Mikroqarz shartnomasi


-§.   Tomonlarning huquq va majburiyatlari



Yüklə 290,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix11.04.2022
ölçüsü290,28 Kb.
#85296
1   2   3   4   5   6   7
MIKROQARZ

3-§.

 

Tomonlarning huquq va majburiyatlari 

6. Bank quyidagi huquqlarga ega: 

a)  Qarzdorning/mijozning  to„lovga  layoqatlilik  qobiliyatini  yanada  to„laroq  tahlil  qilish 

uchun undan qo„shimcha hujjatlar talab qilish; 

b)  mikroqarz  belgilangan  muddatda  so„ndirilmaganda,  mikroqarz  qaytarilishi  yuzasidan 




 

ushbu Shartnoma shartlarida belgilangan tegishli choralarni ko„rish; 



v)  Qarzdor/mijoz  tomonidan  ushbu  shartnoma  bo„yicha  asosiy  qarzni  qaytarish  va  (yoki) 

hisoblangan  foizni  to„lash  muddati  buzilganda  nizoni  sudgacha  hal  qilish  yuzasidan  o„z 

talabnomasini Qarzdorga/mijozga yetkazish;

  

g)  talabnoma  yetkazilgandan  so„ng  o„ttiz  kun  ichida  Qarzdor/mijoz  unda  ko„rsatilgan 

talablarni lozim darajada bajarmaganda, tegishli talab bilan sudga murojaat qilish; 

 

d) mikroqarz yuzasidan asosiy qarz va/yoki foiz bo„yicha muddati o„tgan qarzdorlik paydo 

bo„lganda, ushbu qarzdorlikni kafildan aksepsiz tartibda undirish. 

7. Bank quyidagi majburiyatlarni o„z zimmasiga oladi: 

a)  mikroqarzni  Qarzdorga/mijozga  20__  yil  “__”  ___________  dan  20__  yil  “__” 

______________ gacha bo„lgan muddatga berish; 

b)  Qarzdorning/mijozning  so„rovi  bo„yicha  mikroqarz  hisobvarag„ining  holatiga  oid 

ko„chirmani taqdim qilish; 

v)  mikroqarzni  muddatidan  oldin  undirish  sabablari  haqida  Qarzdorni/mijozni  xabardor 

etish; 


g) kredit bo„yicha muddati o„tkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelganda Qarzdor/mijoz 

zimmasidagi qarz yuki yanada oshib ketishining oldini olish maqsadida ushbu qarzdorlik yuzaga 

kelgan  sanadan  boshlab  7  kalendar  kuni  davomida  har  qanday  aloqa  bog„lash  usulidan,  shu 

jumladan elektron aloqa vositasidan foydalanib, Qarzdorga/mijozga muddati o„tkazib yuborilgan 

qarzdorlik yuzaga kelganligi haqida kreditni qaytarish grafigini ilova qilgan holda xabar berish;

  

d) Qarzdorni/mijozni ushbu shartnoma bo„yicha muddati o„tkazib yuborilgan qarzdorlikni 

qaytarish  majburiyatlari  bajarilmaganligi  holati,  muddati,  qiymati,  tarkibi  va  oqibatlari  haqida 

xabardor  qilish,  Qarzdordan/mijozdan  muddati  o„tkazib  yuborilgan  qarzdorlik  yuzaga  kelishi 

sabablari haqida so„rash;

  

e)  Qarzdor/mijoz  tomonidan  ushbu  shartnoma  bo„yicha  asosiy  qarzni  qaytarish  va  (yoki) 

hisoblangan  foizni  to„lash  muddati  buzilganda  nizoni  sudgacha  hal  qilish  yuzasidan  o„z 

talabnomasini Qarzdorga/mijozga yetkazish.



  

8. Qarzdor/mijoz quyidagi huquqlarga ega: 

a) mikroqarzning o„z vaqtida ajratilishini talab qilish; 

b) mikroqarzni muddatidan oldin qaytarish. 

9. Qarzdor/mijoz o„z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi: 

a)  mikroqarz  ajratilgunga  qadar  mikroqarz  ta‟minotiga  oid  hujjatlarni  rasmiylashtirish  va 

Bankka taqdim etish; 

b) mikroqarz bo„yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizni o„z vaqtida so„ndirish; 

v) yashash joyi, ish joyi, familiyasi yoki ismi va ushbu Shartnoma bo„yicha majburiyatlar 

bajarilishiga  ta‟sir  ko„rsatishi  mumkin  bo„lgan  boshqa  holatlarga  oid  o„zgarishlar  to„g„risida 

axborotni 5 (besh) bank ish kuni mobaynida Bankka taqdim etish; 

g)  ishdan  bo„shayotganda  mikroqarz  va  unga  hisoblangan  foizni  muddatidan  oldin 

so„ndirish. 



 


Yüklə 290,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə