Министрество высшего и среднего образования республики узбекистана



Yüklə 371,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix29.11.2023
ölçüsü371,84 Kb.
#139489
1   2   3   4   5   6   7
43) 5А230101-Иктисодий назария

MAKROIQTISODIYOT
fani bo‘yicha:
Makroiqtisodiyot fanining shakllanishi. Fanning predmeti va ob’ekti. 
Makroiqtisodiyotning iqtisodiyot sohasidagi boshqa fanlar bilan aloqadorligi. 
Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot. “Daromadlar-xarajatlar” va “resurslar-
mahsulotlar” oqimi. Makroiqtisodiyot sub’ektlarining o‘zaro aloqalari, maqsad va 
funksiyalari. Makroiqtisodiy siyosat ko‘rinishlari.
Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimi. Milliy 
hisoblar tizimining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichi sifatida YAlpi ichki mahsulot 
(YAIM) ko‘rsatkichining mohiyati. YAIMni hisoblashning ishlab chiqarish usuli. 
Boshlang‘ich daromadlarning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi. Iste’mol. 
Jamg‘arish. YAlpi milliy tasarrufdagi daromad. Daromadlar va xarajatlar tengligi. 
Investisiyalar va jamg‘armalar tengligi. Iste’mol narxlari indeksi (INI). Fisher 
indeksi. YAIMni hisoblash usullarini takomillashtirish zaruriyati va yo‘nalishlari.
Iqtisodiy tebranishlarning sabablari: Ilmiy texnika taraqqiyoti. Iqtisodiy 
davrlarning bosqichlari va ularning tavsifi. Iqtisodiy tebranishlarning turli 
tarmoqlarga ta’siri. Iqtisodiy tebranishlarning hozirgi kundagi xususiyatlari. 
Iqtisodiy tebranishlarga bozorlardagi monopol tuzilmalar, davlatning taribga 
soluvchilik roli, ilmiy texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarishnig baynalminallashuvi 
ta’siri. 
Real ish haqi, ish kuchi taklifi va unga talab. Ishsizlikning keynscha 
konsepsiyasi. Ishsizlik turlari va ish bilan to‘la bandlik. Ishsizlikning haqiqiy va 
tabiiy darajasi. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari. Ouken konuni. Ishsizlikning 
ijtimoiy oqibatlari. 
O‘zbekiston Respublikasida yangi ish o‘rinlar yaratish va aholining ish bilan 
bandligini ta’minlash siyosatining xususiyatlari va yo‘nalishlari. 
Inflyasiya: mohiyati, hisoblanishi va turlari. Inflyasiya sur’ati. Inflyasiyaning 
sabablari, puling miqdoriy nazariyasi. Pul massasining ko‘payishi. Pulning aylanish 
tezligi ortishi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmlarining pasayishi. Inflyasiyaning 
ijtimoiy oqibatlari. Antiinflyasiya siyosatining mohiyati, vositalari. O‘zbekiston 
Respublikasi iqtisodiyotidagi inflyasiya jarayonlari va antiinflyasiya siyosati 
xususiyatlari.
YAlpi talab tushunchasi. Pulning miqdoriy nazariyasi. Baholar darajasi va 
yalpi talab o‘rtasidagi teskari bog‘liqlik. Iste’mol xarajatlaridagi, investitsiya 
xarajatlaridagi, davlat xarajatlaridagi va sof eksportdagi o‘zgarishlar. YAlpi taklif 
tushunchasi va egri chizig‘i. Resurslar bahosning o‘zgarishi. YAlpi taklifning 
keynscha modeli. Nominal kattaliklarning nisbatan qat’iyligi. Real kattaliklarning 
nisbatan o‘zgaruvchanligi. AD-AS modelida muvozanatning ta’minlanishi 
mexanizmi. Talab shoklari. Taklif shoklari. YAlpi taklif o‘zgarishining oqibatlari. 
Pul taklifi va davlat xarajatlarining o‘zgartirilishi. 
Jamg‘arish funksiyasi va grafigi. Xususiy, davlat va tashqi dunyo jamg‘armalari.
O‘zbekiston Respublikasida ise’mol va jamg‘arish jarayonlari xususiyatlari.
Investitsiya tovarlariga talabining yalpi talabdagi o‘rni Investitsiyalarga talab 


11 
funksiyasi. Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi boshqa omillar.
Klassik 
makroiqtisodiy 
muvozanat 
nazariyasi 
tanqidi. 
Keynsning 
makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi. Bozor mexanizmi tomonidan yalpi talab va 
yalpi taklif muvozanati ta’minlanishining doimiy emasligi. “Investitsiya-jamg‘arish” 
modeli. “Daromadlar - xarajatlar” modeli – Keyns xochi. Iste’molga chegaraviy 
moyillik va multiplikatsiya samarasi. Multiplikator formulasi. Resession va 
inflyasion uzilish.
Pul tushunchasi va funksiyalari. Pulga talabga monetarcha yondoshuv. Fisher 
va Kembrij tenglamalari. Pulning aylanish tezligi. Baholar darajasi, real YAIM 
hajmi va pulga. Pulga talab egri chizig‘i grafigi. Fisher samarasi.
Pul taklifi. Naqd pullar va depozitlar. Tijorat banklari tomonidan “pul 
massasining yaratilishi”. Pullarning depozitlardan naqd pullarga oqib o‘tishi, 
deponentlash koeffisenti. Markaziy Bank tomonidan pul taklifini nazorat qilish va 
tartibga solish vositalari.
Davlat byudjetining mohiyati, tarkibi va funksiyalari. Daromadlarni qayta 
taqsimlash. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va rag‘batlantirish. Fan-
texnika taraqqiyotini rag‘batlantirish. Ijtimoiy siyosatni moliyaviy ta’minlash. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari tarkibi. 
Byudjet-soliq (fiskal) siyosati: mohiyati, maqsadlari, vositalari. Soliqlarni 
kamaytirilishi samarasi va davlat xarajatlarini oshirilishi samarasi. Diskret fiskal 
siyosat. Davlat byudjeti taqchilligi va profisiti. Nodiskret fiskal siyosat. Progressiv 
soliq tizimi. Davlat transfertlari tizimi. Davriy taqchillik va davriy profisit. 
O‘zbekiston Respublikasibyudjet-soliq siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari. 
Markaziy bank va tijorat banklarining funksiyalari. Banklarning asosiy 
operasiyalari va bozor iqtisodiyotidagi roli. Pul-kredit siyosatining mohiyati, 
pirovard maqsadlari va oraliq mo‘ljallar. Majburiy zahira normasi. YAIMning 
o‘sishi va pul-kredit siyosati. Pul-kredit siyosatining ko‘zda tutilmagan salbiy 
samaralari. Pul-kredit va byudjet-soliq siyosatini muvofiqlashtirish muammolari, 
siqib chiqarish samarasi. O‘zbekiston Respublikasida bank tizimi barqarorligini 
oshirish va pul-kredit siyosatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari. 
Iqtisodiy o‘sish tushunchasi, ahamiyati. Iqtisodiy o‘sishning o‘lchanishi, real 
YAIM va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real YAIM dinamikasi. Ekstensiv va 
intensiv iqtisodiy o‘sish. Iqtisodiy o‘sishning taklif, talab va taqsimot omillari.
Xalqaro savdoning zarurligi va ko‘rinishlari. Jahon iqtisodiyotida xalqaro 
savdo ko‘lamlarining ortib borishi. A. Smitning mutlaq ustunlik nazariyasi. 
D.Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi. Turli tovarlarni ishlab chiqarish xarajatlari 
o‘rtasidagi nisbat. Ishlab chiqarish xarajatlari va o‘rin almashtirish xarajatlari 
doimiyligi shartlari. M Porter nazariyasi, raqobat ustunligini belgilovchi omillar. 
Jahon bozorida talab va taklif. Muvozanatli baho. Manfaatlarning taqsimlanishi.
Tashqi savdo siyosati: mohiyati va maqsadlari, usullari. Milliy farovonlikning 
sof yo‘qotilishi. Ta’riflarni yoqlovchi hamda ularga qarshi fikrlar. YAngi paydo 
bo‘lgan tarmoqlarni himoya qilish. Ichki bandlilik va davlat daromadlarining o‘sishi. 
Resurslarni raqobatbardosh bo‘lmagan sohalarga yo‘naltirish. Tashqi savdo 


12 
dinamikasi, tovarlarga ko‘ra tarkibi va diversifikasiyalash. 
To‘lov balansi tushunchasi, makroiqtisodiy roli, tuzish tamoyillari. Kapital 
xarakati va moliyaviy operatsiyalar balansi. Sof xorijiy investitsiyalar va kreditlar. 
Markaziy Bankning rasmiy valyuta zahiralari bilan operatsiyalari. To‘lov balansi 
inqirozi va undan chiqish.
Valyuta bozori. Valyuta ayirboshlash zarurati. CHet el valyutasiga talab. CHet 
el valyutasini taklif etish. CHet el valyutasiga talab va uni taklif etishning kichik 
mamlakat modeli. Valyuta bozorida muvozanatning kichik mamlakat modeli. 
Egiluvchan va qayd etilgan valyuta kursi. Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar: foiz 
stavkalarining o‘zgartirilishi, ishlab chiqarishning real hajmlari. Makroiqtisodiy 
siyosatning muvozanatli valyuta kursiga ta’siri. 
Ochiq iqtisodiyotda muvozanatli ishlab chiqarish hajmi. Ochiq iqtisodiyotda 
yalpi ishlab chiqarish hajmi. Ichki xarajatlar va savdo balansi. Sof eksport. Ichki 
xarajatlar va milliy ishlab chiqarish hajmi. Eksport va importning milliy 
iqtisodiyotga ta’siri. Eksport va import o‘rtasidagi bog‘liqlik. Ochiq iqtisodiyotda 
pul-kredit siyosati. Qayd qilingan valyuta kursi va kapitalning yuqori mobilligi 
sharoitida pul-kredit va fiskal siyosat. Kapitalning past mobilligi sharoitida pul-
kredit va fiskal siyosat.

Yüklə 371,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə