Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
120
120
Ot turkumidagi so‘zning kelishik qo‘shimchalarini olib o‘zgarishi
turlanish
deyiladi. Kelishik qo‘shimchalari turlovchi qo‘shimcha
hisoblanadi. Kelishiklar quyidagicha:
1. Bosh kelishik:
kim? nima? qaer?
2. Qaratqich kelishigi:
kimning? nimaning? qaerning?
3. Tushum kelishigi:
kimni? nimani? qaerni?
4. Jo‘nalish kelishigi:
kimga? nimaga? qaerga?
5. O‘rin-payt kelishigi:
kimda? nimada? qaerda?
6. Chiqish kelishigi:
kimdan? nimadan? qaerdan?
Kelishik qo‘shimchalari olmoshlar, harakat nomi, jamlovchi
songa ham qo‘shilishi mumkin. Otlashgan so‘zlar ( otlashgan sifat,
otlashgan sifatdosh) hamda olmoshlar ham kelishik qo‘shimchalarini
qabul qiladi.
Dostları ilə paylaş: