Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


Iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan usullar va ularni guruhlarga ajratish



Yüklə 11,19 Mb.
səhifə25/316
tarix22.03.2024
ölçüsü11,19 Mb.
#180553
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   316
642a946f5e25f (1)

Iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan usullar va ularni guruhlarga ajratish


Iqtisodiy tahlil jarayonida turli usullar va metodikalar qo‘llaniladi. Bu usul va metodikalardan foydalanish jarayonida tahlil metodining asosiy jihatlarini kompleksligi va tizimlashganligi yaqqol ko‘rinadi. Xo‘jalik jarayonlarining umumiy birligi, o‘ziga xos tuzilish va tarkibga egaligi hamda murakkab tavsifdagi o‘zaro bog‘liqligi tahlil usullari va metodikalarini qo‘llashda asosiy e’tiborda turadi.


Tahlilning usul va metodikalarini qo‘llashda korxonaning xo‘jalik
va boshqa turdagi faoliyatini bir butun tizim ekanligi, uning umumiy yakuniy natijasi mavjudligi nazarda tutilgan holda faoliyatning turli tomonlari va elementlari ham alohida, ham birgalikda o‘rganilib, ularning o‘zaro bog‘liqligi, biri ikkinchisining ta’siridan kelib chiqishi, ya’ni ketma-ketligi aniqlanib, barcha omillar asosiy hamda asosiy bo‘lmagan guruhlarga bo‘linadi va ular o‘zaro uyg‘unlashtirilgan hamda tizimga solingan holda yakuniy natijaga omillarning birgalikdagi bevosita va bilvosita ta’siri hisoblanadi.
Tahlil usullarini qo‘llash o‘rganilayotgan jarayonlarning bir-biriga bog‘liqligi, o‘zgarish sababi, ta’sir ko‘rsatgan omillar va qo‘shimcha sabablarni aniqlashga yordam beradi.
Hozirgi raqobatdosh iqtisodiyotda aksariyat yetuk iqtisodchi olimlarimiz tahlilning usullarini iqtisodiy adabiyotlarda shartli ravishda ikki guruhga ajratib ko‘rsatishmoqda. Iqtisodiy tahlilning usullarini quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:

  1. Oddiy-an’anaviy (odatdagi) usullar guruhi.

  2. Iqtisodiy - matematik (omilli tahlil) usullar guruhi.

Oddiy-an’anaviy (odatdagi) usullar guruhiga iqgisodiy tahlil paydo bo‘lgandan buyon an’anaga aylanib, amaliy tajribada keng qo‘llanilib kelayotgan usullar kiritiladi. Ularning tarkibiga mutlaq va nisbiy farqlar- ni aniqlash, taqqoslash, guruhlashtirish, balansli bog‘lanish, zanjirli bog‘lanish, indeks, foizlar va hokazo usullarni kiritishimiz mumkin bo‘ladi.
Iqtisodiy-matematik usullarni yuzaga kelishi esa iqtisodiy axborot- larni qayta ishlovchi kompyuterlar hamda axborot texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog‘liq. Ushbu usullar iqtisodiy axborotlarni hisoblash va qayta ishlash jarayonini tezlashtirib, ularni qisqa muddatda boshqaruv xodimlariga uzatish hamda murakkab masalalarni tez va aniq hal qi- lishda muhim ahamiyat kasb etadi. Korrelatsiya, regressiya, integral, nazariy o‘yin, matematik dasturlash va shu kabilar iqtisodiy-matematik usullarga misol bo‘ladi.
Xo‘jalik jarayonlarini o‘rganish, tahlil etishda yangi usul va vosita- lardan foydalanish iqtisodiy tahlilni takomillashtirishning muhim yo‘na- lishlaridan biri hisoblanadi. Shu ma’noda tahlilda qo‘llaniladigan iqtiso- diy-matematik usullarni ham ushbu qatorga kiritish mumkin (3-jadval).

        1. jadval

Yüklə 11,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   316




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə