123
saqlanadi. Lug‘at muallifi Mustafo Sodiq. Lug‘atni 1869 yilda Velyaminov-Zernov
nashr qilgan va unga fransuz tilida so‘z boshi yozgan.
Lug‘atda 2000 so‘z bo‘lib, bular asosan Navoiyning badiiy, ilmiy va tarixiy
asarlaridan olingan. Tushunarsiz har bir so‘zning leksik va ko‘chma ma’nolari
Navoiy g‘azallari va dostonlaridai keltirilgan misollar bilan turkiyda izohlanadi.
Har xil grammatik shakllardagi so‘zlar alifbo tartibida beriladi:
ikov, ikagu, ikavla,
ikalamiz; bo‘lg‘acha, bo‘lg‘ucha, bo‘lguncha, to‘rtta, to‘rtala, to‘rtovla, to‘rtalasi
.
Lug‘atda so‘z ma’nosi, asosan, 2 xil usulda ochib berilgan.
Birinchisida
lug‘atshunos so‘z ma’nosini bir so‘z bilan lo‘nda ifodalaydi. Chunonchi,
ko‘kumtul
leksemasi “ko‘m-ko‘k” deb izohlangan. Ikkinchisida so‘z ma’nosi tushuntirish
yo‘li bilan ochib berilgan:
qirov - qirag‘u demakdurki, savuq ayyomda gecha ila
havodan yera dushar, yeri ag‘arduri
. Asardagi leksemalar birinchi bo‘g‘indagi
unlilarning xususiyatiga muvofiq uch bobga bo‘linadi. Bunda unlilarning maxsus
harflar bilan ifodalanishi yoki berilmasligi ahamiyatsiz.
A. Barovkov “Abushqa”ni “Badoe’ul - lug‘at”ning qayta ishlangan varianti,
- deb yozadi. Bunda olim ularning biri-biriga yaqinligini nazarda tutadi.
Dostları ilə paylaş: