Miyada qon aylanishini yaxshilash uchun jismoniy mashq



Yüklə 29 Kb.
tarix03.08.2023
ölçüsü29 Kb.
#120314
jismoniy mashqlar


Maktab o`quvchilari uchun dars paytida bajarish uchun jismoniy mashqlar


  1. Miyada qon aylanishini yaxshilash uchun jismoniy mashq

1.Dastlabki holat stulda o`tirgan holat.
“Bir” – boshni orqaga egish.
“Ikki” – boshni oldinga egish.
Yelkalarni ko`tarmasdan sekin tempda 4 – 6 marta takrorlanadi.

2.Dastlabki holat stulda o`tirgan holda, qo`llar belda.


“Bir” – bosh o`ngga buriladi.
“Ikki” – dastlabki holat.
“Uch” – bosh chapga buriladi.
“To`rt” – dastlabki holat.

3.Dastlabki holat o`tirgan holda, qo`llar belda (tik turib ham bajarish mumkin).


“Bir” – chap qo`lni oldindan yoyib o`ng yelkaga qo`yamiz.
“Ikki” - boshni chap tomonga buramiz.
“Uch” – dastlabki holat.
“To`rt” – o`ng qo`lni oldindan yoyib chap yelkaga qo`yamiz.
“Besh” - boshni o`ng tomonga buramiz.
“Olti” – dastlabki holat.
4 – 6 marta sekinlik bilan takrorolanadi.

  1. Yelka va qo`llarda qon aylanishini yaxshilash (charchoqni olish) uchun.

1. Dastlabki holat o`tirgan holda, qo`llar belda (tik turib ham bajarish mumkin).
“Bir” – o`ng qo`l oldinga.
“Ikki” – chap qo`l tepaga.
“Uch” – dastlabki holat.
“To`rt” - chap qo`l oldinga.
“Besh” – o`ng qo`l tepaga.
“Olti” – dastlabki holat.
3 – 4 marta takrorlanadi. Keyin qo`llarni pastga tushirib, bo`sh qo`yib kaftlarni silkish, boshni oldinga egish. O`rtacha tempda.

2. Dastlabki holat o`tirgan holda, kaftlar orqa tarafi bilan belga (tik turib ham bajarish mumkin).
“Bir” – tirsaklar oldinga.
“Ikki” – bosh oldinga egiladi.
“Uch” – dastlabki holat.
“To`rt” - tirsaklar orqaga.
“Besh” – bosh orqaga.
“Olti” – dastlabki holat.
6 – 8 marta takrorlanadi. Keyin qo`llar pastga va bo`sh qo`yib ohista silkish. Sekinlik bilan.

3. Dastlabki holat o`tirgan holda, qo`llar tepada.
“Bir’ – qo`l musht qilib tugiladi.
“Ikki” – qo`l ochiladi.
6 – 8 marta takrorlanadi. Keyin qo`llar pastga va bo`sh qo`yib ohista silkish. O`rtacha tempda.


  1. Gavdada qon aylanishini yaxshilash (charchoqni olish) uchun.

1.Dastlabki holat tik turgan holda, oyoqlar yelka kengligida, qo`llar bosh orqasida.


“Bir” – gavdani birdek o`ngga burish.
“Ikki” – dastlabki holat.
“Uch” - gavdani birdek chapga burish.
“To`rt” - dastlabki holat.
Takrorlash jarayonida yelkalar qimirlamasligi kerak. 6 – 8 marta o`rtacha tempda.

2. Dastlabki holat tik turgan holda, oyoqlar yelka kengligida, qo`llar bosh orqasida.


“Bir” – belni o`ng tomonga aylanma harakat qilish.
“Ikki” – dastlabki holat.
“Uch” - belni chap tomonga aylanma harakat qilish.
“To`rt” - dastlabki holat.
“Besh” – qo`llar pastga tushiriladi va bo`sh qo`yib silkish. 4 – 6 marta o`rtacha tempda.

3. Dastlabki holat tik turgan holda, oyoqlar yelka kengligida.


“Bir” – o`ng qo`l bilan oyoqlardan pastga qarab yurgiziladi.
“Ikki” – chap qo`l bilan oyoqlardan yuqoriga qarab yurgiziladi.
“Uch” – dastlabki holat.
“To`rt” – chap qo`l bilan oyoqlardan pastga qarab yurgiziladi.
“Besh” – o`ng qo`l bilan oyoqlardan yuqoriga qarab yurgiziladi.
6 – 8 marta o`rtacha tempda takrorlanadi.
Yüklə 29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə