Mobile browser bilan ishlash



Yüklə 17,85 Kb.
tarix03.01.2023
ölçüsü17,85 Kb.
#98141
MOBILE BROWSER BILAN ISHLASH


MOBILE BROWSER BILAN ISHLASH

Veb yorituvchi yoki bráuzer (inglizcha: Web browserdan) — qidirish, veb-saytlarni koʻrib chiqish (asosan WWWdan), ular bilan ishlash, kiritish va bir sahifadan ikkinchisiga oʻtish uchun moʻlgalllangam programma taʼminoti


Mozilla loyihasi 1998-yilda yaratilgan. Shu vaqtda Netscape brauzerining manba kodi ham e’lon qilingan edi. Bundan maqsad internetdagi minglab dasturchilarning ijodiy salohiyatidan foydalanish hamda brauzer bozorida misli ko‘rilmagan kashfiyotlarga yo‘l ochish edi. Bir yil ichida yangi jamiyatning dunyo bo‘ylab tarqalgan a’zolari yangi funksiyalar qo‘shishdi, mavjudlarini yaxshilashdi hamda loyihaning boshqaruvi va rejalarida ishtirok eta boshlashdi.
Ochiq jamoat yaratish orqali Mozilla loyihasi har qanday kompaniyadan ulkan bo‘ldi. Jamiyat a’zolari jalb etilgan va loyihaning original maqsadi sferasi kengaydi — odamlar Netscape’ning keyingi brauzeri ustida ishlash o‘rniga, turli xil brauzerlar, dasturlash asboblari va boshqa bir qator loyihalar ustida ishlay boshlashdi. Odamlar Mozilla’ga turli xil yo‘llar bilan hissa qo‘shishdi, ammo hamma odamlarga internetni sinab ko‘rish uchun tanlash imkonini beradigan erkin dasturiy ta’minot yaratishni kengaytirishdi.
Bir necha yillik rivojlanishdan so‘ng Mozilla 1.0, birinchi yirik versiya, 2002-yili e’lon qilindi. Ushbu versiya brauzer, e-pochta mijozi va to‘plamga qo‘shilgan boshqa ilova dasturlarga ko‘pgina yaxshilanishlar bilan namoyish qilingandi, lekin ko‘pgina odamlar uni sinab ko‘rishmadi. 2002-yilda, 90% dan ortiq internet foydalanuvchilari Internet Explorer bilan internetga kirishardi. Ko‘pgina odamlar e’tibor berishmadi, ammo Phoenix (keyinroq Firefox deb nomi o‘zgartirildi)ning birinchi versiyasi Mozilla jamoasi a’zolari tomonidan o‘sha yili internetga kirishning eng zo‘r imkoniyatlarini keng ommaga namoyish qilish maqsadi bilan bila e’lon qilingandi.
2003-yilda Mozilla loyihasi alohida mablag‘ bilan ta’minlovchilar va turli kompaniyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan "Mozilla Foundation"ni - mustaqil notijorat tashkilotni yaratdi. Yangi Mozilla Foundation loyihaning joriy faoliyatini boshqarishdagi rolini davom ettirdi, shuningdek, ochiqlik, innovatsiya va imkoniyatni rivojlantirishni rasmiy qo‘lga oldi. Bu Firefox va Thunderbird kabi dasturiy mahsulotlarni chiqarich va yangi hudularga keyngaytirish, internet mavjudligini yaxshilash uchun grantlar bilan davom etdi.
Firefox 1.0 2004-yilda e’lon qilindi va katta yutuqqa erishdi — bir yildan oz vaqtda u 100 million marta atrofida yuklab olindi. Firefox‘ning yangi versiyalari shu paytdan boshlab muntazam chiqa boshladi va yangi rekordlar o‘rnatishni saqlab qoldi. Firefox mashhurligi foydalanuvchilarga qaytadan tanlash imkonini berdi. Yangilangan raqobat tezlashgan innovatsiya ega edi va internet hamma uchun yaxshilandi.
2013-yilda biz internetning butun kuchini smartfonlarda ochish va internetda kezuvchi yangi odamlar avlodiga boshqarish va tanlash imkonini yana bir bor taklif qilish uchun Firefox OSni ishga tushirdik.
Shuningdek, Mozilla 15 yillik yubileyini 2013-yilda nishonladi. Jamiyat tijoratga asoslangan kompaniyalar ochiq manba kodli loyihalar bilan hamkorlikdan yutishi mumkinligini ko‘rsatdi, ko‘p foydalanuvchili mahsulotlarni ochiq manbali dasturiy mahsulot sifatida ishlab chiqarish mumkin. Ilgari internetdan foydalanuvchilar soniga nisbatan ko‘proq odamlar undan o‘zlarining ona tillarida foydalanishmoqda. Ommaga foydali maqsadda bozor mexanizmini foydalanadigan mos tashkilot tuzilgan edi va ushbu model boshqalar tomonidan ochiq, shaffof va keng ko‘lamdagi hududlardagi mos tashkilotlar tuzishda qayta foydalanilmoqda.
O‘tmishimiz bilan solishtirganda kelajak muammo va imkoniyatlar bilan to‘la. Internet ochiq yoki huzurbaxsh yoki xavfsiz bo‘lib qolishiga kafolat yo‘q. Mozilla odamlar ovozlarini eshitiladigan va shaxsiy onlayn hayotlarini shakllantirish uchun imkoniyatlarini namoyish qilishda davom etadi. Albatta, bularni amalga oshirishda biz yolg‘iz emasmiz. Mozilla jamiyati ochiq manbali loyihalar va boshqa ijtimoiy foydali tashkilotlar bilan birga mavjud, chunki umumiy maqsadimizni hayotda amalga oshirishda birlashadigan odamlar mavjud. Agar bizga - maqsadimizga qo‘shilishni xohlasangiz, marhamat qo‘shiling.
Yüklə 17,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə