Miofibrilla – kontraktil oqsil birikmalari mavjud. Miozin – yo’g’on oqsil- soni 1500lar atrofida, aktin


Silliq mushakning 2 tipi farqlanadi



Yüklə 2,26 Mb.
səhifə6/6
tarix04.06.2022
ölçüsü2,26 Mb.
#88708
1   2   3   4   5   6
Mushak fiziologiyasi

Silliq mushakning 2 tipi farqlanadi:

  1. Unitar silliq mushak- ichki a’zolar- me’da,ichak, siydik pufagi va ba’zi qon tomirlarda uchraydi. O’ziga xos tuzilishi –ularning hujayralari bir-biri bilan neksuslar, desmosomalar,chok birikmalari va adgeziyalanish orqali bog’langan bo’ladi. Chok birlashmalari ahamiyat, ular 2ta geksomer oqsillari orasida hosil bo’ladi.Geksomer oqsillar o’zara konneksonlar bilan birikkan . Bunday birlashish bir hujayradagi HP ni ikkinchisiga o’tkazilishini va hujayralarni o’zaro aloqda bo’lib turishini ta’minlaydi.Unitar muskullarda faqatgina ba’zi muskul hujayralari nerv tolasidan impulsni qabul qiladi va ular qo’zg’alishdan keyin boshqa unitary hujayralarni qisqarishini ta’minlab beradi . Bunday hujayralar peysmekerlar , ya’ni qisqarish ritmini boshlab beruvchilar deyiladi.

  2. Multiunitar silliq mushak- alohida silliq mushak hujayralaridan iboratligi ahamiyatli. Har bir hujayra vegetative nerv sistemasi nerv tolalari bilan innervatsiya qilinadi.Misol, ko’zning siliar mushaklari, qon tomir silliq mushalaridir.



Ba’zi patologik holatlar
Asetilxolin ba’zi omillar ta’sirida presinaptik membranadan ishlab chiqilmasligi yoki retseptor bilan bog’lanmasligi mumkin. Bunday jarayonlar AX-esteraza bilan ham sodir bo’lishi mumkin. Masalan, ba’zi insektitsidlarda, organofosfat ta’sirida AX-esterza funksiyasi ingibirlanadi, natijada, AX sinaptik bo’shliqda parchalanmay ko’p to’planadi . Bu esa mushakni tinimsiz stimullanishiga va bo’shasholmay qolishiga sabab bo’aldi. Bunday patologik holat – spastik falajlanish deyiladi.Aga nafas mushaklari falajlansa o’lim ham sodir bo’lishi mumkin.Kuraresimon moddalar mushakda kuchsiz paralijni keltirib chiqaradi. Kurarelar odam un kuchli zahar emas, xirurgiyada mushaklarni bo’shatish uchun ishlatiladi. Miasteniya- antitanalar ishlab chiqarilishiga bog’liq kasallik bo’lib, bu antitanalar AX retseptorlari bilan bog’liq bo’lib, retseptor uchlaridagi AX ni parchalab tashlaydi. Natijada qisqarish yuz bermaydi. Miasteniya turli korinishlarda ,masalan, mushak kuchsiz falaligi yoki mushak kuchsizligi bilan namoyon bo’ladi. Ularni davolashda neostigmine unumlari AXesterazani bloklashi orqali qisman davolashi mumkin.
Mushak distrofiyalari- distrofin oqsiliga bog’liq bo’lib ,uni belgilovchi gen X-ressesiv tipda irsiylanadi. Genetik nuqson natijasida funksiyasiz distrofin hosil bo’ladi va bu Dyushen Mushak distrofiyasi kabi kasallikning kelib chiqishiga asosdir.
Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə