|
Modern education: problems and solutionsINTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ON "MODERN INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ON "MODERN
EDUCATION: PROBLEMS AND SOLUTIONS"
47
Vol. 2 Issue 5
.
sog’lomlashtirish muammosi jahon xalqlari diqqat markazida bo’lib, Orol dengizi
havzasini barqaror rivojlantirishga bag’ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar
o’tkazilib ularda istiqbolli dasturlar ishlab chiqilmoqda. 1995-yil sentabr oyida
Nukus shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida bo’lib o’tgan
«O’rolbo’yi mamlakatlarining barqaror taraqqiyoti» mavzusidagi xalqaro anjuman
ham aynan yuqorida ta’kidlangan muammolarga bag’ishlangan edi.
Bu anjumanda Markaziy Osiyodagi besh davlat prezidentlari, hukumatlar
rahbarlari bilan birga o’nlab xalqaro tashkilotlar va 35 davlatning vakillari ishtirok
etib, o’lkada yuzaga kelgan xavfli ekologik halokatni bartaraf etish masalalarini
o’rganib chiqdilar. Anjuman ishida 300 dan ortiq mutaxassislar, diplomatlar,
vazirlar va davlat rahbarlari qatnashib, ular Orol dengizining qurishi bilan bog’liq
bo’lgan ushbu asosiy masalalami muhokama qildilar.
Unda Nukus deklaratsiyasiga imzo chekildi va istiqbolda olib boriladigan
siyosiy va amaliyishlar borasida aniq majburiyatlar olindi, boshlang’ich mablag’lar
belgilandi.
2019-yil 24-avgust kuni Turkmanboshi shahrida Orolni qutqarish xalqaro
jamg’armasi ta’sischi davlatlar rahbarlari kengashining majlisi bo’lib o’tdi.
Prezidentlar avval tor doirada uchrashuv o’tkazdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti
Shavkat
Mirziyoyev,
Turkmaniston
Prezidenti
Gurbanguli
Berdimuhamedov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon,
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirgʻiziston
Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov ishtirok etdi
2
.
Majlisda jamg’arma faoliyatini takomillashtirish, mintaqadagi ekologik
vaziyatni yaxshilash, suv resurslarini muvofiqlashtirgan holda boshqarish, bu
borada
Markaziy
Osiyo
mamlakatlarining
hamkorligini
mustahkamlash
masalalariga e’tibor qaratildi.
2
Nazarov A.A. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish.,Darslik. – Toshkent., 2020. – B. 148-149.
|
|
|