Motivasiya va emosiya psixologiyasi



Yüklə 9,04 Kb.
tarix29.09.2017
ölçüsü9,04 Kb.
#2303


AIM.UZ




MOTIVASIYA VA EMOSIYA PSIXOLOGIYASI

Insonni xatEi-harakatga va faoliyatga undovchi sababga motiv deyiladi. Odamning hulq-atvoriga qarabuning hatti- harakatlarini tahlil qilib ularning motivlarini aniqlashga intilish lozim.Faqat ana shunday hollarda mazkur xatgi-harakat odam uchun tasodifiy yoki qonuniy ekanligi haqida fikr yuritish mumkin. Bunday harakatlarning yana takrorlanishi oldindan bilish, shaxsiy hislarining ayrimlarini yuzaga keltirmaslikning oldini olish, boshqalarning taraqqiy etishini qo'llab-quvvatlash mumkin. Odamning faoliyat motivlarini o'rganish, shaxsiy ma'naviy psixologik mohiyatini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Ba'zilar mehnatga o'z ehtiyojlariga ko'ra sidqidildan munosabatda bo'lsalar, ba'zilar o'z burchlarini anglaganliklaridan, yana ba'zilari o'zlarining qabih niyatlariga erishish uchun vaqtincha sun'iy munosabatda bo'ladilar. Hissiyot tashqi olamdagi narsa va hodisalarga nisbatan bo'lgan munosabatlarimizning va munosabatlarimizdan hosil bo'ladigan ichki kechinmalarimizning ongimizda aks ettirishda. Hissiyot o'ziga xos aks ettirish jarayoni bo'lib, bunda narsa va hodisalarning bevosita emas, balki shu narsalarning aks ettirish jarayonida hosil bo'ladigan ichki kechinmalari va munosabatlari aks ettiriladi. Hissiyotlar o'zining yuzaga kelishi nuqtai-nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog'liq bo'ladi. Hissiyot olamda sodir bo'layotgan narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo'lganlari haqida darak beruvchi signallar sistemasi hisoblanadi Ma'lum qo'zg'alishlar odam uchun xotirjamlik yoki notinchlik haqidagi fikrlarga aylanadi. Ifodalangan hatti-harakat (mimika va pantomimika) signal funksiyasini bajaradi. Ular odamning kechinmalarini boyitadi, yorqinlashtiradi va boshqa odamlarning idrok qilishini yengillashtiradi. Hissiyotlarning boshqaruvchanlik funksiyasi shunda namoyon bo'ladiki, barqaror kechinmalar bizning hulqimizni yo'naltiradi va qarama-qarshiliklarni yengishga undaydi. Emosiyalarni boshqaruvchi mexanizmi kuchli emosional qo'zg'alishni kamaytiradi.Odamlarning hayotida bo'ladigan qayg'u kulfat kabi psixik holatlar xavflidir.

Hissiyot uch turga bo'linadi

1. Axloqiy. hislar.

2. Intellektual hislar.

3. Estetik hislar.


Axloqiy hislar - shaxsning, odamlarining va o'zini hulq-atvoriga emosional munosabatda ifodalanadi. Shaxs bu hislarni kechirar ekan, ijtimoiy axloqiy prinsiplari va normalarga asoslanib boshqa odamlarning hatti-harakatlariga yoki psixik xususiyatlariga hamda o'zining xususiy hatti-harakatlariga hislari ham kiradi. Intellektual hislar deb, aqliy faoliyat jarayonida hosil bo'ladigan kechinmalariga aytiladi.Ushbu his ham haqqoniy fikrlarga soxta ajablanarli, shubhali tushunarli yoki tushunib bo'lmaydigan, xayratda qoldiradigan fikrlarga bo'lgan munosabatlari ifodalanadi.Intellektual hislariga ajablanishni kiritish mumkin. Ajablanish inson bilish faoliyatini ajralmas tomonidir. Ajablangan va qandaydir tushunib bo'lmagan xayratda qoldiradigan narsaga qaratish odamning bilish ehtiyojlarini qondirishga intilish. Ajablanish odamning bilish bilan bog'liq faoliyatini yuzaga keltirishga undovchi omillardan biridir.Estetik hislar deganda biz, go'zallikni idrok qilish, go'zallikdan zavqlanish go'zallik yaratishga intilishni tushunamiz.Estetik his hamma odamlarga xos bo'lgan hissiyotdir. Estetik hislarini yuzaga keltiruvchi manbalar juda ko'p va xilma-xildir. Masalan: tasviriy san'at, badiiy adabiyot asarlari, musiqa va haykaltaroshlik, arxitektura me'morlik ishlari ham odatda estetik his tug'diradi. Bundan tashqari odamlarining qiyinishi, boshqalar bilan muomilasi ham estetik hislarimizning manbai bo'la oladi. Odam shirin muomilali, gapni o'rinli va madaniy qilib gapiradigan kishidan zavqlanadi. Iroda odamning biron maqsad yo'lida ongli ravishda qiyinchiliklarni bartaraf qilishga qaratilgan hatti-harakatidir. Irodaviy faoliyatda odam o'zini idora qiladi, xususiy ixtiyorsiz impulslarni nazorat qiladi. Iroda tormozlovchi va boshqaruvchi mexanizmlarga ega. Hulqni irodaviy boshqarish - ongli ravishda aqliy va jismoniy kuchni maqsadga erishishiga qaratilishi yoki aktivlikdan o'zini ushlab turishidir. Iroda aktiv maqsadni anglash, qarorga kelish, rejalashtirish, bajarish, irodaviy zo'r berish kabi murakkab mexanizmdan iborat.
Shaxsning irodaviy sifatlariga:

1)Mustaqillik,

2) Katiylik,

3) Dadilik

4) O'zini tuta olishlik kiradi.
Odam tayyor iroda va irodaviy sifatlar bilan tutalmaydi. Organizmning o'sishi irodaning taraqqiy etishi uchun faqat imkoniyat beradi.Odam irodasi o'sib borayotgan avlodga katta avlodning uyushgan tartibda ma'lum maqsadni ko'zlab ta'sir etish jarayonida taraqqiy topadi. Irodani tarbiyalash kattalar va o'qituvchilar tomonidan o'quvchilarga talab quyilishi va uni bajarilishiga erishmoq lozim.

Aim.uz



Yüklə 9,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə