Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/27
tarix30.04.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#40834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

erigan moddalar konsentratsiyasi ham kuchli ta’sir etadi. Agar erigan modda 

kam bo‘lsa eritmani gipotonik ko‘p bo‘lsa eritmani gipertonik eritma deyiladi. 

Agar eritma konsentratsiyasi yrasi konsentratsiyasidan yuqori bo‘lsa, mikrob 

hujayrasi suvi tashqi eritmaga chiqadi, suvsizlanadi bunday xodisani 

plazmoliz deyiladi. Bunday sharoitda mikrob yashay olmaydi. Eritma 

konsentratsiyasi juda kam bo‘lsa mikrob hujayrasiga suv kiraverishidan uning 

qobigi yorilib ketishi mumkin, bunday xodisani plazmontez deyiladi. Shuning 

uchun mikroorganizmlar yashaydigan muhitdagi suvlik eritma 

konsentratsiyasi optimal bo‘lishi lozim. 

 

Grammusbat bakteriyalar hujayrasi osmotik bosimi 3-10 –10 Paskal 



bo‘lsa grammanfiylarda 4-10

– 8 



.

 10


Pa bo‘ladi. Shuning uchun

 

yuqori 


osmotik bosimli eritmalarda 9 

10



- 10


Gf lf (15-20% Na CL eritmasida 

shunday osmotik bosim bo‘ladi) mikroblar yashay olmaydi. Ammo ba’zi 

osmofil mikroorganizmlar mogor zamburuglari, ba’zi achitqilar yuqorii 

konsentratsiyalik muhitda ham yashay oladilar. Tuz eritmalarining kuchli 

konsentratsiyasida ham hayot kechira oladigan mikroorganizmlar bo‘lib 

bularni galofillar ya’ni tuzsevarlar deyiladi. Tuzlangan baliq ustida rivojlangan 

galofillar baliq buzilishiga olib keladi va qizil rangga bo‘yaladi. Biroq  spora 

hosil qiluvchi mikroorganizmlar. Ba’zi bir bakteriyalar stafilakoklar porativ 

bakteriyalari siltayoqchasi suvsizlikka ancha chidamli bo‘ladilar. 

2. 

Mikroorganizmlarga haroratni ta’siri. Harorat

Mikroorganizmlar tana haroratini tartibga solib turli qobiliyatga ega emaslar. 



Shuning uchun ular mavjudligi muhit harorati bilan belgilanadi. 

Temperaturaga munosabatga ko‘ra mikroorganizmlar: Psixrofil 

(sovuqsevar)min. T-ra –10 S; OPT t-ra Q10 S; maks t-ra  Q30 S; termofil 

(issiksevar) min. T-ra. Q30S; OPT t-ra 50-60 S; mak. T-ra 70-80 S va mezofil min. 

Tr-ra 0Q10

0

 S opt.tr-ra 25-30



S mak t-ra 40-45 S oraligida buladi. 

Ko‘pchilik mikroorganizmlar past temperaturada faoliyati sekinlashadi. 

O‘sish va ko‘payish to‘xtaydi. Yuqori temperaturada mikroblar tez o‘ladi. 

Spora hosil qilmaydigan ko‘pchilik bakteriyalar 60-70 S da 10-30 minutda, 80-

100 S 1-3 minutda o‘ladilar. Basillalarning sporasini o‘ldirish uchun 100 S 

issiqlikda bir necha soat qaynatish talab etiladi. Yuqori temperaturada 

sterillash, nisbatan past 70 S da pasterillash jarayonlarni o‘tkaziladi. Ko‘pchilik 

mikroblardan tajriba o‘tkaziladigan idishlarni quritish shkaflarida Q180 S da 

sterillanadi. 

3. 

Muhit reaksiyaning mikroorganizmlariga ta’siri. 

Tuproq 


eritmasining rN muhitni har xil bo‘ladi. Kislotali muhit 0-6, ishqoriy muhit 8-14 

neytral muhit 7,07 rN ga tengligini bilish mumkin. Ko‘pchilik mikroorganizmlar 

uchun optimal muhit rN-7 atrofida bo‘lishidir. Kislotali muhitga ba’zi bakteriya 

va zamburuglar  chidamli bo‘lsa, ishqoriy muhitga ba’zi suv o‘tlari, 

bakteriyalar, zamburuglar chidamlidirlar. Ko‘pchilik zamburuglar rN 5-6 bo‘lsa 

yaxshi rivojlanadilar, ammo rN 2-3 bo‘lganda ham yaxshi 

ko‘payaveradilar.(masalan, xamirturush zamburugi). Ba’zi bakteriyalar rN 10-

11 bo‘lsa ham faoliyatini to‘xtatmaydilar. (masalan mochevinani 

parchalovchilar). 



4. 

Mikroorganizmlarning kislorodga bo‘lgan munosabati bir

 xilda 


emas. Kislorodga muxtoj mikroorganizmlar obligat aerob, kislorodga extiyoj 

sezmaydiganlar anaerob mikroorganizmlar deyiladi. Anaerob ham xar xil 

bo‘ladi. Obligat anaerob mikroblarga kislorod zaxarli ta’sir qiladi, aerotolerant 

anaeroblarga kislorod zaxarli ta’sir qilmaydi. Obligat anaerobda oksidlovchi 

bo‘lmaganligi uchun ham kislorod ularni zaxarlaydi. Qolgan 

mikroorganizmlarda shu fermentlar mavjud (superoksidismutaza katalaza) 

Kislorodlik va kislorodsiz muhitda ham hayot kechira oladigan 

mikroorganizmlar ham mavjud, bularni fakultativ anaerob mikoorganimzlar 

deyiladi. 

5. 


Quyosh nurini radiatsiyasining mikroblarga ta’siri.

 

Mikroorganizmlarga quyosh nuri radiatsiyasi ham ta’sir qiladi. Fotosintetik 



bakteriyalar uchun quyosh nuri zarur omil hisoblanadi. Boshqa 

mikroorganizmlardan ko‘pchiligi quyosh nuri ta’sirida halokatga uchraydi. 

Masalan: quyidagi kasallik qo‘zgatuvchi bakteriyalarni qattiq ozuqa muhitda 

o‘stirilib 10 soatdan 70 soatgacha yoruglik ta’sir qildirilganda batamom ko‘rib 

ketganligini V.I.Paladin aniqlagan. Quyoshning havorang, binafsha, ayniqsa 

ultrabinafsha nurlari faqat bakteriyalarni emas, hatto sporalarni ham o‘ldiradi. 

Shuning uchun xonalarga yorglik yaxshi tushadigan bo‘lsa, u yerda kasallik 

tugdiruvchi bakteriyalar kam bo‘ladi. 

Mikroorganizmlarga elektromagnit va radio-to‘lkinlari, rentgen va 

radioaktiv  nurlar, ultratovush kuchli bosim kabi omillar ham salbiy ta’sir qiladi 

va ularni nobud qiladi. 

  6.Mikroorganizmlarning o‘zaro munosabati.

  Mikroorganizmlar ham  

xilma xil munosabatda bo‘ladilar. Simbioz munosabati, bunda 

mikroorganizmlar birbiri bilan hamkorlikda yashab, ikkala mikroorganizm ham 

normal rivojlanadi. Masalan: sut kislotasi bijgishni qo‘zgatuvchi bakterichlar 

sui kislotasi ishlab chiqarish bilan turli zamburuglari uchun muhitning rN ni 

pasaytirib bersa, turish zamburuglari esa shu bakterichlarga zarur vitaminlarni 

yetkazib beradi. Haqiqiy anaerob bo‘lgan mikoorganizm klostridium, 

pasteurianum aerob bateriyalar bilan birga yashaydi. U sintezlangan azotli 

birikmalar bir qismini a’rob bakteriyalarga yetkazib bersa, aerob bakteriyalar 

muhitdagi kislorodni yanada jadal o‘zlashtirib, klostridiumga anaerob sharoit 

yaratadi. 

   Mikroorganizmlar bilan o‘simliklar o‘rtasidagi simbioz alohida 

ahamiyatga egadir. Dukkakli o‘simliklar ildizida tuganak bakteriyalari 

mavjuddir. Bu bakteriyalar atmosferadan erkin azotni o‘zlashtirib o‘simlikka 

yetkazib beradi, o‘simlik esa ularga organik modda beradi. Suv o‘ti bilan 

zamburug birgalikda yashashidan hosil bo‘lgan lishayniklar hayoti ham o‘zaro 

hamkorlikda, simbiozdan iborat holatdir. Qoramollar ichagida yashovchi ba’zi 

bakteriyalar kletchatkani parchalab ovqat xazm qilishiga yordam beradi, o‘zi 

esa shu hayvonda yashaydi. 

    Metabioz. Hayot kechirishi ham simbiozga yaqin, ammo bunda bitta 

mikroorgaizm ikkinchisi uchun zarur maxsulot tayerlab beradi. Ikkinchisi unga 

heya narsa bermasligi mumkin. Masalan: ko‘pchilik chirituvchi bakteriyalar 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə