Moliyaviy hisob va hisobat


Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) hisobi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə136/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

10.2. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) hisobi
Mahsulot (ish xizmatlar)ni sotishdan olingan yalpi foyda korxonada yaratilgan foydani ifodalaydi. Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foydani topish uchun mahsulotni sotishdan tushgan sof tushumlardan shu sotilgan mahsulot tannarxini chegirib tashlash kerak, o‘z navbatida, mahsulot sotishdan tushgan sof tushumni topish uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan keyin kelgan tushumdan qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsiz solig‘i, qaytarilgan tovarlar qiymati, xaridorga berilgan skidkalar(chegirmalar) ayirib tashlanadi.
Demak, mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda mahsulot sotishdan tushgan sof tushum bilan sotilgan mahsulot tannarxi orasidagi farqqa teng. Bu farq ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Ijobiy farq foyda sifatida, salbiy farq esa zarar sifatida e’tirof etiladi.
Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushumni hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:
9010-“Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad”
9020-“Tovarlarni sotishdan olingan daromad”
9030-“Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar”
9040-“Sotilgan tovarlarning qaytishi”
9050-“Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar”
9010-“Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar”, 9020-“Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar”, 9030-“Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar” hisobvaraqlarining kreditida korxonaning asosiy faoliyatidan (mahsulot sotish, ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) olingan daromadlar aks ettiriladi va 4010-“Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”, 4110-“Alohida balansga ajratilgan bo‘linmalardan olinadigan schyotlar” hamda pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti bilan o‘zaro korrespondentsiyada bo‘ladi.
9040-“Sotilgan tovarlarning qaytishi” va 9050-“Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” hisobvaraqlari kontrpassiv hisobvaraq bo‘lib, 9010, 9020, 9030-hisobvaraqlar summasini korrektirovka qilib turadi. 9040-hisobvaraqning debet oboroti mahsulot sotishdan tushgan tushum summasidan chiqarib tashlanadi.
Sotilgan mahsulotning qaytarib olinishiga quyidagicha provodka beriladi:
Debet 9040-“Sotilgan mahsulotning qaytishi”
Kredit Pul mablag‘lari hisobvaraqlari.
Qaytarib olingan mahsulot va tovarlarning tannarxiga qizil storno yozuvi orqali quyidagicha provodka beriladi:
Debet 9110, 9120, 9130
Kredit 2810, 2910, 2920
Qaytarib olingan mahsulot va tovarlar bo‘yicha hisoblangan QQS summasiga quyidagicha provodka beriladi:
Debet 6410-“Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar”
Kredit 5110-“Hisob-kitob schyoti”.
Hisobot davri oxirida 9040-hisobvaraqning debet saldosi yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi:
Debet 9900-“Yakuniy moliyaviy natija”
Kredit 9040-“Sotilgan tovarlarning qaytarilishi”.
9050-“Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” schyotida tayyor mahsulot va tovarlar qiymatidan xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar hisobga olinadi. Xaridor va buyurtmachilarga chegirmalar berilganida quyidagicha provodka beriladi:
Debet 9050-“Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar”
Kredit 4010, 4110-hisobvaraqlar.
Hisobot davri oxirida 9050-hisobvaraqning debet saldosi yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi:
Debet 9900-“Yakuniy moliyaviy natija”
Kredit 9050-“Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar”.
Sotilgan tayyor mahsulot, tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi to‘g‘risidagi axborotlar quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiriladi:
9110-“Sotilgan mahsulot tannarxi”
9120-“Sotilgan tovarlar tannarxi”
9130-“Sotilgan ish va xizmatlar tannarxi”
9140-“Davriy hisobda TMZlarni xarid qilish va sotish”
9150-“Davriy hisobda TMZlar bahosiga tuzatishlar”.
Ushbu hisobvaraqlarning debeti ko‘payishni, krediti kamayishni ko‘rsatadi. 9110, 9120, 9130-hisobvaraqlar tranzit bo‘lib, hisobot davrining boshiga qoldiq qolmaydi.
Sotilgan tayyor mahsulot, tovarlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi 9110, 9120, 9130-hisobvaraqlarning debeti va 2011-“Asosiy ishlab chiqarish”, 2810-“Ombordagi tayyor mahsulot”, 2910-“Ombordagi tovarlar” hisobvaraqlarining krediti bilan o‘zaro korrespondentsiyada aks ettiriladi.
Oy oxirida mahsulot, ish va xizmatlarning haqiqiy tannarxi bilan reja tannarxi orasidagi farqi tegishli hisobvaraqlarga o‘tkaziladi.
Bunda quyidagicha provodkalar beriladi:
Debet 2810, 2820 - tayyor mahsulotga tegishli farq summasiga
Debet 9110, 9130 - sotilgan mahsulot, ishlar va xizmatlarga tegishli farq summasiga
Kredit 2011, 2310
Agar ushbu farq summasi ortiqcha qilingan xarajatni ko‘rsatsa, yuqoridagi provodkalar beriladi. Agarda tejalgan summani ko‘rsatsa, ushbu provodkalar qizil storno yozuvi orqali reja tannarx haqiqiy tannarxga etkazib quyiladi.
4010-“Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” hisobvarag‘i aktiv bo‘lib, uning savdosi xaridor va buyurtmachilarning korxonadan sotilgan mahsulot (ish, xizmat)lar bo‘yicha qarzini ko‘rsatadi, debet oboroti hisobot oyida topshirilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning sotish qiymatini, kredit oboroti esa hisobot oyida xaridorlar tomonidan to‘langan summani ko‘rsatadi.
Mahsulot (ish, xizmat) sotilishi hisobini tashkil qilishda sotilgan mahsulot, tovarlar, ish va xizmatlarning har birining alohida turi bo‘yicha yuritilib, sotilayotgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning tarkibiy tuzilishi hamda ularning har birining umumiy sotilish summasidagi hissasi, har qaysining foydalilik darajasi va boshqa ma’lumotlar aks ettirilishi lozim.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə