Moliya va moliyaviy texnologiyalar fanidan taqdimot



Yüklə 9,44 Kb.
səhifə2/3
tarix23.12.2023
ölçüsü9,44 Kb.
#155843
1   2   3
NURMUHAMMAD

ATB “Universal bank” bank guruhining joriy stratеgik ustuvor yo‘nalishlari qatorida foydani oshirish maqsadida aktivlar va passivlarni samarali boshqarish, qarzdor sifatiga yo‘nalgan holda krеdit portfеlini muntazam o‘stirib borish, vositachilik foydasini oshirish, qarz kapitali bozoriga mablag‘larni ko‘proq jalb etish, hisob-kitob biznеsi va masofadan xizmat ko‘rsatish kanallarini yanada rivojlantirishni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.

ATB “Universal bank” ­ ­- O‘zbеkiston banklari uyushmasi va Invеstitsiya institutlari milliy uyushmasi a’zosi. "Fitch Ratings" xalqaro reyting kompaniyasining 2021-yil oxiridagi hisobotiga ko'ra, emitentning uzoq muddatli defolt reytingi "Barqaror" bashorati bilan "B-" darajasi tasdiqlangan.

Universal bank „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“gi Qonunning yangi tahriri 32-moddasiga binoan [8] 3 pogʻonali boshqaruv organi tomonidan boshqariladi: Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi; Bank Kuzatuv kengashi; Bank Boshqaruvi. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi bank boshqaruvining oliy organi boʻlib, bankning oddiy aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyadorlarining maʼlum muddatda yigʻilib, vakolati doirasida bank uchun qarorlar qabul qiladi.

Bank Kuzatuv kengashi bank faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi. Bank Boshqaruvining faoliyatini tekshiradi, hisobotlarini qabul qiladi. Universal bank Kuzatuv kengashi 7 kishidan iborat: Anvar Irchayev (Kuzatuv kengashi raisi), Sharif Norov (Kengash aʼzosi), Aziz Sattarov (Kengash aʼzosi), Ubaydulla Gazaxunov (Kengash aʼzosi), Azamat Abdusamatov (Kengash aʼzosi), Davron Xasanov (Kengash aʼzosi) hamda Anvar Arslanov (Kengash aʼzosi) [9].

Bank Boshqaruvi bankning ijro organi hisoblanib, kundalik faoliyatdagi barcha joriy faoliyatga javob beradi. Universal bank Boshqaruvi 5 kishidan iborat [9]: Buvanazarov Alisher Anvarovich — Boshqaruv raisi (2022-yil 18-fevraldan [10]); Mirzayev Aziz Valiyevich — Boshqaruv raisi birinchi oʻrinbosari; Karabaev Rustam Ravshanovich — Boshqaruv raisi oʻrinbosari; Abdullaev Shavkatjon Ismoilovich — Bosh buxgalter; Ismoilov Mavzurjon Ahadovich — Bank xizmatlarini tashkil etish hamda rivojlantirish departamenti direktori.



Yüklə 9,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə