Monopoliya atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan yaʼni, yunoncha „monoc“



Yüklə 22,49 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix10.04.2022
ölçüsü22,49 Kb.
#85248
Monopoliya - Vikipediya
Mundarija, T. Malikov O. Olimjonov moliya


Monopoliya

Monopoliya atamasining kelib chiqishi 

bozorga


 oid tushunchalardan (yaʼni, 

yunoncha


„monoc“ — yagona, bitta va „poleo“ — sotaman) tarkib topsada, uning 

iqtisodiy

 asoslari aslida

ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagicha taʼriflash oʻrinli: monopoliya —

monopol yuqori narxlarni oʻrnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar,

bozorlar va yaxlit 

makroiqtisodiyot

 ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalarning

birlashmalari.

Monopoliya (yun. mono — tanho, poleo — sotaman) — 

iqtisodiyotning

 bir sohasida tanho

hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli. Bunday bozorlarda yagona sotuvchi oʻz tovari bilan fa-

oliyat koʻrsatadi, boshqa tarmoqlarda bunday tovarning oʻrinbosari boʻlmaydi. M. ishlab chiqarish

vositalari, ish kuchi va yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining ozchilik korxonalar, sohibkor

shaxslar yoki davlat qoʻlida toʻplanishi natijasida paydo boʻladi. M. koʻrinishlari qadimdan mavjud.

Noyob mahsulot yetishtiriladigan yerlar, konlar, suv havzalari, oʻrmonlar va boshqa tabiiy

manbalar ozchilik qoʻlida toʻplanib, egalariga monopol mavqe bergan, ular maʼlum mahsulotni

bozorgatanho yetkazib beruvchilarga aylanib, u yerda hukmron boʻlganlar. M. oʻz tabiatiga koʻra

ishlab chiqarish da turgʻunlik paydo qiladi, chunki monopol mavqega tayanib, sarflarni

kamaytirmay foyda koʻrish, raqobatning yoʻqligi yoki zaifligidan foydalanib bozorga oʻz izmini

oʻtkazish mumkin. M. bozor munosabatlarini cheklaydi, shu sababli hatto bozor iqtisodiyoti

hukmron davlatlar mono-poliyaga qarshi choratadbirlarni koʻradilar. M.ning asosiy shakllari —

kartel, sindikat, trest, konsernlar hisoblanadi.

[1]

Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning toʻplanishi hisoblanadi.



Ishlab chiqarishning toʻplanishi ishlab chiqarish vositalari, 

ishchi kuchi

 hamda 

mahsulot


 ishlab

chiqarish hajmining yirik korxonalarda toʻplanishini namoyon etadi. Monopoliyaning 6 turi mavjud

bo'lib ular: 1.Tabiy monopoliya 2.Legal monopoliya 3.Sun'iy monopoliya 4.Aligopoliya

5.Monopsoniya 6.Sof monopoliya



Yüklə 22,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə