Milliy dispetcherlik markazi



Yüklə 95,38 Kb.
səhifə1/2
tarix14.05.2023
ölçüsü95,38 Kb.
#110201
  1   2
amaliyot


Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetcherlik markazi” Tahkiliy tuzilmasi va iqtisodiyotda tutgan o`rni

Vazirlar Mahkamasining 10.06.2022 yildagi “Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korхonasining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 325-son qarori qabul qilindi.


Qaror bilan Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korхonasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Milliy dispetcherlik markazi tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar yagona elektr energetika tizimiga ulangan tashkilotlarning markazlashtirilgan tarzda uzluksiz tezkor-dispetcherlik boshqaruvini amalga oshiradi hamda yagona elektr energetika tizimining qoʻshni davlatlar energetika tizimlari bilan parallel ravishda ishlash rejimini boshqaradi.
Markazning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
elektr energiyasiga boʻlgan talab va taklifdan kelib chiqib, shuningdek, elektr energiyasini ishlab chiqarish va uning iste’mol qilinishiga ta’sir qiluvchi barcha omillarni hisobga olgan holda uni ishlab chiqarish va iste’mol qilishning har soatlik rejimini shakllantirish;
avariya rejimlari yuzaga kelishining oldini olish, ularni bartaraf etish va avariya rejimi bartaraf etilganidan keyin tizimning ishonchliligini tiklash va boshqalar.
Markaz Energetika vazirligiga boʻysunadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.06.2022 yildan kuchga kirdi.

Milliy dispetcherlik markazining asosiy vazifalariga:



  • yagona elektr energetika tizimini real vaqt rejimlarida operativ boshqarish va uning ishonchli ishlashini ta’minlash;

  • yagona elektr energetika tizimi tarkibiga kiruvchi korxonalarning dispetcherlik boshqaruvini amalga oshirish;

  • elektr energiyasiga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqib, shuningdek, elektr energiyasini ishlab chiqarish va uning iste’mol qilinishiga ta’sir qiluvchi barcha omillarni hisobga olgan holda uni ishlab chiqarish va iste’mol qilishning har soatlik rejimini shakllantirish;

  • yagona elektr energetika tizimining texnik va iqtisodiy jihatdan eng maqbul rejimlarda ishlashini ta’minlash;

  • yagona elektr energetika tizimining qo‘shni davlatlar energetika tizimlari bilan parallel ravishda ishlash rejimlarini boshqarish;

  • avariya rejimlari yuzaga kelishining oldini olish, ularni bartaraf etish va avariya rejimi bartaraf etilgandan keyin tizimning ishonchliligini tiklash va boshqalar kiradi.

Milliy dispetcherlik markazi boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 259 nafar shtat birligidan iborat. Milliy dispetcherlik markazining amaldagi boshqaruv pulti to‘liq ishga tushgandan so‘ng asosiy hamda zaxira boshqaruv pultlari uch oy muddat parallel ravishda ishlaydi.
Milliy dispetcherlik markazi faoliyati «Issiqlik elektr stansiyalari», «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari», «Hududiy elektr tarmoqlari» va «O‘zbekgidroenergo» kompaniyalari hamda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi va taqsimlovchi boshqa tashkilotlarga shartnoma asosida dispetcherlik xizmatini ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi. Bundan tashqari, Milliy dispetcherlik markazi to‘g‘ridan-to‘g‘ri dispetcherlik departamenti, rele himoya va avtomatika bo‘limi, respublika yagona energetika tizimini va ularning quyi bo‘linmalari orqali tezkor-texnik boshqaruvni amalga oshiradi.



Yüklə 95,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə