Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/27
tarix30.04.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#40834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

murakkab oqsillarni oddiy birikmalargacha parchalaydilar. Hosil bo‘lgan 

birikmalar hisobiga boshqa mikroorganizmlar hayot faoliyati  davom etadi. 

   Antibioz munosabatida mikroorganizmlar bir-biriga salbiy ta’sir 

ko‘rsatadi. Masalan: sut kislotasi bijgishni amalga oshiruvchi bakteriyalar

boshqa ko‘pgina chirituvchi bakteriyalar uchun zararli  bo‘lgan sut kislotasini 

ishlab chiqaradi va ular hayot faoliyatini bo‘gib qo‘yadi. 

  Ko‘pgina zamburuglar mikroorganizmlarga salbiy ta’sir-etuvchi 

moddalarni (antibiotiklarni) ishlab chiqaradilar. Pensillin, streptomisin, 

aureomisin, xloromisin, tetrotsiklin, terramisin va x.z. antibiotiklarni misol qilib 

olsak bo‘ladi. 

    Yana parazit yashash ham bo‘lib, bunda faqat bitta mikroorganizm 

boshqa organizm hisobiga yashaydi. Boshqa organizmga foydasi tegmaydi, 

aksincha zarar keltiradi. 

 

7.Xulosa.

 Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mikroorganizmlar ham boshqa 

tirik mavjudodlar singari organik olamning bir bo‘lagi  hisoblanadilar. Shuning 

uchun ular o‘zlari yashab turgan muhit omillari ta’siridan chetda qololmaydilar. 

Ularning havoda, suvda tuproqda, o‘simlik va hayvonlarda tarqalishi, hayot 

faoliyati ana shu muhit omillari ta’siriga moslashuvidan kelib chiqadi. Aks 

holda hayot kechira olmas edilar. 

 

 

    SAVOLLAR: 



1.  Mikroblar bilan suv o‘rtasida qanday boglanish bor? 

2.  Gipertonik va gipotonik eritma deganda nimani tushunasiz? 

3.  Plazmoliz va plazmotiz qanday sodir bo‘ladi? 

4.  Harorat ta’siriga ko‘ra mikroorganizmlar qanday guruhlarga ajratilgan? 

5.  Muhit reaksiyasi mikroblarga qanday ta’sir qiladi? 

6. Mikroorganizmlarning kislorodga munosabati bo‘yicha qanday guruhlarni  bilasiz? 

7.  Quyosh nuri guruxlarini bilasizmi? 

8.  Quyosh nuri mikroorganizmlarga qanday ta’sir qiladi. Simbioz nima? Misollar keltiring. 

9. Metabioz nima? 

10. Anabioz va parazitizm haqida nimalarni bilasiz? 

 

4-MAVZU: MIKROORGANIZMLARDA MODDALAR ALMAShINUVI 



Reja: 

1.  Katabolizm va biosintez tushunchasi. 

2. Mikroorganizmlarni oziq moddalarga bo‘lgan talabi. 

3.  Mikroorganizmlarni oziqlanish tiplari 

4.  Mikroorganizmlarni nafas olishi 

5.  Mikroorganizmlarda modda almashinuvida fermentlarning roli 

6. Fermentlar klassifikatsiyasi 

7. Mikroorganizmlar hujayralarida energiya yigilishi 

8. Xulosalar 

 

Adabiyotlar: 2,4,6,7 



 

1. Katabalizm va biosintez tushunchasi.  

Mikroorganizmlar hujayrasi 

ichiga kirgan ozuqa moddalar turli-tuman ximiyaviy reaksiyalar qatnashadilar. 

Bu jarayonlarni umumiy   bitta so‘z bilan metobolizm ya’ni moddalar 




almashinuvi deymiz. Metobolizm hayotiy muhim ikki jarayondan katabolizm 

va biosintezdan iborat. (Oldinlari dissimilyatsiya, assimilyatsiya deyilgan). 



 Katabolizm

 – ozuqa moddalari uglevodlar, yoglar, oqsillar oksidlanish 

natijasida parchalanish va energiya ajralib chiqishi jarayonlaridir. 

Mikroorganizmlarda katabolik jarayonlar ikki yo‘l bilan aerob nafas olish va 

bijgish bilan bo‘ladi. Aerob nafas olishda ozuqa moddalarining to‘liq 

parchalanishi (karbonat angidrid va suvgacha) va ko‘p miqdorda energiya 

hosil bo‘ladi va energiyaga boy moddalar (etil spirti, sut kislota, moy kislota va 

boshqa hayotiy zarur kislotalar) hosil bo‘ladi. Ajralib chiqayotgan energiya 

ATF molekulasida yigiladi. 

 

Biosintez –

 hujayrada NK, oqsil polisaxaridlar kabi makromolekulyarlar 

moddalarning hosil bo‘lish jarayonidir. Bu jarayon energiya o‘zlashtirish bilan 

sodir bo‘ladi. Energiya ATF shaklida o‘zlashtiriladi. ATF esa fotosintez, 

xemosintez, nafas olish, bijgish jarayonlarida hosil bo‘ladi. Bu ikki jarayon bir 

vaqtda sodir bo‘ladi. Ko‘pchilik oraliq maxsulotlar katabolizmda ham 

biosintezda ham ishtirok etadilar. 



3.Mikroorganizmlarni ozuqa moddalarga bo‘lgan talabi.

  Bu talabni 

mikroorganizmlar hujayrasi tarkibidagi elementlardan va shu 

mikroorganizmlar faoliyati davomida ishtirok etadigan jarayonlardan kelib 

chiqqan holda baholash maqsadga muvofiqdir. Mikrob hujayrasining asosiy 

qismi (80-90% umumiy massadan) suvdir. Quruq  moddasi umumiy ogirlikda 

uglerod –50%; kislorod –20%; azot – 14%; vodorod – 8%; fosfor – 3%; 

magniy – 0,5%; temir – 0,2%; boshqa elementlar – 0,3% ni tashkil etadi. 

Uglerod hamma organik birikmalar tarkibiga kiradi. Ko‘pchilik 

 

mikroorganizmlar uglerodni organik birikmalar tarkibidan, qisman oksidlangan 



(SNON, SN

2

ON, SON) shakllardagisidan o‘zlashtiradilar. Fotosintezlovchi va 



xemosintezlovchi mikroorganizmlar esa uglerodni SO

2

 holatda 



o‘zlashtiradilar. Hujayrada uglerod oksidlanib –SO va –SOON holatga o‘tib, 

keyin SO


2

 hosil qilsa, qaytarilgan uglerod –SN

2

 va SN  holatlarda 



aminokislotalar va yog kislotalari hosil bo‘lishiga sarflanadi. 

Azot mikroblar uchun aminogruppa hosil qilishi purin, primidin asoslar, 

aminokislotalar, NK va boshqa hayotiy zarur moddalar sintezi uchun zarurdir. 

Oltingugurt ham azotga kabi oqsillar sintezi uchun zarur, hujayraning asosiy 

elementidir. Fosfor juda hayotiy birikmalar, AK fosfolipidlar, kofermentlar, 

ATF, ADF tarkibiga kiradi. Bu moddalarsiz mikroblar hayoti yo‘q. Kaliy 

mikroorganizmlarga uglevod almashinuvida ahamiyatli. Magniy 

bakterioxlorofill tarkibidagi asosiy metall, kalsiy ba’zi bakteriyalar 

(azotobakteriya, klostridium pasteurianit kabi) o‘sishi uchun zarurdir. Temir 

almashinmaydigan ozuqa element bo‘lib, u nafas olish fermentlari tarkibiga 

kiradi. Shuningdek yuqoridagilardan tashqari mikroorganizmlar uchun 

mikroelementlar ham zarurdir. 



3.Mikroorganizmlarning oziklanish tiplari.

 Mikroorganizmlarning 

oziqlanishi energiya va uglerod mansabiga qarab avtotraf va geteratrof 

oziqlanishiga ajratish mumkin. Avtoref oziqlanish ham fotoreduksiya (chala 

fotosintez) va xemosintez yo‘llari bilan sodir bo‘ladi. Fotoreduksiya energiya 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə