Moliyaviy investitsiyalar auditi


Moliyaviy investitsiyalarni inventarizatsiyadan o`tkazish tartibi



Yüklə 149 Kb.
səhifə5/9
tarix23.05.2023
ölçüsü149 Kb.
#112173
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Pechat Azizbek moliyaviy-investitsiyalar-auditi

2. Moliyaviy investitsiyalarni inventarizatsiyadan o`tkazish tartibi
Moliyaviy investitsiyalar bilan bog`liq muomalalarni auditorlik muolajalaridan biri, inventarizatsiya O`zbekiston Respublikasi 19-son «Yo`qlama qilishni tashkil etish va o`tkazish» nomli BHMS ga muvofiq to`g`ri o`tkazilganligini tekshirishdir. Agar, qimmatli qogozlar subyekt kassasida saqlansa, ularning inventarizatsiyasi har oyda pul mablag`larining tekshiruvi bilan birgalikda o`tkazilishi lozim. Har bir qimmatli qog`ozning rekvizitlari subyekt buxgalteriyasida saqlanadigan ro`yxatnomalar (reestrlar, daftarlar) ma'lumotlari bilan solishtiriladi. Maxsuslashtirilgan idoralarga saqlash uchun berilgan qimmatli qog`ozlarning inventarizatsiyasi tegishli hisob schyotlarida hisobga olingan summalar qoldig`ini mazkur maxsuslashtirilgan idoralardan olingan ko`chirma ma'lumotlari bilan solishtirish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Zarur bo`lsa, auditor moliyaviy investitsiyalar bo`yicha yoppasiga inventarizatsiyani o`tkazishi mumkin.
Moliyaviy investitsiyalarni inventarizatsiyadan o`tkazishning xususiyati nafaqat qimmatli qog`ozlarning haqiqatda mavjudligi, balki ularni qiymatini shakllantirish va baholash bo`yicha haqiqiy xarajatlarni aniqlashdan iboratdir.
Shuni ta'kidlash joizki, moliyaviy investitsiyalarni auditorlik tekshiruvidan o`tkazish uslubiyoti hali respublikamizda to`liq ishlab chiqilmagan.
Moliyaviy hisobotlar investitsiya faoliyatining miqyoslari, yo`nalishlari va tavsifini, uning subyekt moliyaviy faoliyati, istiqboliga ta'sirini ochib berish uchun xizmat qiladi. Ulardan zarur axborotlarni olish tashqi foydalanuvchilarda va tahlilchilarda subyektning mulkiy va moliyaviy faoliyati haqida to`liq va aniq ma'lumot shakllanishiga yordamlashadi.
Bunday axborotlarga quyidagilar to`g`risidagi ma'lumotlar kiradi: - sotib olingan qimmatli qog`ozlarning umumiy qiymati;

  • qimmatli qog`ozlardan olingan daromad (dividendlar va foizlar);

  • qimmatli qog`ozlarni ayrim toifalarga taqsimlash;

  • kotirovkasi muttasil e'lon qilinmaydigan qimmatli qog`ozlarning taxminqilinayotgan bozor qiymati (u holda baholash metodlari va usullari subyekt hisob siyosatidan kelib chiqqan holda bayon qilingan boshqaruv xodimlarining baholashi bo`lishi mumkin);

  • aksiya qiymatining o`zgarishlari;

-qimmatli qog`ozlarni sotish natijasida vujudga kelgan, ko`zda tutilmagan daromadlar va zararlar (agar ular sezilarli darajada bo`lsa);

  • subyekt investitsiyasida salmoqli o`rin egallovchi qimmatli qog`ozlarga qilinganinvestitsiyalar.

Bulardan tashqari, qimmatli qog`ozlarga qilingan investitsiyalar to`g`risidagi ma'lumotlarni tavsiflashda foydalanilgan usullar mohiyati maxsus ochib berilishi lozim.
Bu ma'lumotlar moliyaviy hisobotning qiymat ko`rsatkichlarini baholash uchun zarur. Qimmatli qog`ozlar auditi qimmatli qog`ozlarga taalluqli moliyaviy hisobot ma'lumotlarining haqqoniyligini tekshirishdan boshlanadi.
Bunday tekshiruv subyektning naqd pullarini tekshirishdagi kabi yo`qlama o`tkazish yo`li bilan amalga oshiriladi.
«Moliyaviy investitsiyalar yo`qlama qilinganda qimmatli qog`ozlarga va boshqa tashkilotlarning ustav kapitallariga qilingan haqiqiy xarajatlar, shuningdek boshqa tashkilotlarga berilgan qarzlar tekshiriladi va quyidagilar aniqlanadi:

  • qimmatli qog`ozlarni to`g`ri rasmiylashtirilgani;

  • qimmatli qog`ozlarning butligi (haqiqatda mavjudligini buxgalteriya hisobima'lumotlari bilan taqqoslash orqali);

  • qimmatli qog`ozlar bo`yicha olingan daromadlarning buxgalteriya hisobida o`zvaqtida va to`liq aks ettirilishi.

  • qimmatli qog`ozlarni yo`qlama qilish, alohida emitentlar bo`yicha o`tkazilib,dalolatnomada nomi, seriyasi, raqami, nominal va haqiqiy qiymati, uzish muddatlari va umumiy summasi ko`rsatiladi»3.

«Yo`qlama (inventarizatsiya) qilish quyidagi vazifalarni hal etadi:

  • ularning haqiqatda mavjudligini aniqlash;

  • haqiqatda mavjud qoldiqlarini buxgalteriya hisobi ma'lumotlari bilan taqqoslashorqali ularning saqlanishi ustidan nazorat o`rnatish;

  • qimmatli qog`ozlardan olinadigan daromadlarning to`liqligi va o`z vaqtidaliginitekshirish;

  • ularning saqlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligini tekshirish(subyektda saqlanganida);

  • qimmatli qog`ozlar bilan bog`liq daromadlar va yo`qotishlarni hisobda aksettirishning haqqoniyligini aniqlash»4.


Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə