Moliyaviy investitsiyalar auditi


Moliyaviy investitsiyalar auditining xususiyatlari, maqsadi, vazifalari va ma'lumot manbalari



Yüklə 149 Kb.
səhifə2/9
tarix23.05.2023
ölçüsü149 Kb.
#112173
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Pechat Azizbek moliyaviy-investitsiyalar-auditi

1. Moliyaviy investitsiyalar auditining xususiyatlari, maqsadi, vazifalari va ma'lumot manbalari
Subyektlar dividendlar yoki foizlar ko`rinishida qo`shimcha daromad olish maqsadida, o`zlarini erkin mablag`larini moliyaviy qo`yilmalar sifatida boshqa subyektlarga berishlari mumkin, boshqacha qilib aytganda – moliyaviy investitsiya hisoblanadi.
Auditorlik tekshiruvi jarayonida subyekt tomonidan uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni iqtisodiy samaradorligiga katta e'tibor qaratish lozim.
Hozirgi rivojlanayotgan bozor sharoitida ushbu masala nazariy jihatdan ishlab chiqilmagan, biroq, amaliyotda uning ba'zi bir jihatlari sekin-asta o`z ifodasini topmoqda, chunonchi, boshqa subyektlar ustav kapitaliga investitsiyalar kiritish, subyektlardan qimmatli qog`ozlarni sotib olish, ularga qarz berish va investor-subyektlar bergan qarzlari bo`yicha foizlar va kiritgan investitsiyalari bo`yicha dividendlar ko`rinishida daromad olishlari haqiqiy ifodasini topdi.
Investitsiyalar samaradorligi masalasini ko`rib chiqishni, boshqa subyektlar ustav kapitaliga aniq investitsiyalar kiritish, subyektlardan qimmatli qog`ozlarni sotib olish va ularga qarz berishni amalga oshirishga doir subyekt qaroriga ta'sir qiluvchi mezonlarni o`rganishdan boshlash maqsadga muvofiqdir.
Bizning fikrimizcha, bunday qaror qabul qilinishiga ta'sir etuvchi asosiy holat, birinchidan, ustav kapitaliga kiritiladigan investitsiya subyekt zarar ko`rmasligiga va inqirozga uchramasligiga; ikkinchidan, boshqa subyektlar faoliyatiga yoki qimmatli qog`ozlar va qarz shaklida mablag` qo`ya turib, subyekt o`sha mablag`ni o`z ehtiyojlariga yo`naltirganda olinadigan iqtisodiy samaradorlikdan katta bo`lgan summani dividend va foizlar shaklida olishiga ishonch hosil qilishi lozim.
Bu holat, zarar keltiradigan ishlab chiqarishga mablag` qo`ymaslik va qo`yilgan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni yo`qotmaslik yoki ushbu qo`yilmalardan tegishli iqtisodiy samara olish uchun investitsiya kiritilayotgan subyektning moliyaviy– xojalik faoliyati va moliyaviy ahvoli yaxshi o`rganilishi kerakligini keltirib chiqaradi.
Moliyaviy investitsiyalar bilan bog`liq muomalalarni auditida uchraydigan asosiy atamalarni «qimmatli qog`ozlar va fond birjalari to`g`risida» gi O`zbekiston Respublikasi qonuniga asoslanib aniqlab olamiz.
Aksiya – amal qilish vaqti belgilanmagan qimmatli qog`oz bo`lib, yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan ma'lum ulushni aksioner jamiyatini nizom jamg`armasiga kiritilishini, uning egasini mazkur jamiyatga egalik qilishda qatnashishini va dividend olish, shuningdek jamiyatni boshqarish huquqiga ega bo`lishini tasdiqlaydi. Daromad olish ketma-ketligi bo`yicha aksiyalar oddiy va imtiyozlilarga bo`linadi.

Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə