Milliy bank tizimining barqarorligini ta’minlashning dolzarb masalalari hamda rivojlangan mamlakatlar bank xizmatlarining turlarini O’zbekistonga joriy etish va qo’llash imkoniyatlari Toshket moliya instituti moliya fakulteti talabasi Nabiddin Mannonov


O'zbekiston Respublikasi tijorat banklarining kapitallashish



Yüklə 36,63 Kb.
səhifə3/3
tarix16.04.2022
ölçüsü36,63 Kb.
#85554
1   2   3
Mannonov Nabiddin

O'zbekiston Respublikasi tijorat banklarining kapitallashish

darajasini tavsiflovchi ko'rsatkichlarning holati
Shu o'rinda e'tirof etish joizki, hozirgi davrda, O'zbekiston Respublikasi bank tizimining barqarorligini ta'minlash bilan bog'liq bo'lgan ayrim muammolarning mavjudligi kuzatilmoqda. Ana shunday dolzarb muammolardan biri Markaziy

bankning majburiy zaxira talablari tijorat banklarining moliyaviy barqarorligiga salbiy ta'sir ko'rsatishidir.



Ko‘rsatkichlar nomi

01.01.2020 y.

01.01.2021 y.

mlrd. so‘m

ulushi, foizda

mlrd. so‘m

ulushi, foizda

I darajali kapital

43 659

83,2%

48 140

82,8%

Asosiy kapital

43 622

83,1%

48 028

82,6%

Qo‘shimcha kapital

38

0,1%

113

0,2%

II darajali kapital

8 808

16,8%

10 022

17,2%

Jami regulyativ kapital

52 467

100%

58 162

100%

Kapital monandlilik darаjasi

23,5%



18,4%

I darajali kapital monandlilik darajasi



19,6%

15,2%

Mamlakat Markaziy banki tomonidan majburiy rezerv stavkalarining joriy etilishi va Nostra banklariga qo'yiladigan rezerv talablari miqdorining oshishi ularning moliyaviy hayotiyligiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Demak, Markaziy banklarning majburiy zaxiralari stavkalari pasaytirilgan mamlakatlarda banklarning Nostro bo'yicha rezerv badallari miqdori kamayadi.

Bu boradagi eng dolzarb muammolardan biri tijorat banklari uchun me'yoriy kapitalning yo'qligi hisoblanadi. Muammoning dolzarbligi shundaki, devalvatsiya zaxirasi respublika tijorat banklarining birinchi darajali kapitaliga kiritiladi. Biroq Bazel standartiga ko'ra, devalvatsiya zaxirasini tijorat banklarining normativ kapitaliga kiritish mumkin emas.

Mamlakat bank tizimining barqarorligini ta'minlash borasidagi keyingi muammo – banklarning kapitallashish darajasini xalqaro bank amaliyotida umume'tirof etilgan me'yoriy talabdan past ekanligidir. Yuqorida qayd etilgan muammolarni hal qilish maqsadida, fikrimizcha, quyidagi tadbirlarni amalga oshirish kerak:

1. Monetar siyosatning bozor tabiatiga ega bo'lgan instrumentlaridan (qayta moliyalash siyosati, ochiq bozor siyosati, valyuta siyosati, depozit siyosati) foydalanish amaliyotini takomillashtirish yo'li bilan majburiy zaxira siyosatidan voz kechish lozim. Buning natijasida majburiy zaxira siyosatining tijorat banklarining likvidliligi va moliyaviy barqarorligiga nisbatan yuzaga kelgan salbiy ta'siri barham topadi.

2. Devalvasiya zaxirasini tijorat banklarining regulyativ kapitali tarkibidan olib tashlab, uni banklarning daromadi sifatida hisobga olish va zaxirani o'tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi hisobidan shakllantirishni yo'lga qo'yish lozim. Buning natijasida, birinchidan, tijorat banklari kapital bazasining barqarorlik darajasi oshadi, ikkinchidan, Bazel qo'mitasining tijorat banklari regulyativ kapitalining tarkibini shakllantirishga qo'yilgan talablarini bajarish yo'lida bir jiddiy qadam qo'yiladi.

3. Davlat tomonidan moliyaviy imtiyozlar qo'llash orqali tijorat

banklari aktsiyalarining investision jozibadorligini oshirish va shuning asosida banklar regulyativ kapitali hajmining o'sish sur'atini nominal yalpi ichki mahsulotning o'sish sur'atidan yuqori bo'lishiga erishish zarur.

Amalga oshirilgan tahlillarning natijalari respublikamiz tijorat banklari tomonidan aholiga va yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning samaradorligni oshirish va rivojlantirishda bir qator dolzarb muammolarning mavjudligini ko‘rsatadi. Ulardan asosiylari sifatida quyidagi muammolarni ko‘rsatish mumkin:

1. Respublikamiz tijorat banklari tomonidan mijozlarni naqd pul bilan ta’minlashda uzilishlarning mavjudligi;

Banklar tomonidan mijozlarni o‘z vaqtida naqd pul bilan ta’minlanmasligi, birinchidan, mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchini susaytiradi; ikkinchidan, mijozlarning ishlab chiqarish – moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi.

Ushbu muammoni hal etish maqsadida banklar bilan mijozlar o‘rtasida kassa xizmati to‘g‘risida shartnomalar tuzilishi va ushbu shartnoma shartlarida bank kassa xizmati (pullarni qabul qilish, saralash, sanash, o‘rab bog‘lash va saqlash) xarajatlarini qoplash ma’lum miqdorda xizmat haqi olishligi va mijoz bank o‘z vaqtida naqd pul bilan ta’minlamagan taqdirda ma’lum miqdorda jarima to‘lashini ko‘zda tutilmog‘i lozim. Ushbu shartlar bank va mijoz o‘rtasida o‘zaro kelishilgan holda belgilanishi lozim.

2. O‘zbekiston Respublikasining bir qator yirik tijorat banklarida berilgan kreditlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog‘ining nisbatan pastligi va beqarorligi kuzatilmoqda.

Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, respublikamizning bir qator yirik tijorat banklarida kreditlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog‘i past bo‘lgan.

3. Respublikamizning bir qator yirik tijorat banklarining depozit xizmatining samaradorligiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarning mavjudligi.

Tadqiqotning ikkinchi bobida amalga oshirilgan tahlillarning natijalari shuni ko‘rsatadiki, depozitlarining umumiy hajmida talab qilib olinadigan depozitlarning salmog‘i 60 foizdan yuqoridir. Bu esa depozit xizmatining samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omil hisoblanadi.

Respublikamiz tijorat banklarining depozit xizmati samadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ikkinchi omil bo‘lib, aholidan jalb qilingan muddatli omonatlarning foiz stavkalarini qisqa muddatli kreditlarning foiz stavkalaridan yuqori ekanligi hisoblanadi.

4. Respublikamiz tijorat banklarining hisob-kitob xizmatidan oladigan daromadlarining banklarning operatsion daromadlari hajmidagi salmog‘ini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar mavjud va ular quyidagilardan iborat:



  • respublikamiz tijorat banklari xizmatlarining tarkibida forfeyting, trast, kontokorrent xizmatlarining mavjud emasligi;

  • respublikamiz tijorat banklarida faktoring, forvard, anderrayting xizmat turlari bo‘yicha operatsiyalar hajmining kichikligi.

Yuqorida e’tirof etilgan muammolarning hal qilish, fikrimizcha, quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi:

1. Respublikamiz tijorat banklarining mijozlarga naqd pullarni o‘z vaqtida va to‘liq berishlarini ta’minlash maqsadida Davlat byudjetining kassa ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan naqd pullik to‘lovlarni 100% O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ta’minlash tartibini joriy qilish lozim.

2. Respublikamiz yirik tijorat banklarida kreditlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog‘ining barqarorligini ta’minlash maqsadida:

- birinchidan, kredit siyosatini takomillashtirish lozim;

- ikkinchidan tijorat banklari kredit portfelining diversifikatsiya darajasini oshirish lozim;

- uchinchidan, kreditlarni yuqori likvidli garov ob’ektlari bilan ta’minlanishini kuchaytirish lozim;

- to‘rtinchidan, har bir mijozning ishlab chiqarish sikliga bog‘liq ravishda kreditlash shakllarini qo‘llash lozim.

3. Respublikamiz tijorat banklari sof foizli spred koeffitsientining amaldagi darajasini oshirish yo‘li bilan muddatli depozitlar va muddatli omonatlarga to‘lanadigan foiz stavkalarini oshirishlari lozim. Aks holda muddatli depozitlarning foiz stavkalarining pasayish tendensiyasiga barham berib bo‘lmaydi. Bu esa, pirovardda, tijorat banklarining depozit bazasi hajmining qisqarishiga olib keladi.

4. Respublikamiz tijorat banklarining hisob-kitob xizmatidan oladigan daromadining operatsion daromadlar hajmidagi salmog‘ini oshirish maqsadida:

birinchidan, banklar tomonidan ochilayotgan ta’minlanmagan akkreditivlar hajmini oshirish lozim;

ikkinchidan, yangi bank xizmati turlarini (forfeyting, trast, kontokorrent) joriy etish lozim. Buning uchun mazkur bank xizmatlari rivojlangan mamlakatlarda respublikamiz banklari xodimlarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish lozim;

uchinchidan, respublikamiz banklarida trast, faktoring, anderrayting operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchi alohida bo‘lim tashkil etish va bu bo‘limni etarli darajada moliyaviy resurslar bilan ta’minlash zarur.

Tijorat banklari o‘rtasidagi sog‘lom raqobat ular tomonidan o‘z mijozlariga bank xizmatining lizing, faktoring, for­feyting, kontakorrent, overdraft kabi zamonaviy bank xizmatlari yangi turlarini taklif etish imkonini yaratdi. Hisob-kitoblarni amalga oshirishda qulayliklar yaratish maqsadida bir necha banklarda talab qilib olinguncha depo­zit hisobvaraqlari ochish, bevosita bank-mijoz dasturlarini joriy etish, elekt­ron to‘lov tizimi orqali mamlakat hududida har qanday to‘lovni 5-10 daqiqada amalga oshirish imkoniyatlarini yaratib berdilar. Oxirgi yillarda tijorat banklari tomonidan mijozlariga bank kartalari orqali elektron to‘lovlarni amalga oshi­rish uchun imkoniyat va qulayliklarni yaratish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunga kelib, tijorat banklari tomonidan 4 mln. 500 mingdan ortiqrok bank kartalari muomalaga chiqarildi hamda banklar tomonidan savdo hamda aholiga pullik xizmat ko‘rsatadigan korxonalarda 27504 dan ortiqroq terminallar o‘rnatildi.

Bank kartalari nafaqat jismoniy shaxslarga, balki yuridik shaxslar uchun ham korporativ bank kartalari shaklida chiqarila boshlandi. Endilikda korxona va tashkilotlar, shu jumladan, kichik biznes sub’ektlari ham, bevosita vakillik va safar xarajatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish hamda o‘z ishlab chiqarishlari uchun zarur bo‘lgan materiallarni ulgurji va chakana savdo korxonalaridan bank kor­porativ kartalari asosida bevosita xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Bank xizmatlari bozorini xorijiy davlatlar amaliyoti asosida rivojlantirish istiqbollari sifatida, kelajakda Home-banking on-layn xizmat turi banklarda taraqqiy etib borishi kutilmoqda, elektron biznes bo‘yicha taniqli g‘arb eksperti M.Dannenberg fikriga ko‘ra, kelgusida bank xizmatlaridan virtual foydalanish multimeydiya terminallari orqali yuz beradi, buning uchun maxsus qurilmalar quriladi va bank xizmatlari virtual bank mutaxassisi (avatar) tomonidan amalga oshiriladi.

G‘arb iqtisodchilarining fikriga ko‘ra banklarda bugungi kunda qariyib 50 ta xizmat turini elektronlashtirish, mijozlarning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tartibiga o‘tkazish mumkin.

O‘zbekistonda bank xizmatlari bozorini rivojlantirish va banklararo raqobat sharoitida mijozlarga ko‘rsatiladigan bank xizmatlarining samaradorligini oshirishda jahon banklari tajribasidan foydalanish, tashkil etilgan bank xizmatlari bozorini rivojlantirish muhim omilga aylanishi lozim. Bunga bog‘liq holda quyidagi holatlarni ajratib ko‘rsatish zarur:


  • Xorij tajribasidan foydalanish samaradorligi banklarimizning Evropa kliring to‘lov tizimi doirasida hisob-kitoblarni o‘tkazishning zamonaviy shartlariga moslashish darajasiga bog‘liq. Mijozning tashqi iqtisodiy faoliyatiga xizmat ko‘rsatishdagi risklarni boshqarish kabi bunday bank xizmatlari va mahsulotlarini rivojlanishi, elektron bank xizmatlarini yaratish uchun Internetdan foydalanish, investitsion bank xizmatlarini rivojlanishi, xususan, korporativ moliyalar sohasida, aktivlarni boshqarishda, sekyuritizatsiyasida, ssuda kapitallari bozorida bank xizmatlarining rivojlanishi uchun banklarning halkaro kredit tarixini yaratish muhim ahamiyatga ega.

Yuqorida aytib o‘tilganlardan kelib chiqqan holda, mijozlarga bank xizmatlarining EVROdagi namunaviy to‘plami taklif qilish mumkin:

To‘lov xizmatlari:



  • Evropa to‘lov tizimlari orqali evroda kliring hisoblari bo‘yicha xizmatlar;

  • boshqa sub’ektlar qoldiqlari hisobiga evro hisobvarag‘i likvidligini ta’minlash imkoniyati bilan turli valyutali schyotlarni ochish;

  • mijozlarning qisqa muddatli likvidligini boshqarish;

  • real vaqt tartibida evrodagi hisobvaraqlari bo‘yicha hisobotlarni taqdim etish;

  • internet orqali evro hisobvaraqlarini boshqarish.

Korporativ mijozlar uchun xizmatlar:

mijozlar uchun xizmatlar paketini shakllantirish, ya’ni “moliyaviy xizmatlar”ni shakllantirish bilan shug‘ullanuvchi, bo‘linmalar tarmog‘ini tuzish bo‘yicha bankni boshqarish strukturasini takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Bank menejerlarini ixtisoslashishiga, korporativ mijozlar guruhi segmentatsiyasiga va bank xizmatlarini korporativ mijozlarga sotish tizimini markazlashtirishga talabning tug‘ilishi bunday bo‘linmalarning zaruriyatini keltirib chiqaradi. SHu tariqa, mahalliy banklar amaliyotiga xizmatlar realizatsiyasi, risklarni har bir bosqichda aniqlash va baholashning bank va mijoz uchun bosqichma-bosqich tartibining optimal yo‘lini ishlab chiqish shaklida bitimlarni strukturalash bo‘yicha xizmat ko‘rsatishning xorij tajribasini tadbiq etish zarur. Bu esa operatsiyalar strukturasini kompleks tahlil qilishga, kontragentlarning kredit, valyuta va to‘lov risklarini, shuningdek xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi.





  1. XULOSA VA TAKLIFLAR

Ma’lumki jahonning aksariyat rivojlangan banklari mijozlarga uzluksiz xizmat ko‘rsatishga harakat qiladilar, bunday xizmat ko‘rsatishni «Doyche bank» (Germaniya), «ABN AMRO Bank» (Gollandiya), «Sosete Jeneral» (Fransiya) i «Sitibank» (AQSH) banklarida ko‘rish mumkin. Bu banklarda bank xizmatlari strategiyasi asosan past tariflarda yangi mijozlar, korrespondent-banklarni jalb etish, zamonaviy to‘lov tizimlaridan foydalana olish imkoniyatlariga asoslanadi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish kuniga 24 soat davomida haftasiga 7 kun olib boriladi. Xizmatlar mijozlarning ko‘proq o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tamoyiliga asoslanadi, xizmatlarning doimiy ravishda mobilligini ta’minlaydi va mijozlarni jalb etish strategiyasi hisoblanadi.

Mazkur tadqiqot natijasida tijorat banklarining xizmat bozori va banklar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat turlari, samaradorligi va sifatini chuqur tahlil qilib chiqqan holda, quyidagi ilmiy xulosalar shakllantirildi va takliflar ishlab chiqildi:



    1. O‘zbekiston Respublikasi banklararo bozori bank kapitali, bank depoziti va kreditlar bo‘yicha bozor konsentratsiyasi koeffitsientining haqiqatdagi darajasidan yuqori ekanligi sog‘lom banklararo raqobatning to‘liq shakllanmaganligidan dalolat beradi.

    2. Respublikamizda banklararo raqobatni shakllantirish, yirik banklarning moliya bozoridagi monopol mavqeiga barham berish imkonini beradigan alohida qonunning mavjud emasligi sog‘lom raqobat muhitni shakllantirishga to‘sqinlik qilmoqda.

    3. Respublikamizning ayrim yirik tijorat banklarida kreditlarning aktivlar hajmidagi salmog‘ining beqaror bo‘lganligi, ayrim davriy oraliqlarda pasayish sur’atiga ega bo‘lganligi, bank aktivlari va kreditlarining daromadlilik darajasiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltirdi.

    4. Yirik tijorat banklarida talab qilib olinadigan depozitlarning jami depozitlar hajmidagi salmog‘i 60 foizdan yuqori bo‘lganligi ularning depozit xizmatlari sifatining past ekanligidan dalolat beradi. Bu esa, tijorat banklarini resurs bazasini barqaror emasligidan dalolat beradi.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:


  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 23 mart 2018 yildagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori.

  2. O’bekiston Respublikasi Prezidenti Sh/M/Mirziyoevning “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda quramiz” T-: «O’bekiston», 2016. -56 b.

  3. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi. www.lex.uz.

  4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil12 sentyabrdagi PQ-3270-sonli "Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish vabarqarorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"giqarori. www.lex.uz.

  5. Мишкин Ф.С. Экономическая теория денег, банковского дела и финансовых рынков. 7-е изд. Пер. с англ. – М.: ООО «И.Д. Вильямс», 2013. – 880 с.

  6. Куликов А.Г. Деньги, кредит, банки: Учебник. – М.: КНОРУС, 2009.– 656 c.

  7. Лаврушин О.И. Деньги. Кредит. Банки. Учебник под. ред. – М Кнорус, 2014. –320 с.

Yüklə 36,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə