Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/27
tarix30.04.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#40834
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27

9. Mikroorganizmlar hujayrasida energiya qanday shaklda qo‘llaniladi va uning zarurati 

nimada? 


 

 

5-MAVZU: UGLEROD BRIKMALARINING MIKROORGANIZMLAR 



TOMONIDAN BOShQA MODDALARGA O‘ZGARTIRILIShI. 

Reja: 


1. Karbonat  angidrid va kislorod aylanishi 

2.  Spirtli bijgish va uning ahamiyati 

3.  Sut kislotali bijgishi va uning ahamiyati 

4.  Moy kislotasi bijgish 

5.  Tarkibida uglerod saqlovchi ba’zi moddalarni oksidlanishi. 

6.  Sellyuloza gemisellyuloza lignin va pektinni parchalanishi 

7. Xulosalar. 

 

Adabiyotlar 2,3,4,6,7 



 

1. Karbonat angidrid va kislorodning aylanishi.

 Tabiatda barcha 

biologik ahamiyati elementlarning shu jumladan uglerod va kislorodning 

aylanishida mikroorganizmlarning ahamiyati juda kattadir. Uglerod 

aylanishining ikki tomoni mavjuddir. Bu kislorodning chiqishi va birikishi bilan 

ham bogliq. 

 

Karbonat angidridning fotosintezda o‘zlashtirilishi va kislorod ajralib 



chiqishi. 2. Organik moddaning minerallashuvi va kislorodning uglerod bilan 

birikib karbonat angidrid ajralib chiqishidir. Birinchi jarayon yuksak o‘simliklar, 

suv o‘tlari va fotosintezlovchi bakteriyalar tomonidan amalga oshiriladi. 

Ikkinchi jarayonni mikroorganizmlar amalga oshiradi, bunda kislorod 

o‘zlashtirilib yana fitosintez uchun substratlar karbonat angidrid va suv ajralib 

chiqadi. Havoda xajm bo‘yicha 0,03% SO

mavjud. Agar mikroorganizmlar 



faoliyati, inson va hayvonlar nafas olish va faoliyati natijasida uning o‘rni 

to‘latilmasa 20 yilda fotosintez uchun sarf bo‘lib tugaydi. Organik moddaning 

planetamizda yillik hosil bo‘lishi taxminan 33

10


11

 tonna bo‘lsa, shuning 

asosiy qismi o‘simliklar dunyosiga tegishli. Shuning uchun o‘simliklarning turli-

tuman qoldiqlari ham ko‘p bo‘ladi. Shu qoldiqlar tarkibida xilma-xil murakkab 

organik moddalar oqsillar, aminokischlotalar, kletchatkalar, lignin, sellyuloza

yoglar, mumlar va x.zo ko‘p bo‘ladi. O‘simliklar o‘lgach uning qoldiqlaridagi 

organik moddalarning parchalanishi sodir bo‘ladi. Bu parchalanishni tuban va 

takomillashgan zamburuglar, bakteriyalar aktinomisetlar amalga oshirsa 

fitogen parchalanishi deyiladi. Umurtqasiz hayvonlar (sodda hayvonlar, 

chuvalchanglar, malyuskalar amalga oshirsa zoogen parchalanishi deyiladi. 

Tuproqda har ikkala parchalanish ham sodir bo‘ladi ammo, fitogen 

parchalanish asosiy hisoblanadi. O‘simlik qoldiqlarining parchalanishi 

bosqichma-bosqich amalga oshadi. Dastlab odiiy va kam polimerlashgan 

uglevodlar parchalandi. Polisaxaridlar (kraxmal, gemisellyuloza, pektin va x.k. 

yoglar, mumlar sekin parchalanadilar. Kletchatka ayniqsa lignin juda chidamli 

bo‘lib, mikroorganizmlar ta’sirida qiyin parchalanadilar shuning uchun ular 

tuproqda ko‘proq to‘planib qoladilar. Muhit sharoitiga qarab organik moddalar 



aerob va anaerob mikroorganizmlar ta’sirida parchalandi. Anaerob 

mikroorganizmlar ta’sirida organik moddalar parchalanganda oxirgi 

maxsulotlar organik kislotalar va spirtlar bo‘lsa, aeroblar ta’sirida SO

2

 va N



2

bo‘ladi. Endi ana shu parchalanishlardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz. 



 

2. Spirtli bijgish va uning ahamiyati. 

Spirtli bijgish ba’zi achitqilar 

asosan saxarmukos avlodi vakillari ishtirokida sodir bo‘ladi. Ba’zi bakteriyalar 

(sarsina) va mogor zamburugning alohida vakillari ham sodir etadilar. Muhit 

kuchsiz kislotalik rN – 4 – bo‘lganda ular yaxshi rivojlanadilar va eritmada 15-

17% gacha spirt to‘planadi. Trushlar geksozlarni etil spirti va karbonat 

angidridgacha parchalaydi. S

6

  N



12 

O



q2SN

  3


SN

2

ONQ2SO



  2

Q 25 kal. Bu ikki 

  

fazada iborat bo‘ladi. 1. Induksion 2.Stasionar. Induksion fazada sirouzu 



kislotadan hosil bo‘lgan sirka aldegid vodorod akseptori siatida foydalanilmay 

qoladi. Natijada vodorod giliserin aldegid biriktirib oladi va eritmada gliserin, 

sirka aldegid va SS to‘planadi. Ikkinchi fazada vodorodni sirka aldegid 

biriktiradi va spirt hosil bo‘laveradi. 

 2SN

3

 SNO Q 2 (2N)q 2 SN



3

SN

2



ON   

Spirtli bijgish nonvoychilikda, galla donlari va kartoshka kraxmalidan aroq 

ishlab chiqarishda, pivo pishirishda ham ahamiyatlidir.  

 

3. Sut kislotali bijgish va uning ahamiyati.

 Qadimda ma’lum bo‘lgan 

uglevodlar bijgishning ancha oddiy xili bo‘lib, uni amalga oshiruvchi 

mikroorganizmni o‘tgan asrning 60-yillarida Lui Paster qatiqdan ajratib oldi. 

Buni streptokoknus laktus deb ataldi. S

2

N

12



O

6

 – 2SN



3

 SNON SOON hosil 

bo‘ladi. Bu faqatgina sut kislota hosil bo‘lganligi uchun gomofermentativ sut 

kislotali bijgish deyiladi. 

 

Agarda glyukozada sut kislota va etil spirt hosil bo‘lsa, SO



ajralib 


chiqsa bunday bijgish geterofermentativ sut kislotali bijgish deyiladi. 

Bakteriumlaktis aerogenez amalga oshirsa 

S

6

N



12

O

6



qSN

3

SNONSOONQSN



3

SN

2



ONQSO

2

  shunday bijgish sodir bo‘ladi. 



Bifidobakteriyalar sirka kislota va sut kislota hosil qiladilar, bunday bijgish 

bifidobijgish deyiladi. Bunda 2SN

6

N

12



O

6

q3SN



3

SOONQ2SN


3

SNONSOON   hosil 

bo‘ladi. Sut kislotali bijgish ahamiyati katta. Silos tayyorlashda, karam 

tuzlaganda, katiq pishloq tayyorlashda shu jarayon amalga oshadi. 

 

4. Moy kislotali bijgish.

 Moy kislotali bijgishni klastridium buturikum 

bakteriyasi amalga oshiradi. Umuman klastridium avlodiga ko‘p bakteriyalar 

kiradi va ular eruvchan uglevodlarni, aminokislotalarni, azot saqlovchi siklik 

birikmalarni, etil spirti va sirka kislotasi aralashmalarini bijgitib turli maxsulotlar 

hosil qiladilar. Moy kislotali bijgish umumiy reaksiyasini tubandagicha izoxlash 

mumkin. 

 

4S



6

N

12



O

6

 q 3SN



3

 SN


2

 SN


SOON Q 2SN

3

 SOON Q 8 SO



2

 Q 8N


2

 



Moy kislotali bijgish sodir bo‘lsa silos, tuzlangan karamlarda yoqimsiz 

xid paydo bo‘ladi. Ammo, moy kislotasini ximiyaviy usullar bilan tozalab olinib 

sanoat ishlab chiqarishda ba’zi maqsadlarda foydalaniladi. Moy kislotasining 

bijgituvchisi sof kulturasidan foydalanib zavodlarda moy kislotasi olinadi. 



 

5. Tarkibida uglerod saqlovchi ba’zi moddalarni oksidlanishi.

 

Uglerod saqlovchi moddalar faqatgina bijgimasdan mikroorganizmlar 




Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə