Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/27
tarix30.04.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#40834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

o‘tlari ham ahamiyatlidirlar. Zamburuglar ko‘pchiligi gif deb ataluvchi 

shoxlangan ip shaklida o‘sadilar. Bular zamburug miseliysini (tanasini) hosil 

qiladilar. Ba’zi zamburuglar giflari qisqa xjayralarga (oidiya) bo‘linishi va shu 

hisobiga ko‘payishi mumkin. Achitqida shunday vazifani kurtaklanuvchi 

misella bajaradi. Zamburugdarni bir qancha morfologik va fiziologik belgilariga 

qarab 6 sinfga bo‘lingan. 

1. Xitridiomisitlar 

2. Oomisetlar 

3. Zigomisetlar 

4. Bazidiyamisetlar 

5. Xaltachali zamburuglar 

6. Takomillashmagan 

zamburuglar 

4.Viruslar haqida tushuncha.

 Viruslar – ultramikroskopik, faqat 

hujayra ichida ko‘payishiga moslashgan, obligat mikroorganizmlar bo‘lib 

o‘simlik, hayvon, inson hatto sodda hayvonlar va boshqa mikroorganizmlarda 

ham kasallik qo‘zgatadilar. Viruslarni 1892 yilda D.I.Ivanovskiy ochgan. 

Viruslar bakteriologik filtrdan ham o‘tadi, hujayraviy tzilishiga ega emas, 

o‘sishga va binar bo‘linishiga qobiliyatsiz, maxsus modda almashinuvi 

sistemasiga ega emas, faqatgina bitta nuklein kislota RNK yoki DNK bor 

xolos. Viruslar ham tayoqchasimon, ipsimon, sferik, kubsimon, to‘gnagich 

shaklida bo‘lishi mumkin. 



Mikroorganizmlarning ximiyaviy tarkibi.

 ham yuksak o‘simliklar va 

hayvonlarning hujayralari kabi 75-85% suv (hayvonlarda 65-70% bo‘ladi) 15-

25% hujayraning umumiy ogirligi hisobidan quruq moddalardan iborat bo‘ladi. 

Mikroblar hujayrasida organogen elementlar uglerod, azot, kislorod va 

vodorod 90-97% tashkil etadi. Kuruq moddasining asosiy qismi 80% ga yaqin 

mikroblar hujayrasida oqsillarga to‘gri keladi. Uglevodlar ko‘proq 

polisaxaridlar uchraydi. Lipidlar protoplazma yuzasida va asosan hujayra 

pustida uchraydi. Tuzilishiga kelsak prokariot (bakteriyalar, ko‘k-yashil suv 

o‘tlari,) aktinomisitlar va x.k) mikroorganizmlarda shakllangan yadro (magiz) 

yo‘q. Bakteriyalar prokariotlarga mansub bo‘lsa ham yadrosi takomillashgan 

eukariotlar hujayralari singari murakkab tuzilishiga egadirlar. Bakteriyalar 

hujayra po‘sti rangsiz, uglevod, pektin, lipoid va xitin moddalaridan tashkil 

topgan bo‘ladi. Hujayradan hujayra po‘sti orqali muxitga sitoplazmatik 

o‘simtalar chiqadi. Bu o‘simtalar xivchinlar deyiladi. Hujayra pusti ustida 

ipsimon ingichka va uzunligi 0,3-0,4 mm keladigan o‘simtalar (PILI) 

sitoplazma membranalarida joylashadi. Pililar muhitdagi buyumlar va boshqa 

hujayralarga yopishib turish vazifasini bajaribgina qolmasdan ba’zilari jinsiy 

organ rolini bajarishda ham ishtirok etadi. Sitoplazma mayda donali, rangsiz, 

yarim suyuq modda bo‘lib, uning 80% suv 20% organik va anorganik 

moddalarga to‘gri keladi. Ular asosan xivchinlari yordamida xarakatlanadilar. 

Ayrim mikroorganizmlarda (spiroxeta va spirillalar) xivchinlar bo‘lmaganligi 

uchun siljib, sirgalib (ilonga o‘xshash) xarakatlanadilar. Xamirtrush zamburugi 

bir joydan ikkinchi joyga siljimaydi, bir joyda xarakatlanib turadilar. 



Bakteriyalar 

ko‘payishiga kelsak asosan oddiy bo‘linish yo‘li bilan 

ko‘payadilar. Agar hujayra teng ikkiga bo‘linsa izomorf bo‘linishi yangi 

hujayralarning biri katta ikkinchisi kichik bo‘lib qolsa geteromorf bo‘linish deb 




ataladi. Ba’zi bakteriyalar jinsiy yo‘l bilan ko‘payadilar. Bunda ikkita yetilgan 

hujayra qo‘shiladi, buni kon’yugatsiya deyiladi. Hujayralar ichida hosil bo‘lgan 

konidiyalardan bo‘shab chiqqan bakteriyaning yangi hujayralari yetiladi. 

Mikroblar juda tez ko‘payadi. Bakteriya hujayrasi har 20-30 minutda 

 

 

 



bo‘linishi mumkin. 

Bitta bakterial hujayra 5 soatda 1024 hujayra, 10 sotada 10485576 

hujayra, 20 soatda 1099 mld 511,6 mln hujayra hosil qilish ogirligi 80 mg ga 

yetishi, 25 soatda 82 gramm, 30 soatda 89,2 kg, 40 soatdan keyin esa 

18841,6 tonnagacha ko‘payishligi hisobla chiqilgan. 

Zamburuglar ko‘payishiga

  kelsak ular vegetativ, jinsiy va jinssiz 

ko‘payishiga moslashgandirlar. Mikroorganizmlarda irsiy belgilarni eukariot 

hujayralarda yadro, prokariot hujayralarda nukleotidlar saqlaydilar va naslga 

o‘tkazadilar. Bakteriyalar DNKsi uzun ikkita polimer zanjirdan iborat 

polinukletoid bo‘lib, nukleotidlar monomerlaridan tashkil topadi. Bakteriya 

hujayrasi DNKsi ipsiomn bo‘ladi va shu ipni bakteriya xromosomasi deyiladi, 

o‘zida genlarni ushlaydi. Aga shu genlar yordamida irsiy informatsiyalar 

nasldan naslga    o‘tkaziladi. 

5.Xulosalar

. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak mikroorganizmlar dunyosi 

juda katta va murakkabdir. Faqatgina zamburuglarning o‘zi 70 mingdan ortiq 

turga egaligi ham fikrimizning dalilidir. Ana shu mikroorganizmlar tuproqda 

turli-tuman faoliyat ko‘rsatib, o‘simliklarning oziqlanishi uchun, tuproq 

unumdorligi oshirilishi uchun juda katta samara beradilar. 

 

   SAVOLLAR: 



1. Mikroorganizmlar organik olamdagi o‘rni nimada? 

2.  Bakteriyalar shakllari qanday bo‘ladi va qanday nomlanadi? 

3.  Bakteriyalar kattaligi qanchalik bo‘ladi? 

4. 


Bakteriyalar klassifikatsiyasini ayting, ularni qanday belgilariga qarab 

klasssifikatsiyalanadi?

 

 

3. MAVZU:  MIKROORGANIZMLAR HAYoT FAOLIYaTIGA TAShQI 



OMILLARNING TA’SIRI. 

Reja: 


1.  Mikroorganizmlar va namlik 

2.  Mikroorganizmlarga xaroratni ta’siri 

3. Muhit reaksiyalarning mikroorganizmlarga ta’siri 

4. Mikroorganizmlarning kislorod bo‘lgan munosabati 

5.  Quyosh nuri reaksiyasining mikroblarga ta’siri 

6. Mikroorganizmlarning o‘zaro munosabati 

7. Xulosalar 

Adabiyotlar 2,4,7 

1. 

Mikroorganizmlar va namlik

  Har bir tirik organizm xaet faoliyati uni 

o‘rab turga muhitning tashqi omillari bilan chambarchas boglanganidir. 

Bundan turli xil mikroorganizmlar ham mustasno emas. Tashqi sharoit 

qanchalik qulay bo‘lsa mikroorganizmlar hayot manbai ekanligini bilamiz. 

Mikroorganizmlar  sham tomchi suyuq holatdagi suv bilan hayotdir va 

ko‘payishi imkoniga egadir. Mikroorganizmlar  o‘sish rivojlanishiga suvda 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə