Mikroiqtisodiyot: amaliy mashg`ulot ishlanmasi I



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə1/117
tarix18.01.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#98753
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
04.масалалар туплами


Mikroiqtisodiyot:
amaliy mashg`ulot ishlanmasi
 
I Bob. Mikroiqtisodiyot va bozor
Asosiy tushunchalar
Bozor - bu sotuvchilar va haridorlar o’rtasidagi mahsulot sotish va sotib olish bo’yicha erkin munosabatlar tizimidir.
Ehtiyoj – insonni, korxonani faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan barcha narsalar. Ehtiyoj –bu insonlarni iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanishiga undaydigan ichki kuch.
Iqtisodiy ne’mat – ehtiyojni qondirish vositasi. Ne’matlar cheklangan va cheklanmagan bo’lishi mumkin. CHeklangan ne’matlarga tovarlar, xizmatlar va resurslar kiradi (avtomobil, kiyim-kechak, non, paxta tolasi va boshqalar). CHeklangan ne’matlar iqtisodiy ne’matlarni tashkil qiladi. CHeklanmagan ne’matlarga misol tariqasida havo va suv kirishi mumkin.
Ne’matlar noyobligi deganda - iqtisodiy sub’ektlardagi mavjud ne’matlar zahirasining shu ne’matlarga ehtiyoj sezgan haridorlarning talablarini etarli darajada qondira olmasligi tushuniladi.
Bir-birini o’rnini bosuvchi ne’matlar- bu bir xil ehtiyojni qondiruvchi ne’matlardir. Masalan, shaxsning go’sht mahsulotiga bo’lgan ehtiyojini mol go’shti, qo’y go’shti yoki parranda go’shti bilan qondirish mumkin. Odatda, bir-birini o’rnini bosuvchi tovarlardan birining narxining oshishi, boshqasiga bo’lgan talabning oshishiga olib keladi.
O’zaro bir – birini to’ldiruvchi ne’matlar – bu shaxsni yoki ishlab chiqarish ehtiyojini kopmlektlarda qondiradigan ne’matlar. To’ldiruvchi ne’matlardan biriga talab oshsa, qolganlariga ham talab oshadi.
Ne’matlar noyobligi - bu biror tovar yoki resurs hajmining ma’lum vaqt oralig’ida chegaralanganligidir.
CHeklangan ne’matlarni iqtisodiy sub’ektlar o’rtasida ratsional taqsimlashni amalga oshirish uchun har qanday jamiyat quyidagi uchta iqtisodiy savolga javob berishi kerak:
Nima ishlab chiqarish kerak?
Qanday ishlab chiqarish kerak?

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə