Milliy bank tizimining barqarorligini ta’minlashning dolzarb masalalari hamda rivojlangan mamlakatlar bank xizmatlarining turlarini O’zbekistonga joriy etish va qo’llash imkoniyatlari Toshket moliya instituti moliya fakulteti talabasi Nabiddin Mannonov



Yüklə 36,63 Kb.
səhifə2/3
tarix16.04.2022
ölçüsü36,63 Kb.
#85554
1   2   3
Mannonov Nabiddin

Tahlil va natijalar muhokamasi.

2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasida mamlakat bank tizimining barqarorligini ta'minlash makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolishning zaruriy shartlaridan biri sifatida qayd etilgan .

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi PQ-3270-sonli "Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorida bank tizimining barqarorligini ta'minlashga qaratilgan quyidagi vazifalar va talablar o'z aksini topgan:

– 2017 yil 1 oktyabrdan boshlab ustav kapitalining eng kam miqdoriga nisbatan talab tijorat banklari uchun 100 mlrd. so'm qilib belgilandi;

– O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki va Asaka bankning valyutada shakllantirilgan ustav kapitalini ushbu xorijiy valyutalarni sotish yo'li bilan milliy valyutada shakllantirish to'g'risidagi taklifi qabul qilindi;

– tijorat banklarini ularga xos bo'lmagan funktsiyalardan ozod qilish

maqsadida, tijorat banklarining:

* xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning muddati o'tgan debitor va kreditor

qarzdorligi shakllanishi ustidan nazorat qilish;

* xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan olingan naqd pullarni

maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat qilish vazifalari bekor qilindi;

* tijorat banklari faoliyatiga umume'tirof etilgan zamonaviy me'yorlar, standartlar va baholash ko'rsatkichlarini joriy qilish, bank-moliya tizimini xalqaro reyting tashkilotlari baholashi asosida baholash ko'rsatkichlarini yanada takomillashtirish;

* Bank nazoratining xalqaro printsiplari asosida tijorat banklari kapitalining etarliligi, likvidliligi va barqarorligi bo'yicha talablarni bajarilishini ta'minlash

* Bazel qo'mitasining talablarini hisobga olgan holda bank risklarini baholash va boshqarish tizimini takomillashtirish vazifalari O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Yuklandi.

Yuqorida qayd etilgan holatlar respublikamizda milliy bank tizimining barqarorligini ta'minlash masalasini dolzarb masalalardan biri ekanligini ko'rsatadi. E'tirof etish o'rinliki, milliy bank tizimining barqarorligini ta'minlash ko'p omilli jarayon hisoblanadi. Shu sababli, har bir omilning bank tizimining barqarorligiga ta'sir darajasini va ushbu ta'sirning o'zgarishini tahlil qilish va tegishli xulosalarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy bank tizimining barqarorligiga bevosita ta'sir ko'rsatuvchi omillardan biri bo'lib, moliyaviy innovasiyalarning qay darajada bank tizimiga tatbiq etilganligi hisoblanadi. Buning sababi shundaki, foiz stavkalarining sezilarli darajada tebranishi yangi moliyaviy mahsulotlarga bo'lgan talabning o'zgarishiga bevosita va kuchli ta'sir qiluvchi muhim iqtisodiy omil hisoblanadi. AQShda, 1950-yillarda uch oylik xazina veksellari foiz stavkalarining tebranishi 1,0 foizdan 3,5 foizgacha diapazonda, 1970-yillarda – 4,0 foizdan 11,5 foizgacha, 1980-yillarda 5,0 foizdan 15,0 foizgacha bo'lgan diapazonni tashkil etdi. Foiz stavkalarining bu qadar kuchli tebranishi kapital qiymatining sezilarli darajada oshishiga yoki kamayishiga olib keldi, investisiyalarning qaytishi borasidagi noaniqlik kuchaydi.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zaxira stavkalari 2009 yilning sentyabr oyidan boshlab tijorat banklari depozitlarining muddatlariga bog'liq ravishda quyidagi tartibda tabaqalashtirildi:

* talab qilib olinadigan depozitlar va bir yilgacha muddatga jalb qilingan depozitlarga nisbatan – 15%;

* bir yildan uch yilgacha muddatga jalb qilingan depozitlarga nisbatan –

12%;

* 3 yildan ortiq muddatga jalb qilingan depozitlarga nisbatan – 10,5%. Majburiy zaxira stavkalarining bu tarzda tabaqalashtirilishi tijorat banklarining uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlashga xizmat qiladi. Quyidagi jadval ma'lumotlari orqali respublikamiz tijorat banklarining kapitallashish darajasini tavsiflovchi ko'rsatkichlarga baho beramiz (1-jadval).



1-jadval


Yüklə 36,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə