Moliyaviy siyosat



Yüklə 2,15 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#135463
Moliyaviy siyosat1


Moliyaviy siyosat
Ceated by Kamron
REJA
1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari
2. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo‘nalishlari)
3.Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning o‘ziga xos
xususiyatlari
Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlat moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta'minlashga qaratilgan
Moliyaviy siyosat o'z-o'zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bo’lib, bir vaqtning o'zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, ijtimoiy soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bo'lishijiddiy ahamiyatga ega emas.
1
Bosh maqsadni aniqlash va qo'yish hamdajamiyat hayotining ma'lum bir davriga xos qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun yechilishi zarur bo'lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni anig’lashtirish;
Siyosat, siyosiy ta'sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi:
2
Qo'yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan, yaqin kunlardagi va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlarning metodlari, vositalari va aniq shakllarini ishlab chiqish;
3
Qo'yilgan vazifalami yechishga qodir bo'lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish, ularning bajarilishini tashkil etish;
Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta'rif ham berish mumkin: moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va rnetodologik prinsiplarining majmuiga (yig'indisiga) moliyaviy siyosat deyiladi.
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo' nalishlari) quyidagilardan iborat:
    • Byudjet siyosati:
    • Soliq siyosati:
    • Pul siyosati:
    • Kredit siyosati:
    • Baho siyosati:
    • Investitsion siyosati:
    • Ijtimoiy-moliyaviy siyosat:
    • Boj siyosati:

Moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruvning tarkibiy qismi sifatida boshqaruvga xos yuqori (oliy) organlarga tegishlidir. Mamlakat sub'ektlari darajasida moliyaviy siyosat borasida qarorlar qabul qilish imkoniyatlari cheklangan va mahalliy hokimiyat organlarining funksiyalari unchalik katta emas. Ularning bu funksiyalari byudjet va mahalliy soliqlar bilan chegaralanadi.
O'zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor munosabadariga yuz tutar ekan", ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo'lgani kabi, moliya va moliyaviy munosabatlarda ham chuqur islohotlarni amalga oshirishga to'g'ri keldi. Belgilangan strategik vazifalar davlatning taktik chora-tadbirlari asosida bajarila boshlandi.
O'zbekistonda moliyaviy siyosatning hozirgi kundagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• Davlat xarajatlarining birinchi navbatda iqtisodiyotdagi zarur tarkibiy o'zgarishlarini amalga oshirish, ishlab chiqarishning o'sishini ko'zlab yo'naltirishni ta'minlash;
• Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish talablaridan kelib chiqqan holda, aholining ijtimoiy himoyasini ta'minlash, fuqarolar konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqlarini himoya qilishni ta'minlovchi moliyaviy bazani yaratish, erkin mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini ko'tarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
• Ijtirnoiy himoyaning maqsadli bo'lishiga erishish, moliyaviy mablag'larning ijtimoiy yordamga haqiqatda muhtoj aholi qatlamlariga yetib borishini ta'minlash;
• Davlat byudjeti va korxonalar moJiyaviy ahvolining barqarorligini ta'minlash;
• Byudjet intizomiga qat'iy rioya qilish;
• Mahalliy byudjetlarni shakllantirish manbalari bo'lgan res?publika soliqlari bilan mahaliy soliqlar o'rtasida aniq chegara o'tkazish;
• Davlat byudjeti daromadlarining katta qismini joylarga birik?tirish, mahalliy byudjetlarning daromad manbalarini mustahkamlash;
• Soliq siyosati belgilab bergan chora-tadbirlarni amaliyotga tadbiq etuvchi tegishli moliya-soliq mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish;
E‘TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə