Muammoli maqolani yozishda masalaning qoyilishi( Yoshlar ovozi va Hurriyat gazetalari misolida) kirish I bob muammoga tahlil qilish va hal qilish jarayonini tushunish uchun vaqt ajratish



Yüklə 40,89 Kb.
səhifə1/6
tarix08.05.2023
ölçüsü40,89 Kb.
#109205
  1   2   3   4   5   6
Muammoli maqolani yozishda masalaning qoyilishi( Yoshlar ovozi va Hurriyat gazetalari misolida)docx




Muammoli maqolani yozishda masalaning qoyilishi( Yoshlar ovozi va Hurriyat gazetalari misolida)
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I BOB MUAMMOGA TAHLIL QILISH VA HAL QILISH JARAYONINI TUSHUNISH UCHUN VAQT AJRATISH……………………………………4
1.1.Tahlil qilish va hal qilish jarayonini tushunish……………………………….4
1.2.Muammoga ko'proq tahlil qilish va metodikasi………………………………11 II BOB MUAMMO YECHISH UCHUN KERAK BO'LGAN BARCHA XUSUSIYATLARINI VA MUHIM O'LCHAMLARINI ANIQLANG……22 2.1.Muammo yo'nalishini aniqlab va uni qisqa qilib yozish……………………22 2.2. Muammoli masalani yechish uchun kerak bo'lgan barcha usullar…………27
XULOSA ………………………………………………………………………34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………..…………………………35

KIRISH
Jurnalistika nazariyasi va amaliyoti zamonaviy media makonda sodir boʼlayotgan yangiliklar, oʼzgarishlar, paydo boʼlayotgan yangi tendentsiyalarga mos ravishda rivojlanishi lozimligini davrning oʼzi taqozo etmoqda. Аxborot texnologiyalari mislsiz darajada rivojlanayotgan, jurnalistikaning faoliyat koʼrsatish shakllari va mazmuniga qoʼyilayotgan talablar oʼzgarayotgan hozirgi sharoitda, ayniqsa bu juda muhim ahamiyatga ega. Chunki axborot texnologiyalarining kirib kelganiga hech qancha vaqt boʼlmasdan, yuz yillardan beri faoliyat koʼrsatib kelayotgan bosma nashrlar yangi, ulkan kibermakonga moslashyapti, undan orqada qolmaslikka intilyapti. Shu maʼnoda, hozirgi sharoitda zamonaviy jurnalistika amaliyotida mumtoz yoki anʼanaviy degan tushunchaning ahamiyati oʼzgardi. Raqamli texnologiyalar, audiovizual vositalar ommaviy axborot vositalari tuzilishini mulьtimedialashtirmoqda. Uning imkoniyatlaridan foydalanib media matnlar auditoriyaning qabul qilish darajasiga mos ravishda, hayotda sodir boʼlayotgan voqea-hodisalarni qiziqarli, hayotiy va jonli (rasmlar, video tasvirlar, audio matnlar yordamida) tayyorlash muhim tendentsiyaga aylandi.
Kurs ishining dolzarbligi Muammoli maqolada koʼtarilayotgan mavzu nazariy va amaliy tomondan ochib berilishi, muammoning sabab-oqibat munosabatlarini aniqlash, tahlil qilish, shuningdek, boshqa ijtimoiy hodisalar bilan bogʼliqligini tadqiq etishi zarur.
Hozirgi zamonaviy oʼzbek jurnalistikada muammoli maqolaga maqomiga daʼvogar maqolalar koʼp uchraydi. Ularda koʼpincha jamoatchilik fikriga havola etishga arzimaydigan savollar qoʼyiladi yoki muammosifat vaziyatlar koʼriladi.
Jurnalistlar orasida “muammo qanchalik toʼgʼri qoʼyilsa, uning yarim yechimi tayyor” degan fikr yuradi. Bu fikrda bir oz mubolagʼa bor. Аniqrogʼi, muammoning oʼzi qoʼyilmaydi, u shundoq ham bor. Shuning uchun muammoni oʼrganish uchun savolning qanday qoʼyilgani muhim.


Yüklə 40,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə