Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulteti 20-01 guruh talabasi



Yüklə 83,35 Kb.
səhifə1/2
tarix31.12.2021
ölçüsü83,35 Kb.
#82210
  1   2
TAROQLILAR (CTENOPHORA) TIPLARI(8)


Mirzo Ulug’bek nomidagi

O’zbekiston Milliy universiteti

Biologiya fakulteti

20-01 guruh talabasi

_________________________ ning

Zoologiya fanidan

Mustaqil ish

Mavzu:____________________________

Bajardi:_____________________________

Tekshirdi:___________________________

Toshkent 2021

TAROQLILAR (CTENOPHORA) TIPLARI

Reja: Kirish

1. Taroglilar (Ctenophora)

2. Ko p ho 'jayralilar (Metazoa) 2. Ko p hujayralilar kelib chigishi va evolyusiyasi

3. G'ovaktanlilarlilar (Porifera) tipiga umumiy' tavsoa Porifera) tuzilishi.

4. G'ovaktanlilar (Porifera) jinsiy ko'rish va rivojlanish.

5. G'ovakianlilar (Porifera) xilma-xilligi.

6. Plastinkasimonlar (Placozoa) tipiga umumiy tavsif

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar

Taroqlilar (Ctenophora) — dengiz umurtqasizlari tipi. Tanasi shaffof, dildiroq, oval, tuxumsimon, choʻziq silindrsimon yoki boshqa shaklda. Tanasining bir uchida ogʻiz teshigi, 2uchida muvozanat organi (statotsist) joylashgan. Tana devori boʻshliqichlilar singari ektoderma va entodermadan iborat. Ektoderma bilan entoderma oraligʻida dildiroq mezogliy (strukturasiz qavat) boʻladi. Umumiy tuzilishi radial simmetriyaga moye keladi. Ogʻiz teshigi halqumga ochiladi; halqum oshqozon bilan bogʻlangan. Oshqozondan radial naylar tarqalgan. Bu naylar Taroqlilar tanasi chetiga kelib tana boʻylab joylashgan 8 qator meridional naylarga ulanib ketadi. Meridional naylar boʻylab qarakat organlari — 8 qator taroqsimon plastinkalar joylashgan. Har bir taroqsimon plastinka qator boʻlib bir-biriga yopishgan kiprikchalardan iborat. Taroqlilar germafrodit. Tuxumdan kiprikli lichinka chiqadi. 1 sinf (taroklilar) 2 ta kenja sinf (paypaslagichlilar va paypaslagichsizlar)ni oʻz ichiga oladi. 100 ga yaqin turi maʼlum. Barcha dengizlarda uchraydi; erkin suzib yuruvchi, dengiz tubida oʻrmalovchi yoki oʻtroq yashovchi hayvonlar. Asosan, plankton, baʼzan baliqlar uvildirigʻi va chavoqlari bilan oziqlanadi. Oʻljasini ogʻzi yoki uzun paypaslagichlari bilan yopishtirib oladi. T. treskasi mon baliklar uchun oziq. Keng tarqalgan turi beroyo boshqa Taroqlilar ni yeydi. Taroqlilar - dengizlarda yakka yashovchi hayvonlar. Ko ‘pchilik turlari suv qa’rida, boshqalari suv tubida o ‘rmalab hayot kechiradi. Tanasi bo'shliqichlilarga o ‘xshash ikki qavatdan, ya’ni ektoderma va endodermadan iborat. Bu qavatlar o ‘rtasida mezogleya bo‘ladi. Ko'pchilik taroqlilaming yopishuvchi hujayralari bo‘ladi. Shaklan o'zgargan kipriklar yordamida harakatlanadi. 90 ga yaqin turlari bitta sinfni tashkil etadi.



TAROQLILAR (CTENO PHO RA) SINFI.Tanasi odatda xaltaga o‘xshash bo‘lib, uning bir chetida og‘iz teshigi (oral qutbi), ikkinchi chetida chiqaruv teshigi (aboral qutbi) joylashgan. Tananing asosiy o ‘qi ana shu ikki qutbi orqali o'tadi. Asosiy o‘q orqali ikkita har xil simmetriya yuzasini o ‘tkazish mumkin. Ana shuning uchun taroqlilami ikki nurli simmetriyali hayvonlar deyish mumkin. Ammo ko'pchilik organlar (taroq plastinkalar, radial naylar, jinsiy bezlar) asosiy tana o'qi bo'ylab 8 tadan joylashadi. Shuning uchun taroqlilarda ikki nurli va sakkiz nurli simmetriya belgilari mujassamlashgan. Taroqlilarda birinchi marta dastlabki embrion yaproqlari va alohida muskul to'qimasi paydo bo'ladi; taroqsimon plastinkalar yordamida harakat qiladi. Muvozanat vazifasini maxsus aboral organ bajaradi Taroqlilar tanasining ikki yonida shoxlangan ikkita uzun paypaslagichlari joylashgan. Paypaslagichlar cho'zilishi yoki maxsus xalta ichiga joylashib olib, qisqarishi mumkin. Paypaslagichlarda joylashgan juda ko'p yopishqoq hu­jayralar o'ljasini ushlab turish uchun xizmat qiladi. Ayrim taroqlilaming pay­paslagichlari bo'lmaydi.Taroqlilar tanasi sirtida oral qutbidan aboral qutbi yunalishida 8 qator taroqsimon plastinkalar joylashgan. Har bir taroq plastinka asoslari orqali bir-biri bilan yopishgan qator kipriklardan iborat. Taroqchalami bir me’yorda silkinishi tufayli hayvon harakat qiladi. Mezogleyasi tiniq quyuq moddadan iborat. Mezogleyada muskul hujayralari to‘p bo'lib, taroq plastinkalari va paypaslagichlari ostida joylashgan.Hazm qilish sistemasi. Og'iz teshigi ektodermal yassi halqumga ochiladi. Halqum endodermal oshqozon bilan tutashgan. Oshqozon xaltaga o'xshab halqumga perpendikulyar yo'nalishda yassilashgan. Paypaslagichlari ana shu yuzada joylashganidan tananing bu qismi paypaslagichlar yuzasi deyiladi. Oshqozondan beshta nay boshlanadi. Shu jumladan ikkita uchi berk naylar halqumning ikki yoni bo ‘ylab og ‘iz teshigi tomonga yo'naladi. Bitta ingichka nay aboral tomonga ko'tariladi. Bu yerda ikki marta shoxlanib, to'rtta kalta va ingichka naylarni hosil qiladi. Ulardan ikkitasining uchi berk; ikkitasi esa ayirish teshigi orqali tashqariga ochiladi. Oshqozonning yana ikkita nayi ikkita paypaslagichlar yuzasi tomonga (tana o'qiga perpendikulyar yo'nalishda) tarqaladi. Ular shoxlanib, ikkitadan juft vabittadan toq naylarni hosil qiladi. Ikkita juft naylar yana bir marta dixotomik shoxlangach, sakkizta uchi berk meridional naylarga ochiladi. Meridional naylar taroqsimon plastinkalar ostiga joylashgan. Toq naylar esa paypaslagichlar asosiga keladi.Shunday qilib, halqum va oshqozonning yassilashganligi, oshqozondan boshlanadigan naylar vapaypaslagichlaming joylashuvi taroqlilarda sim- metriyaning ikki yuzasi borligini, ya’ni ular simmetriyasi ko'p nurli emas, balki ikki nurli simmetriyaga yaqin turishini ko'rsatadi.


Yüklə 83,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə