Milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasi



Yüklə 51,38 Kb.
səhifə1/4
tarix09.01.2023
ölçüsü51,38 Kb.
#98393
  1   2   3   4
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasi


MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR DIALEKTIKASI
Reja:

1. qadriyatlarni falsafiy tushunish.


2. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligini ta‟minlash yo’llari.
3. Milliylikka asoslangan baynalmilal tarbiya - milliy va umuminsoniy qadriyatlar
mushtarakligini ta‟minlashning muhim sharti.
4. Foydalanilgan adabiyotlar

1. Qadriyatlarni falsafiy tushunish.

Milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligini ta‟minlash, uning tarbiyaviy


imkoniyatlarini kengaytirish yo’llari haqida fikr-mulohaza yuritishdan avval,
“qadriyatlar” tushunchasining mazmuni, ushbu tushunchada o’z ifodasini topgan
obyektiv voqelikning o’ziga xos xususiyatlari haqida to’xtalib o’tish maqsadga
muvofiq deb hisoblaymiz.
Avvalo, ta‟kidlash joizki, mamlakatimiz davlat mustaqilligiga erishishi bilan
O’zbekistonda qadriyatlar muammolarini o’rganish yildan-yilga avj olib
bormoqda. Aniqroq qilib aytganimizda, qadriyatlar falsafasi shakllanmoqda. Lekin
keyingi yillarda chop etilgan ilmiy-falsafiy, xususan, ilmiy-publitsiñtik
adabiyotlarda “qadriyatlar” iborasini juda keng ma‟noda ishlatish, hatto uni
“madaniyat”, “ma‟naviyat” tushunchalariga tenglashtirish, ba‟zi hollarda esa
“qadriyatlar” va “an‟analar” iboralarini bir o’ringa, bir qatorga qo’yish,
tenglashtirish holatlari sodir bo’lmoqda. Shuningdek, ba‟zi birovlar “qadriyatlar”
tushuncha-siíi “moddiy-tabiiy boyliklar” kategoriyasiga òyenglashtir-moqdalar.
Yana boshqa birovlar esa qadriyatlarni moddiy va ma‟naviy qadriyatlarga
ajratmoqdalar.
Bunday boshboshdoqliklarning âujudga kelishi “qadriyat-lar” tushunchasining
ìazmuni va mohiyati, shakli va ko’rinish-lari, tarbiyaviy ta‟sirini tahlil qilishda hali ishonchli metodologik asos hozirgacha yaratilmaganligidan dalolat beradi.
qadriyatlarning madaniy meros bilan o’zaro aloqadorlik mexanizmi va uning
tarbiyaviy imkoniyatlarini tiniqroq tasavvur etmoq uchun ushbu ijtimoiy-madaniy
voqeani o’rganishga faqat sotsiologik yoki fenomenologik yondashuvning ûzi
kifoya qilmaydi. Ushbu murakkab ijtimoiy-madaniy voqeani tahlil etishda
kulturologik yondashuvga asoslanishi-miz ñamarali natija beradi deb hisoblaymiz.
Kulturologik yondashuvga asoslanib, “qadriyatlar” tushunchasining ìazmuni va
mohiyatini, uning tarbiyaviy imkoniyatlarini kengroq tadqiq etsa bo’ladi. Ayniqsa
“ìadaniyat-ma‟naviyat-qadriyatlar” kontekstining òahlil qilinishi qadriyatlar
xususida fundamental tasavvurlar hosil qiladi.
Madaniyat falsafiy mushohada obyekti sifatida 2-3 ming yildan buyon
o’rganilib kelinmoqda. Xuddi shuning uchun ham hozirgacha madaniyatga 200
ortiq turlicha ta‟rif berilgan. Bizning fikrimizcha, qadimda madaniyat deganda
inson bilan tabiat orasidagi aloqadorlik, insonni tabiatni o’zgartirish ya‟ni
“ikkinchi tabiat”, “sun‟iy muhit” yaratish borasidagi malakasi, mahorati
tushunilgan bo’lsa, bizning zamonamizda madaniyat deganda insonning kundalik
amaliy faoliyati tufayli yaratilgan barcha moddiy va ma‟naviy boyliklari
tushuniladi. Xullas, qayerda inson mavjud bo’lsa, qayerda u faoliyat ko’rsatsa,
qayerda odamlar biri-ikkinchisi bilan muloqotda bo’lsa, o’sha yerda madaniyat
sodir bo’ladi.
Madaniyat deganda faqat odamlarning savodxonligi yoki savodsizligini
tugatish tushunilmaydi. Balki kishilarning ìyehnat qilishi, o’qishi, yashashi,
ishlashi, maishiy turmushi, bir ibora bilan aytganda, turmush tarzining barcha
jabhalaridagi faoliyatining holati, darajasi tushuniladi. Xuddi shuning uchun ham
madaniyat inson ongi va faoliyatining ûzaro aloqadorligi darajasini ham ifodalaydi.
Insonning kunda-lik amaliy faoliyati moddiy va ma‟naviy sohàlarda sodir bo’lgani
uchun madaniyat ham shartli ravishda moddiy va ma‟naviy madaniyatga bo’linadi.
Moddiy madaniyat moddiy ishlab chiqarish sohàsida mehnat qilayotgan kishilar
faoliyatini xarakterlasa, ma‟naviy madaniyat odamlarni ma‟naviy ishlab chiqarish
borasidagi faoliyatini ifodalaydi. Lekin shuni alohida ta‟kidlash zarurki, har
qanday moddiy madaniyatda ma‟naviy madaniyatni, har qanday ma‟naviy
madaniyatda moddiy madaniyatning òa‟siri bo’ladi. Boshqacha aytganimizda.
moddiy va ma‟naviy madaniyat biri-ikkinchisiñiz yashay olmaydi, biri-ikkinchisi
bilan dia-lektik aloqadorlikda namoyon bo’ladi.
Ma‟naviy madaniyatning ìag’zini (yadrosini) qadriyatlar tashkil etadi. qadriyat
allaqanday hodisa, voqea yoki narsaning o’ziga xos xususiyati yoki xossasi emas,
balki uning mohiyati, o’z navbatida, borliqning u yoki bu obyektining yashashi,
mavjud bo’lib turishi uchun tom ma‟nodagi zaruriy shartidir. qadri-yatlar inson
bisotida turli-tuman ehtiyojlarning va his-tuyg’ularning mavjudligidan dalolat
beradi, atrofida sodir bo’layotgan voqealarni, hodisalarni turlicha baholashlari
uchun zamin yaratadi. Chunonchi, birovlar uchun o’ta qadrli, o’ta muhim
ahamiyatga ega bo’lgan u yoki bu hodisa boshqa birovlar uchun qadrsiz, sariq
chaqalik ahamiyatsiz bo’lishi mumkin. Xuddi shuning uchun ham qadriyatlarni
oddiy qilib ijobiy yoki salbiy (ahamiyatsiz, ahamiyati kamroq, qadr-qimmati
sezilmaydigan), absolyut va nisbiy, obyektiv va subyektiv qadriyatlarga bo’lish
mumkin. Mazmuniga qarab mantiqiy, etik, estetik va narsalar qadriyatlariga
bo’lish mumkin. O’z navbatida, xayrli, foydali va zaruriy qadriyatlarga ajratish
mumkin. Shuningdek, qadriyat-larni: haqiqatni, ezgulikni, go’zallikni ulug’lovchi
qadriyat-larga ajratish mumkin.
Har qanday qadriyat ham inson ongi va faoliyatining mah-sulidir. Boshqacha
aytganimizda, har qanday qadriyat odamlar tomonidan, ya‟ni odamlarning
ajdodlari tomonidan yaratiladi, boshqa avlodlari tomonidan o’zlashtiriladi,
kishilarning ongi va shuuriga singib, amaliy faoliyatiga qudratli stimul beradi,
katta ijtimoiy kuchga aylanadi.
qadriyatlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma‟naviy taraqqiyotining
mahsulidir, shuning uchun ham qadri-yatlarda zamonning ruhi, imkoniyatlari,
o’sha zamonda yashagan odamlarning orzu-umidlari, istaklari, talab va ehtiyojlari
o’z ifodasini topadi. Zamonlar o’tishi bilan qadriyatlarning mazmuni va ma‟nosi
o’zgarib boradi. Xuddi shuning uchun ham qadriyatlarning tarbiyaviy ahamiyatiga
baho berganda konkret tarixiy shart-sharoitlarni doimo nazarda tutmoq zarur.
qadriyatlar insonning orzulari-istaklari, niyatlari-umidlari, bir so’z bilan
aytganda, ideal sifatida namoyon bo’ladi. Xuddi shuning uchun ham, buyuk nemis
faylasuflari V. Vindelband, G.Rikkertlar òa‟kidlaganidek, qadriyatlar hech qachon
obyektga ham, subyektga ham bog’liq bo’lmagan mustaqil olamni vujudga
keltiradi. Bu olam makon va zamon qonun-laridan ustun turadi. Shuningdek,
insoniyatning buyuk ma‟na-viy xazinasi bo’lgan qadriyatlar hech qachon
o’zgarmaydi, balki M.SHeler, N.Gartman aytganidek, insonning qadriyatlar haqidagi tasavvurlari o’zgaradi. Butun olam qadriyatlar bilan to’lib-toshgan bo’ladi va
borliqqa hamisha yangi ma‟no ato etadi. Shuning uchun ham butun voqelik
qadriyatlarning “o’ziga xos namoyishi”dan iboratdir.
Hîzirgi zamon qadriyatshunos olimlarining fikriga ko’ra, qadriyatlarning ham
o’ziga xos qonunlari bor. Bu qonunlar inson irodasiga bo’yso’nmaydi. qadriyatlar
obyektiv olamning subyektiv in‟ikosi bo’lgani uchun kishilarning amaliy
faoliyatiga o’z ta‟sirini o’tkazadi. Hatto odamlar turmush tar-zini o’zgartiradi.
Xuddi shuning uchun ham kishilar o’zlarining turmush tarzlarini insoniyat
yaratgan qadriyatlar talablariga qarab o’zgartirib boradilar.
Amaliyot øundan dalolat berayotirki, qadriyatlar jamiyat taraqqiyoti bilan
bog’liq bo’ladi va hech qachon undan tashqarida yashamaydi. Xuddi shuning
uchun ham qadriyatlar jamiyat ijti-moiy-iqtisodiy, madaniy-ma‟naviy
taraqqiyotining mahsuli bo’lib, unda zamonning ruhi, imkoniyatlari, odamlarning
orzu-umidlari, istaklari, talab va ehtiyojlari o’z ifodasini topadi. Zamonlar
o’zgarishi bilan qadriyatlarning ma‟nosi va mazmuni o’zgarib boradi. Xuddi
shuning uchun ham qadriyat-larning tarbiyaviy imkoniyatlariga baho berganda
konkret tarixiy shart -sharoitlarni inobatga olish lozim.
Sharq mutafakkirlari Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino qadriyatlar
haqida fikr-mulohaza yuritganlarida, eng avvalo, insonning ma‟naviy-ahloqiy
fazilatlari, xislatlari, xosiyatlarini, insonning ruhiy-ma‟naviy kamolati uchun
yordam beradigan buyuk xazinasini tushunganlar. Sharqning buyuk allomasi Abu
Rayhon Beruniyning e‟tirof etishicha, qadriyatlar - borliqning nomoddiy holati
bo’lib, odamlarning turmush-tarzi, ehtiyojlari, manfaatlari, orzulari va umid-lari
bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Masalan, odamlar turmush tarzidagi hamkorlik,
kishilarning dushmanga qarshi birlashib kurash zaruriyatidan kelib chiqqan. Abu
Ali ibn Sino fikriga ko’ra, qadriyat haqida gap ketsa, eng avvalo, insonning qadrqimmati haqida fikr yuritmoq darkor. Uning tushutirishicha, insonning qadri
boshqalar bilan qilgan hamkorligi, yaxshi insoniy fazilatlarga intilishi, donoligi,
boshqalarga qilgan yaxshiligi bilan o’lchanmog’i darkor.
Musulmon Sharqi mamlakatlarida keng tarqalgan diniy-falsafiy ta‟limot tasavvuf namoyondalari ham, qadriyatlar deganda insonning qadr-qimmati, uning
ruhiy-ma‟naviy yetuk-ligiga qarab belgilanmog’i lozimligini qayta-qayta takrorladilar. Xususan, tasavvufning eng yirik oqimlaridan biri kubraviyada
ta‟kidlanishicha, insonning ruhiy-ma‟naviy yetukligini ifodalovchi asosiy
mezonlar: tavba, zuhd, tavakkul, qanoat, uzlat, tavajjuh, sabr, muroqaba, zikr, rizo
hisoblansa, tasavvufning boshqa bir oqimi naqshbandiyada qayd etilishicha,
insonning ruhiy-ma‟naviy kamolatini ifodalovchi mezonlar xush dar dam, nazar bir
qadam, safar dar vatan, xilvat dar anjuman, yodkard, bozgasht, nigohdosht, vuqufi
adadiy, vuqufi zamoniy, vuqufi qalbiy hisoblanadi. Tasavvuf falsafasining buyuk
namoyondalari Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, Abdu-holiq g’ijduvoniy,
Aziziddin Nasafiy, Bahouddin Naqshban-diy, Hoja Ahror Valiy kabilar inson
ma‟naviy qadriyatlari-ning asosida poklik, hayo, sabr-bardosh, qanoat, chidam,
beozor-lik, hokisorlik kabi insoniy xislatlarni qo’yishgan. Yuqori-dagi fikrmulohazalardan ko’rinib turibdiki, qadriyatlar ichida eng ulug’i, eng a‟losi
insondir. Chunki, inson har qanday ma‟naviy boyliklarning èjodkoridir. Xuddi
shuning uchun ham insonning ongi va faoliyatiga bog’liq bo’lmagan, undan
tashqarida turgan bironta qadriyat bo’lishi mumkin emas. Insonning qadr-qimmati,
uning jamiyatdagi, davlatdagi, ja-moadagi, îiladagi mavqei, eng avvalo, uning
yuksak ma‟naviy-ahloqiy yetukligi, professional malakasi bilan o’lchanadi.
Shunday ekan, qadriyatlar o’z mohiyati, mazmuniga qarab inson aql-zakovatini,
ahloq-odobini, mehnatga halol, vijdonan munosabatini, go’zal did va jismoniy
kamolatni ulug’lovchi qadriyatlarga áo’linmog’i darkor. qadriyatlarni jamiyat,
millat hayotidagi o’rni, ijtimoiy xarakteriga qarab milliy va umuminsoniy, sinfiy
yoki diniy, shuningdek kishilarning yoshi, professional xususiyatlariga xos
qadriyatlarga bo’lish mumkin. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi jamiyat
qurilishi avj olgan mamlakatimiz sharoitida, inson o’zining shaxsiy-individual
xususiyatlariga tayanishi, o’z baxt-iqbolini o’z qo’li bilan yaratishi haqida
qayg’urishi, jamiyat va davlat muassasalariga emas, balki o’z qobiliyatiga umid
bog’lashi, uning qàdr-qimmatini belgilovchi asosiy mezonga aylanayotir.
Insonning qadr-qimmati, sha‟ni, or-nomusi, milliy g’ururi milliy qadriyatlar
bilan bevosita bog’liq. Milliy qadriyatlar har bir kishining tili, tarixi, dini,
adabiyoti, san‟ati, rasm-rusumlari, urf-odatlari, bayramu-sayillari, bir so’z bilan
aytganda, madaniy-ma‟naviy merosi, insoniy fazilatlari, xislatlarining yig’indisidir.
Milliy qadriyatlar o’sha mil-latga mansub har bir kishi tomonidan yaratilgan,
insoniylik, odamiylikka xos fazilatlar, xislatlar, xosiyatlarni milliy-madaniy meros
xazinasiga qo’shgan hissasini ifodalovchi buyuk ko’rsatkichdir. Milliy qadriyatlar,
shubhasiz, millatning ravnaqi yoki inqirozi bilan bevosita bog’liq bo’ladi.
Boshqacha aytganimizda, milliy qadriyatlar millatning o’tmishi va bugu-ni bilan
bog’liq. Shuning uchun ham “milliy qadriyatlar millat rivojlanishi bilan
rivojlanadi, inqirozga uchrashi bilan qadrsizlanadi. Shuning uchun ham millat
o’zining qadriyatlari-ni vujudga keltirib, ularning ÿngi-yangi qirralarini va
jihatlarini sayqallashtirib, taraqqiyot jarayonida takomil-lashtirib turishi ma‟nosida
o’z qadriyatlarining haqiqiy egasi, makon va zamondagi ilgarilanma harakatdan
iborat o’zgarishlar jarayonida ularni o’tmishdan kelajakka tomon yetkazib
boradigan eng asosiy obyektdir” (Nazarov q. Aksiologiya. qadriyatlar falsafasi.
Toshkent, 1998, 56-bet).
Milliy qadriyatlar millat yaratgan madaniy-ma‟naviy merosni, xususan millat
kishilariga xos barcha insoniy fazilatlar, xislatlarni o’tmishdan bugunga yetkazadi.
Xuddi shuning uchun ham milliy qadriyatlarni asrab-avaylashga har bir millatning
o’zi mas‟uldir. Har qanday sharoitda ham, chunonchi biron millat ozod, farovon
bo’lganida ham, qullik, tobelik iskanjasiga tushib qolganda ham, unda milliy qadriyatlarni saqlab qolishi uchun ichki imkoniyat mavjud bo’ladi.
Milliy qadriyatlar kishilar tarixiy birligini ta‟min-laydigan etnik makonda
shakllanadi va turli-tuman shakllarda namoyon bo’ladi. Kishilarning ongi va
faoliyatiga o’z ta‟sirini o’tkazadi. Odamlarning kundalik turmush tarzida, ularning
moddiy va ma‟naviy ehtiyojlarida, manfaatlarida qiziqish-larida yaqqol ko’zga
tashlanadi. Shuningdek, milliy qadriyatlar bir joyda qotib qolmaydi, tarixiy
taraqqiyot jarayonida o’zga-rib, takomillashib boradi. Yangicha mazmun va
yangicha shaklga kiradi.
Milliy qadriyatlar o’tmishdan bugunga tomon harakatda bo’lgan jarayondir.
Shuning uchun ham milliy qadriyatlar ajdodlardan avlodlarga o’tib to’radi. O’z
navbatida, ajdodlarni avlodlar bilan bog’lovchi ko’prik vosita vazifasini bajaradi.
Milliy qadriyatlar millatning etnik xususiyatlari va etnik makoni bilan bog’liq
bo’ladi. Lekin milliy qadriyatlar faqat o’sha millat yashayotgan etnik makonda
faoliyat ko’rsatadi, undan tashqarida chiqa olmaydi, deb bo’lmaydi. Milliy
qadriyatlar etnik makondan chiqib, boshqa millat qadriyatlari bilan qo’shilibqorilib turadi. Xuddi shuning uchun ham milliy qadriyatlar har bir millatning
o’ziga xos qadriyatlarini, umuminsoniy qadriyatlar bilan bog’lovchi halqadir.
Shunday qilib, milliy qadriyatlar, har bir millatning o’ziga xos xususiyatlari,
xossalari, belgilari, alomatlarini ifodalovchi falsafiy tushuncha bo’lib, o’sha millat
bosib o’tgan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shakllangan milliy madaniy meros
xazinasiga qo’shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Xuddi shu milliy o’ziga xoslik,
o’ziga moslik, millat madani-yatida, adabiyotida, san‟atida, tilida, dinida, tarixiy
xotira-sida, yashash ishlash va fikrlash tarzida, urf-odatlarida, rasm -rusumlarida,
bayramu-sayillarida o’z ifodasini topadi. Milliy qadriyatlar milliy ma‟naviy
madaniyat ifodasi bo’lib, har bir millatning insoniylik xazinasiga qo’shgan
munosib hissasining hosilasidir.
Milliy qadriyatlarning íyegizini urf-odatlar, rasm-rusumlar, bayramu-sayillar
tashkil etadi. O’zbek milliy qadriyatlari mazmunida insonparvarlik g’oyalari
yotadi. Uzoq tarix davomida o’zbeklarning o’zaro munosabatlarida, kundalik
turmush tarzida o’zaro hamkorlik va hamdardlik, vafodorlik va o’zaro hurmat, biribiriga suyanish va yaxshi qo’shnichilik, bola-jonlik va ota-onaga hurmat, mehroqibat va sadoqat har tomonlama e‟zozlanib kelinadi. Bunday insoniy fazilatlar,
xislatlarning qàror topishida, shubhasiz islom madaniyatining ta‟siri bor. Chunki
o’zbeklar bir necha asrlardan buyon e‟tiqod qilib kelgan islom madaniyatining
asosi hisoblangan “qur‟onu Karim” va “Hadisu Sharif” qoidalarida ham insonning
insoniy fazilatlari, xislatlari eng oliy qadriyat sifatida har tomonlama ulug’langan,
xuddi shu holat o’zbek milliy qadriyatlari umuminsoniy qadriyatlar bilan tezroq
uyg’unlashishi uchun real imkoniyat yaratadi. O’z navbatida xuddi shu holat milliy
qadriyatlarimizni tezroq tiklanishi uchun ichki stimul berayotir.
Milliy qadriyatlarni tiklash - ularga hozirgi zamon sivilizatsiyasi talablariga
mos yangi mazmun ato etish demakdir. Xuddi shuning uchun ham O’zbekiston
davlat mustaqilligiga erishishi bilan mamlakatimizga hozirgi zamon sivilizatsiyasi
talablariga javob beruvchi umuminsoniy demo-kratik qadriyatlar xalqimiz turmush
tarziga kirib kela boshladi.
O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishishi bilan mamla-katda tinchlik,
totuvlik, barqarorlikni yanada mustahkamlash maqsadida jahonning obro’li
tashkilotlari bilan hamkorlikni yo’lga quydi. Tinchlik, millatlararo totuvlik,
barqarorlik, davlatlararo o’zaro hamkorlikni uzluksiz takomillashtirish davlat
siyosati darajasiga ko’tarildi. Respublika hukumati-ning tashabbusi bilan 1995 yil
15-16 sentabrda Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik
masalalariga bag’ishlangan xalqaro seminar-yig’ilishini bo’lib o’tganligi, 1995 yil
10-11 oktabrda O’zbekiston va Tojikiston hukumat-larini mintaqaviy xavfsizlikni
mustahkamlash muammolarini birgalikda muhokama qilinganligi fikrimizning
isbotidir.
Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag’ishlangan xalqaro
seminar-kengashda BMT, YEXHT, MDH, Islom konferensiyasi tashkilotlari
delegatsiyalari, BMT Xavfsizlik kengashiga a‟zo mamlakatlar, Markaziy Osiyo
mamlakatlari vakillari, shuningdek, mintaqaga tutash davlat-lar delegatsiyalari
jami 31 davlat, 6 xalqaro tashkilot ishtirok etdi. Ushbu seminar-kengash mintaqada
xavfsizlik va barqarorlik tizimini o’rnatish va uni amalga oshirish yo’lida,
Markaziy Osiyo davlatlari va xalqlari uchungina emas, balki bu mintaqaga
chegaradosh ulkan hudud uchun ham juda zarur bo’lgan hamkorlikni rivojlantirish
uchun mustahkam asosni shakllantirishda, turli fikr va yondashuvlarni yuzaga
chiqarish va ularni bir-biriga yaqinlashtirishda, shuningdek mintaqada
demokratlashtirish jarayonini tezlashtirishda, inson huquqla-rini har tomonlama
muhofaza qilishda ulkan ahamiyatga ega bo’ldi.
Endilikda tinchlik, totuvlik, barqarorlikning âujudga kelishi nafaqat milliy va
umuminsoniy qadriyatlarning ìushtarakligini ta‟minlayotir, balki mamlakatimizda
yashovchi barcha xalqlarni, millatlarni halqaro hamjamiyat bilan birlashtiruvchi
vositadir. Insonparvarlik, yaxshilik, sofdil-lik singari umuminsoniy qadriyatlarni
qabul qilgan va birgalikda baham ko’rgan mamlakatgina, xalqgina butun dunyo
xalqlariga yaqin va tushunarli bo’lishi, jahon hamjamiyatiga qabul qilinishi
mumkin. Faqat ular bilan teng huquqli, o’zaro manfaatli munosabatlar o’rnatishi
mumkin. Xuddi shu holat o’z navbatida milliy qadriyatlarni umuminsoniy
demokratik qadriyatlar bilan uyg’unlashish jarayonini tezlashtiradi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg’unlashib borayotganligini,
mustaqillik yillarida O’zbekistonda vujudga kelgan fuqarolarni tinch, totuv
yashashga, barqarorlikka intilishida ham yaqqol ko’rish mumkin. Endilikda
tinchlik, millatlararo totuvlik, barqarorlik O’zbekistonda yashovchi barcha xalqlar,
millatlar, elatlarning áuyuk ijtimoiy-siyosiy qadriyatiga aylanmoqda.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, qadriyatlar ma‟naviy madaniyat bilan bog’liq
fenomen bo’lib, murakkab tipologiyaga ega. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar
ana shu tipologiyada o’ziga xos o’ringa ega. Ular shaxsga qudratli tarbiyaviy ta‟sir ko’rsatadi, chunki ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatlar insoniyat ma‟naviy taraqqiyotida erishilgan yutuqlar konsent-ratsiyasi bo’lib, shaxs ijtimoiy qiyofasiga sezilarli ta‟sir ko’rsatadigan omil hisoblanadi.


Yüklə 51,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə