Mintaqaning hozirgi zamon ijtimoiy ekologik xavflari va taxdidlari Reja: 1



Yüklə 16,37 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü16,37 Kb.
#136930
Mintaqaning hozirgi zamon ijtimoiy ekologik xavflari va taxdidlari


Mintaqaning hozirgi zamon ijtimoiy ekologik xavflari va taxdidlari
Reja:
1. Mintaqaning hozirgi zamon ijtimoiy ekologik xavflari va taxdidlari
2. Yer tabiati yagonaligini yaqqolroq tasavvur qilish

Tabiat deyilganda biz o ‘zimizni o ‘rab turgan havo, suv, tuproq, tog‘ jinslari, o ‘simlik va hayvonotlardan iborat murakkab moddiy borliqni ko‘z o ‘ngimizga keltiramiz. U insonning barcha moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiruvchi yagona manba hisoblanadi. Bu jihatdan uni onaga qiyoslab, bejizga «Ona tabiat» deb ardoqlanmaydi. Hozir inson aqlzakovati tufayli yerdan bir necha milliard yorug‘lik yiliga teng keladigan uzoqliklarni «ko‘rayotgan» bo‘lsa ham bizga m a’lum bo‘lgan Olamda birortayam yer sayyorasining tabiatiga o ‘xshash tabiat va hayot shakli mavjudligi aniqlanmagan. Yer tabiati yagonaligini yaqqolroq tasawur qilish oson bo‘lishi uchun quyidagi ma’lumotlami keltiramiz. Hozirgi ilmiy ma’lumotlarga qaraganda biz bilgan olam (koinot) bir-biridan bir necha yorug‘lik yiliga teng masofalarda joylashgan bir nechta galaktikalardan tashkil topgan. Bu galaktikalarning har biri necha-necha m illiard yulduzlardan va boshqa fazoviy unsurlardan iborat ulkan tuzilmalardir. Jumladan, bizning Quyoshimiz joylashgan «Somon y o ‘li» galaktikasida 150 milliarddan ziyod turli o ‘lchamlardagi yulduzlar bo‘lib, Quyosh undagi o‘rtacha kattalikdagi yulduzlardan biri hisoblanadi, xolos. Quyosh atrofidagi 9 ta sayyora va boshqa fazoviy jismlar bilan birgalikda Quyosh sistemasini tashkil etadi. Bu sistemaning diametri 12 milliard kilometrga teng bo‘lib, umumiy massasining 98-99 foizi quyoshda jamlangan. Bizning yer esa mana shu sistemaning o'rtacha kattalikdagi bitta sayyorasidir. Tabiatning inson va jamiyat uchun ahamiyati juda katta va turli-tumandir. Uni inson ehtiyojini qondirish jihatlariga qarab, iqtisodiy. ilmiy, sogMomlashtirish, tarbiyaviy va estetik kabi ahamiyatlarini farqlash mumkin. www.ziyouz.com kutubxonasi Iqtisodiy ahamiyati deyilganda undagi resurslardan (havo, tuproq, minerallar, o ‘simlik va hayvonlar) turli ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishda asosiy moddiy manba sifatida foydalanish tushuniladi. Ma’lumki, inson va jamiyat ehtiyojlarini qondiruvchi barcha mahsulot va xomashyolar tabiiy manbalar hisobiga yaratiladi. Ilmiy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, insonning barcha bilimlari negizida tabiat va undagi turli jarayonlarni kuzatish, o'rganish, tahlil etish va amaliy xulosalar qilish yotadi. Sog‘lomlashtirish ahamiyati deyilganda sof tabiiy unsurlar (musaffo havo, toza suv, unumdor tuproq, bahavo o‘rmon)ning va shifo beruvchi tabiiy modda va jarayonlam ing inson salomatligiga ijobiy ta’siri tushuniladi. Bundan qariyb ming yil awal yashab o‘tgan buyuk o ‘tmishdoshimiz Abu Ali ibn Sino «Odamlar salomatligi tashqi sharoit bilan chambarchas bog‘langan» deganda tabiatni aynan shu xususiyatini nazarda tutgan bo‘lishiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Tarbiyaviy ahamiyati deyilganda sof haqiqiy tabiatni kishilarda oliyjanoblik, xushfe’llik, bag‘rikenglik, vatanparvarlik, ulug‘vorlik, muloyimlik kabi axloqiy xislatlarni uyg‘otish va shakllantirish xususiyatlari tushuniladi. Tabiat qo‘ynida yoki teztez u bilan birga bo‘lish insonlaming yoshidan qat’i nazar ularda insoniy fazilatlarning kamol topishiga yordam beradi. Jamiyatda kuzatiladigan ruhiy qashshoqlik, loqaydlik, qo‘pollik, jahldorlik, rahm-bliafqatsizlik, vahshiylik kabi illatlarning avj olish sabablaridan biri ham kishilarni sun’iy (texnogen) muhitga tushib, tabiatdan ajralib qolganliklaridandir. Tabiatning estetik ahamiyati beqiyosdir.
Insondagi barcha go‘zallik, mukammallik, musiqa, tasviriy san’at, kuy-navo hislari va ularga boMgan ehtiyojlarining negizida tabiat yotadi. Tabiatdagi yam-yashil vodiylar, zilol suvli buloq va soylar, purviqor tog‘lar, bepoyon kengliklar, rang-barang gullar, xushovoz va chiroyli qushlar inson uchun faqat moddiy ne’matlar manbaigina emas, balki bitmas-tuganmas ijod, go‘zallik, did va ruhiy quwat manbaidirlar. Ko'rinib Luiibuiki, inson ham jismonan, ham ruhan atroftabiiy muhit bilan uzviy bogiiq ekan. U tirik organizm sifatida www.ziyouz.com kutubxonasi o'z mavjudligini ta’minlash uchun doimo tabiat bilan modda, energiya va axborot almashib turishga majburdir. Bu degan so'z, inson tabiatni tarkibiy qismi sifatida u bilan birgalikda, uni ichida mavjud bo‘la oladi demakdir. Insonning tabiatga ta’siri boshqa faol boMmagan mavjudotlar (o'simlik va hayvonot) ta’siriga nisbatan faol va xarakteri jihatdan tubdan farq qiladi. Ya’ni, inson ongi tufayli tabiatni o‘z ehtiyoji va maqsadiga muvofiq tarzda o'zgartirish va moslashtirish imkoniyatiga ega. Tabiat bilan bo'ladigan munosabatlarda insonga faollik va boshqa tirik mavjudotlar orasida yetakchilik qilish huquqini beruvchi omil inson ongi ijtimoiy muhitda, ya’ni jamiyatda shakllanadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib insonni ikkita, ya’ni tabiiy va ijtimoiy muhitlarning mahsuli bo'lgan bioijtimoiy mavjudot deb atash mumkin. Insonda ham moddiy(tana) va ruhiy (ong) mohiyat mujassamlashgandir. U tirik mavjudot sifatida tabiat mahsuli, ongi tufayli esa ijtimoiy muhit(jamiyat) mahsuli hisoblanadi. O'zlarining biologik xususiyatlari, ijtimoiy mavqelari va boshqa sharoitlariga ko'ra turlicha ongga ega bo'lgan kishilar birgalikda kishilik jamiyatini tashkil etadilar. Bundan ko'rinib turibdiki, inson tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi bog'lovchi ko'prik vazifasini o'taydi. Bundan yana shunday xulosa ham kelib chiqadiki, inson tabiatni uzviy tarkibiy qismi bo'lganligi uchun ular tashkil etgan jamiyat ham tabiatsiz mavjud bo'la olmaydi. Boshqacha qilib aytganda, tabiat, inson va jamiyat yaxlit bir tizim sifatida faoliyat ko'rsatadilar hamda ular mazkur tizimning tarkibiy qismlari bo'lib hisoblanadilar
Yüklə 16,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə