Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari



Yüklə 3,83 Kb.
tarix27.04.2023
ölçüsü3,83 Kb.
#107103
Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakll-fayllar.org


Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari

Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari


  • Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda tarkibiy jihatdan

  • o‘zgarib, yangilanib, miqdoran ko‘payib va sifat jihatidan takomillashib

  • borar ekan, bu ehtiyojlami qondirishga qaratilgan ishlab

  • chiqarish va xizmat ко‘rsatish jarayonlari ham to‘xtovsiz yangilanib,

  • va takroran amalga oshib turadi. Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish

  • jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takrorlanib

  • turishi ijtimoiy takror ishlab chiqarish deyiladi.

Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko‘rinishda amalga oshirilishi


  • Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko‘rinishda amalga oshirilishi

  • mumkin: oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish.

  • Oddiy takror ishlab chiqarish deb ishlab chiqarish va xizmat

  • ko‘rsatish jarayonlarining hajm va sifat jihatdan o‘zgarmagan

  • holda takrorlanishiga ayfiladi. Odatda bunday ishlab chiqarish

  • va xizmat ko‘rsatish ko‘proq o‘z ichki ehtiyojlarini qondirishga

  • yo‘naltirilgan natural xo‘jalik va oddiy tovar xo‘jaligi davri uchun

  • xos bo‘lgan.

Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida mamlakat miqyosida milliy


  • Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida mamlakat miqyosida milliy

  • mahsulot yaratiladi. Milliy mahsulot - mamlakat iqtisodiyotida

  • Yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmidir. U barcha

  • moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarish hamda xizmatlarni

  • o‘z ichiga olib, hozirgi bizning mamlakatimiz qoilayotgan milliy

  • hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulot (YalM) deb yuritiladi.

  • Milliy mahsulot ko‘rsatkichi oldingi davrlarda, masalan oldingi

  • sobiq Sovet ittifoqi iqtisodiyotida jami ijtimoiy mahsulot (JIM)

  • deb, boshqa ko'pgina mamlakatlarda esa yalpi milliy mahsulot

  • (YaMM) deb yuritilar edi

Yalpi milliy mahsulot - bu o‘z mamlakati


  • Yalpi milliy mahsulot - bu o‘z mamlakati

  • yoki xorijda joylashgan milliy korxonalar tomonidan

  • Yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami

  • qiymatidir. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, milliy iqtisodiyot rivojlanish

  • darajasini aniqroq ifodalash va taqqoslash uchun yalpi ichki

  • mahsulot (YalM) ko‘rsatkichi qulayroqdir. Shuning uchun hozirgi

  • davrda ko‘pgina mamlakatlarda bu ko‘rsatkichdan foydalaniladi.

  • Yalpi ichki mahsulot - ma’lum vaqt davomida, masalan, bir

  • yilda Yaratilgan va bevosita iste’molchilarga borib yetadigan

  • barcha tayyor mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlaming bozor

  • narxidagi qiymatidir.

Yalpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkich


  • Yalpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkich

  • boiib, u faqat mazkur mamlakat ishlab chiqarish omillari dan

  • foydalangan holda mamlakat ichida Yaratilgan tovar va xizmatlar

  • jami qiymatining bozor narxlaridagi ifodasini namoyon etadi.

  • U barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘shilgan qiymatlar

  • yig‘indisi sifatida namoyon boiadi.

Qo‘shilgan qiymat - bu korxonalar yalpi mahsuloti bozor qiymatidan


  • Qo‘shilgan qiymat - bu korxonalar yalpi mahsuloti bozor qiymatidan

  • (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy

  • xarajatlar chiqarib tashlangandan qolgan qismidir


http://fayllar.org
Yüklə 3,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə