INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ON "MODERN
EDUCATION: PROBLEMS AND SOLUTIONS"
Vol. 2 No. 8 (2023)
116
MILLIY SPORT O’YINLARI TARIXI VA BUGUNGI KUNDAGI AHVOLI
Marayimov Zokirjon Sadirovich.
Andijon viloyati, Paxtaobod tumani,
5-umumiy ta'lim maktabi.
Jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada milliy sport o„yinlarini tashkil etish muammosi
bo„yicha ilmiy adabiyotlar tahlili boraridagi ilmiy tadqoqot natijalari asosida
olingan
ma`lumotlar haqida so„z boradi.
K
alit so’zlar:
milliy sport o„yinlari, bolalar o„yinlari, kurash, chavandozlik,
tiyrandozlik, ov, o„q otish, qilichbozlik, qalqonbozlik, nayzabozlik, kurash, ot
o„yinlari
O„zbek xalq o„yinlarining paydo bo„lish tarixi va taraqqiyotini tadqiq
qilishda shu kungacha saqlanib kelgan qadimiy me‟morchilik (yunon, rim, arab,
fors mualliflarining qo„lyozmalari, turkiy bitiklar) obidalari va amalga oshirilgan
arxeologik qazishmalar, shuningdek, xalq og„zaki ijodi (epos, doston, rivoyat,
afsona, topishmoq, o„yin, raqs, musiqa va boshq.) namunalarining natijalarini
kontent-tahlilga jalb etish g„oyat muhimdir.
Elementar tarbiyaning bosh masalasi bolani jismoniy jihatdan tarbiyalashdir.
Shveysariyalik mashhur pedagog I.P.Pestalotssining aytishicha: “Hayot ... yetilgan
jismoniy nihollarning uyg„onishidan boshqa narsa emas, bu nihollar endi o„zining
butun kuchi bilan, o„zining hamma novdalari bilan o„sishga va kamolotga yetishga
intiladi hamda insonga aylanishi lozim bo„lgan jonivorning uyg„onishidan boshqa
narsa emas. Shuning uchun bolaning kundalik jismoniy kuchlarini mashq qildirish
va rivojlantirish muhimdir”.
Pestalotssi jismoniy tarbiya orqali bolaning jismoniy kuchlarini
rivojlantirish uchun uni turli harakatlarga yo„naltirishga alohida e‟tibor bergan.
Dostları ilə paylaş: |