan holda juda kattadir. Chunki 

mikroorganizmlar xilma-xil bo‘lib ba’zilari o‘simlik olamiga taalluqli bo‘lsa, 

ikkinchi bir xillari hayvonot va insoniyatga taalluqlidir. Ammo, 

mikroorganizmlarning atmosferadagi, suvda, tuproqda, yerning chuqur 

qatlamlarida ham tarqalganligini, ularning butun organik va anorganik dunyo 

bilan munosabati juda murakkabligini hisobga olinsa uning organik va    

anorganik olamdagi o‘rni kattaligini bilamiz. Ko‘pchilik mikroorganizmlar biri 

hujayralik bo‘lib faqat mikroskop yordamida ko‘rish mumkin. 

Mikroorganizmlar ichida mogor zamburuglari, achitkilar va sodda 

hayvonlar ancha yaxshi o‘rganilgan bo‘lib, ular uncha tashvish tugdirmaydi. 

Ammo, bakteriyalarning o‘rni haligacha ham aniq emas, ularning ba’zilarini bir 

hujayrali suv o‘tlariga o‘xshatish mumkin, lekin xlorofill yo‘q, mikroskopik 

zamburug o‘xshatilsa ulardan ham farqi katta, (asosan harakatchanlikda va 

tana takomillashuvida, axir ko‘pchilik zamburuglar misellarga ega, 

bakteriyalarda yo‘q va x.zo). Shuning uchun ham bakteriyalar bilan boshqa 

organimzlar o‘rtasidagi kelib chiqishdagi boglanish xanuzgacha to‘liq 

o‘rganilmagan, ammo ularning organik olamdagi o‘rni kattadir. 

2. 


Bakteriyalar va ularning sistematikasi.

 Bakteriyalar tashqi ko‘rinishi 

ham xar xildir. Ularni sharsimon, tayoqchasimon va egilgan (buralgan) 

shakllarga ajratilgan. Sharsimon shakllardagi bakteriyalar ham xar xil 

bo‘ladilar va har xil nomlanadilar. 



Agar bitta shardan iborat bo‘lsa, monokokki, ikkita sharligi diplokkokki, 

to‘rtta sharligi tetrokokki, ko‘p sharligi, ammo munchoqsimon tuzilganlari 

streptokokki, agar hujayralar bo‘linishi 3ta perendikulyar tomonga bo‘lsa 

sarsina deb nomlanadilar. Har xil yo‘nalishda, uzum shingilini eslatuvchi 

ko‘rinishda bo‘lishi va ko‘rinishda bo‘lganlarini stafilokka deb nomlanadi. 

Sharsimon bakteriyalardan spora hosil qilmaydiganlarni basillar deyiladi. 

Buralgan shakllardagi bakteriyalar spirillalardir. 

Verglsimon, ozgina buralgan shakldagi bakteriyalarni vibrional deyiladi. 

Yon o‘simtasi mavjud bo‘lgan uzun tayoqcha va ipsimon bakteriyalarni 

mikobakteriyalar guruhiga birlashtirilgan. 

 Ko‘p hujayrali ipsimon va shilimshiq va shilimshiq bakteriyalarni 

miksobakteriyalar deyiladi. Bakteriyalar shakliga qarab har xil kattalikda 

bo‘ladilar. Sharsimonlarning diametri 1-2 mikron silindrsimonlarining uzunligi 

1-4 mikron, eni 0,5-1 mikron bo‘lsa, oltingugurt bakteriyalarning uzunligi 50 

mikrongacha boradi. 

Bakteriyalarning xilma-xilligi va ko‘pligi uchun ularni o‘rganishda ma’lum 

yaqin belgilarga qarab klassifikatsiyalangandir. Bunday belgilarga a) 

morfologik belgilar: b) kulturada namoyon bo‘lgan belgilari: v) fiziologik 

belgilari kiradi. Bakteriyalarni bir sistemaga solishda ko‘p fikrlar bo‘lgan. 

N.AyuKrasilnikov bakteriyalarni xilma-xil gruppalardan iborat deb hisoblangan 

va 4ta gruppaga ajratgan. 1. Aktinomisetlar. 2.Bakteriyalar; 

3.miksobakteriyalar; 4.Spiroxetalar. 

Ammo, Leymon va Neymonlar hamma bakteriyalar va aktinomisetlarni 

Shizomisetlar degan bitta sinfga kiritib, ikkita tarkibga ajratadilar. Leymon va 

Neymonlar sistematikasida bakteriyalarni oilaga bo‘lishda spora hosil qilish-

qilmasligi tashqi shaklga e’tibor beradilar, turlarga bo‘lishda fiziologik va 

kulturada hosil bo‘lishi belgilarini asoso qilib oladilar. Biz ko‘pchilik munozalari 

narsalarga to‘xtalib o‘tirmasdan Leymon va Neymon tomonidan tuzilgan 

sodda sistematikaga to‘xtalib o‘tamiz xolos. 

A.Shizomisetlar tartibi.

 Bu tartibga qattiq po‘stli va bo‘luvchi to‘siq hosil 

qilib bo‘linib ko‘payuvchi barcha haqiqiy bakteriyalar kiritilgan. Bu tartib 6ta 

oilaga bo‘linadi. 

1. Kokkilar 

oilasi 


(streptokokkilar, 

sarsinalar, mikrokokkilar avlodiga 

bo‘lingan). II. Bakteriyalar oilasi; III.Ipsimon bakteriyalar oilasi (o‘z ichiga 5-

avlodni birlashtirgan); IV.Spirallalar oilasi (2 avlodga ajratilgan). V. 

Spiroxetalar oilasi. VI. Basillalar oilasi. 

B. Miksobakteriyalar tartibi

. Miksobakteriyalar oilasi va unga mansub 

avlod bu tartibga kiritilgan. 

V. Aktinomisetlar tartibi.

 1.Aktinomisetlar oilasi (2 avlodga ajratilgan) II. 

Mikromonosporalar oilasi; III.Miksobakteriyalar oilasi (2 avlodga ajratilgan). 

2. 


Zamburug‘lar to‘grisida tushuncha.

 Tuproqdagi 

mikroorganizmlar vakillaridan yana bittasi zamburuglardir. Bular ham 

tuproqdagi turli mineral va organik moddalarning o‘zgarishida faol 

qatnashadilar. Bularga mogor zamburuglari, mikoriza zamburuglari, 

tushushlar (achitqilar) kiradilar. Shuningdek tuproqdagi sodda hayvonlar, suv 




Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə