Milliy boylik statistikasi Reja : Milliy boylik, mohiyati, tarkibi va baholash mezonlari



Yüklə 21,73 Kb.
səhifə3/4
tarix26.05.2023
ölçüsü21,73 Kb.
#113286
1   2   3   4
statistika

3.Asosiy kapital statistikasi
Milliy boylikning asosiy komponentlaridan biri asosiy kapital hisoblanadi. Asosiy kapital bu – mahsulot ishlab chiqarish, bozor va nobozor xizmatlar ko’rsatish uchun uzoq davr, lekin bir yildan kam bo’lmagan muddatda bir necha marotaba yoki doimo ishlatiladigan ishlab chiqarilgan aktivlardir. Asosiy kapital tarkibiga uzoq muddatda ishlatiladigan muayyan turdagi tovarlar kiritilmaydi: mayda asbob-uskunalar va inventarlar, ba’zi harbiy anjomlar (vayron qilish vositalari va ularni eltib byerish vositalari), uy xo’jaligi tomonidan sotib olingan va pirovard iste’moli uchun foydalaniladigan mashinalar va jihozlar (avtomobillar, mototsikllar, velosipedlar, mebel, maishiy texnika) asosiy kapital tarkibiga kiritilmaydi. Ammo, ular ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilsa – asosiy kapital tarkibiga kiritiladi.
Asosiy kapitalni baholash. Ma’lumki, asosiy kapital normativ xizmat muddati xalqaro hisoblashlarda, jumladan, Jahon bankida 25 yil qilib olinadi. Bu davr ichida birlamchi hisobga olingan asosiy kapital bahosi o’zgarib turadi. Asosiy kapital tarixiy (to’liq boshlang’ich), joriy (qayta baholangan qiymati – shu paytdagi bahosi), qoldiq qiymati, amortizatsiya qilinadigan qiymat, tugatilish qiymati, balans (aralash) qiymati, o’zgarmas baholardagi qiymati va boshqa usullarda baholanishi mumkin. Har bir metodda baholangan qiymatning hisobchilikda iqtisodiy statistik tahlilda, moliyalashtirish (reinvestitsiyada), soliqqa tortishda va milliy boylik hajmini hisoblashda o’z funktsiyasi mavjuddir.
Eskirishni hisobga olgan holda boshlang’ich qiymat (boshlang’ich qoldiq qiymat)– bu to’liq boshlang’ich qiymatidan eskirishni hisobga oluvchi amortizatsion ajratmalar chegirilgandan so’ng hosil bo’lgan qiymat.
To’liq qayta tiklash qiymati (joriy qiymat) – zamonaviy sharoitda korxona tomonidan xuddi shunday asosiy kapital ob’ektini sotib olish uchun sarflaydigan qiymatdir.
Eskirishni hisobga olgan holda qayta tiklash qiymati (joriy qiymat) – bu to’liq tiklash qiymatidan eskirish qiymatini chegirishdan hosil bo’lgan qiymat.
To’liq balans qiymat – asosiy kapitalning korxona balansida aks ettirilgan qiymati. Bunda so’nggi o’tkazilgan qayta baholash paytigacha mavjud asosiy kapital to’liq tiklash qiymat bo’yicha, undan so’ng kiritilgan asosiy kapital to’liq boshlang’ich qiymat bo’yicha hisobga olinadi.
Asosiy kapitalni – milliy boylik tarkibiga kiritishda statistika fani va jahon amaliyoti joriy baho (qayta tiklash qiymati) dagi qoldiq qiymati ko’rsatkichidan foydalanishni tavsiya etadi. Ammo mamlakatlarda baholarni o’zgarishi tezligi va amortizatsiya siyosatini turlichaligi asosiy kapital hajmini va jon boshiga to’g’ri keladigan darajasini xalqaro solishtirishni ilmiy asosda amalga oshirish imkoniyatini byermaydi.
Ma’lumki, asosiy kapitalning joriy (qayta tiklash) qiymati – bu asosiy kapitalni ma’lum bir sanadagi amaldagi bozor narxlaridagi qiymatidir. Qayta baholash ikki usulda amalga oshiriladi:

  1. indekslar (YaIM deflyatori, INI, investitsiya deflyatori, o’rtacha indeks, asosiy kapitalning u yoki bu guruhi bo’yicha indeks, deflyator) yordamida;

  2. to’g’ridan-to’g’ri (rieltorlar xizmatidan foydalanish ham mumkin) usulda.

O’zbekistonda qayta baholash asosiy kapital (guruhlari bo’yicha) ning eskirishi darajasiga ko’ra “koeffitsientlar” – indekslar yordamida amalga oshirildi.
Asosiy kapitalni qayta baholanishi natijasida ularni texnologik, tarmoq strukturasi ham o’zgarar ekan hamda eskirishi darajasi va yaroqliligi (qoldiq qiymatning to’liq qiymatdagi salmog’i) darajasi ham o’zgaradi. Demak asosiy fondlarni qayta baholanishi asosiy fondlarning to’liq qiymatini o’zgartirishi bilan birga qoldiq qiymatini turli tarzda o’zgartirar, bu hol esa milliy boylik hajmiga ta’sir etmasdan qolmaydi.



Yüklə 21,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə