Miloddan avvalgi iii–milodiy II asrlarda Xitoy 6-sinf Tarix fani darsligi asosida 19-mavzu



Yüklə 3,7 Mb.
tarix27.01.2023
ölçüsü3,7 Mb.
#99477
Mil.avv.3-2 asrlarda Xitoy. 6- sinf..

Miloddan avvalgi III–milodiy II asrlarda Xitoy

6-sinf Tarix fani darsligi asosida 19-mavzu

Xitoyni yagona davlatga birlashtirish jarayoniga Xitoy davlatlaridan biri – Sin davlati hukmdori boshchilik qiladi.


Sin Shixuandi –
markazlashgan
Xitoy hukmdori

Sin davlati hukmdori raqiblarini tor-mor etib, Xitoyni o’z hokimyati ostida birlashtirdi.


Shundan keyin u Sin Shixuandi (miloddan avvalgi 246 – 210-yillar) nomini qabul qilgan, bu nom «Sinning birinchi hukmdori» degan ma’noni bildiradi.

Sin Shixuandi hali ko’zi tirikligidayoq o’ziga atab maqbara qurishga farmon bergandi.


Maqbarani 720 ming odam 37 yil mobaynida bunyod etgan.

Sin Shixuandi qabridan hukmdorni «qo‘riqlash» uchun o‘rnatilgan 6 mingta sopol askarlar haykallari topilgan.

Buyuk Xitoy devori


Sin Shixuandi hukmronligi davrida Xitoyda ko‘chmanchi xunnlarning ahyon- ahyondagi hujumlaridan himoyalanish uchun Buyuk devorni bunyod etish boshlab yuborildi.

Devorning balandligi 12 metr, kengligi 5 metr, uzunligi esa qariyb 4000 kilometrni tashkil etadi.


U qadim zamonlarda dushman qo‘shinlari uchun jiddiy to‘siq bo’lib xizmat qilgan qilgan.

Mil. avv. 206-yilda Sin sulolasiga qarshi dehqonlar qo’zg’oloni alangalanib ketdi.


Qo’zg’olonchilar poytaxtni egallab oladilar.
Unga Lyu Ban degan kishi boshchilik qilgan edi.

Sharqning boshqa davlatlaridagi kabi Xitoyda ham mavjud yerlar hukmdorniki hisoblangan, aholi soliqlar to‘lab, turli mehnat majburiyatlarini bajarishgan.

Imperiya vayronalarida Xan sulolasi boshchiligida yangi davlat barpo etildi.


Bu sulola davlati U-Di hukmronligi davrida (mil. avv. 140–87-yillar) eng qudratli davlatga aylanib, mil. 220-yilga qadar mavjud bo‘lgan.
Xan sulolasining
hukmdori – U-Di

Qadimgi Xitoyda butun boshli so’zlarni ifodalagan iyeroglif yozuvi mavjud bo‘lgan. Avvaliga xitoyliklar bambukka yozishgan.

Bundan 2,5 ming yil muqaddam bambuk o‘rnida shoyidan foydalanishga o‘tildi. Shoyi matolariga mo‘yqalam bilan yozilgan.


Endi kitob uzun shoyi parchasiga o‘xshab, uni tayoqchaga o‘rashgan.
Miloddan avvalgi I asrda qog’oz ixtiro qilindi.

Xitoyliklarning eng ajoyib ixtirolaridan biri kompas bo‘lgan.


Xitoyliklar kompasdan quruqlik va dengizda foydalanishgan.
U magnitlangan temirdan dastali katta qoshiqni eslatar edi.

Xitoyda zilzilani oldindan aniqlab beruvchi seysmograf ham ixtiro qilingan.


Qadimgi Xitoy
tarixchisi Sim Syan
Xitoy olimlari tarix, astronomiya va tibbiyotga oid ko‘plab asarlar yaratishgan.

Savol va topshiriqlar

1. Xitoyni yagona davlatga birlashtirgan hukmdor nomini ayting. Bu voqea qachon bo’lgan?

2. Hukmdor Sin Shixuandi haqida so’zlang, uning shaxsiyatiga baho bering.

3. Buyuk Xitoy devori haqida nimalarni bilasiz?

4. Xitoyda qanday xalq qo’zg’olonlari bo’lib o’tdi? Ularning sabablarini ayting.

5. Xitoyliklarning ixtirolarini sanab bering. Qaysilaridan hozir ham foydalanamiz.


Yüklə 3,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə