Muammoli vaziyatlarni xal etishda tarbiyachining pedagogik qobiliyati. Reja



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə2/2
tarix20.04.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#106494
1   2
MUAMMOLI VAZIYATLARNI XAL ETISHDA TARBIYACHINING PEDAGOGIK QOBILIYATI

O’quv muammosining
muxim belgilari
yangi bilimlarni shakllanpshrishga
olib keladigan noma’lumning
bo’lishi
talabalarda noma’lumni topish
yo’lida talantni amalga oshirshi
uchun zarur bo’lgan muayyan bilim
zaxirasining bo’lishi.
  • O’quv muammosini yechish jarayoinda talabalar aqliy faoliyatining muxim bosqichi uning yechilish usulini o’ylab topish yoki gipoteza qilish xamda uni asoslashdir.
  • O’quv muammosi muammoli savollar bilan izchil rivojlantirib boriladi va bunda xar bir savol uni xal qilinishida bir bosqich bo’lib xizmat qiladi.
  • Muammoning tarkibiy qismlari, mag’lum va nomag’lumiing o’zaro munosabati xarakteri bilimga bo’lgan e’tiyojni keltirib chiqaradi va faol bilishga bo’lgan izlanishga undaydi.
  • Ta’kidlash joizki, muammoli o’qitishning zaruriy sharti talabalarda uning natijasini izlash jarayoniga bo’lgan ijobiy munosabitni vujudga keltirish xisoblanadi.
  • Talabalarning muammoli o’qitishdagi ijodiy va qidiruv bilish faoliyati muammoli vaziyat paydo qilinganda talabalar mashg’ulotda muammoni ifodalab berishdan iborat bo’ladi, yag’ni bilishdagi qiyinchiliklarning paydo bo’lishi mo’iyatini (ya’ni ushbu damda unga nima ma’lum bo’lsa) so’z bilan ifodalab beradi, so’ngra muammoning yechilish usullarini qidiradi va bunda turli taxminlarni olg’a suradi, talabalar haqiqiy deb topgan taxminlardan birini faraz sifatida asos qilib oladi va uni isbotlaydi, izlanish muammo yoki vazifa bajarilgandan so’ng tugallanadi.
  • SHaxs bilish faoliyatining izlanish davrini maxsus sxemalarda ifodalash mumkin: muammoli vaziyat - o’quv muammosi - o’quv muammosini yechish uchun izlanish - muammoning yechilshii.
  • Muammoli o’qitish mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazishning muxim tomoni shundaki, bunda o’qituvchi uning xam ta’limiy, xam tarbiyaviy funktsiyasini yaxshi anglab olgan bo’lishi talab qilinadi. O’qituvchi hech qachon talabalarga tayyor xaqiqatni (echimini) berishi kerak emas, balki ularga bilimlarni olishga turtki berishi, mashg’ulotlarda va hayot faoliyatlarida zarur bo’lgan axborot, voqea, vaqt va xodisalarni ongida qayta ishlashlariga yordam berishi lozim bo’ladi.
  • Muammoli o’qitish bilimlarni ongli va mustaxkam o’zlashtirish, atrof-mu’itga o’zining faol munosabatini belgilab olishda talabalar bilish faoliyatini jonlantirishda katta imkoniyatlarga ega.
  • Muammoli o’qitishda o’qituvchi talabalarning bilish faoliyatini tashkil etadi, shundagina talabalar fanlarni taxlil qilish asosida mustaqil ravishda intellektual mashaqqatlarni xal qilish, xulosa chiqarish va umumlashtirish, qonuniyatlarni shakllantirish, qo’lga kiritilgan bilimlarni yangi vaziyatga tatbiq etishga intiladi.
  • Ayrim xollarda o’qituvchi talabalarda nafakat qiziqshi uyg’otishi kerak, balki o’quv muammosini o’zi xal qilib qo’ymasligi va boshqa xollarda talabalarning o’quv muammosini yechishdaga mustaqil ishlariga ra’barlik qilish lozim, natijada talabalarda bilimlarga mustaqil erishish qobiliyati shakllanadi xamda gipoteza qo’yish va uni isbotlash orqali yangi aqliy xarakat usullarini topadi, bilimlarni bir muammodan boshqa ko’chirish ko’nikmasini hosil qiladi, diqqat va tasavvurlari rivojlanadi. Talabalar muammoli o’qitish jarayonida muammoli vaziyatda o’quv materiallarini idrok qilish orqali bilim va aqliy xarakat usullarini o’zlashtirar ekan, o’rganilganlarni mustaqil ta’lil qilar ekan, gipotezalar qo’yish va ularni isbotlash orqali o’quv muammolarini shakllantirar ekan, unda talabalarning intellektual faolligi taominlanadi.
  • SHunday qilib, muammoli o’qitishning vazifasi talabalar tomonidan bilimlar tizimi va aqliy xamda amaliy faoliyatlari usullarini samarali o’zlashtirishga xamkorlik qilish, ularda yangi vaziyatda olingan bilimlarni ijodiy qo’llash malakasini xosil qilish, bilish, musta’kamlashga o’quv va tarbiya muammolarini xal qilishidir.
  • O’quv jarayonining amaliy taxliliy muammosi o’qitishning o’ziga xosligini belgilash imkoniyatini ochadi. Muammoli o’qitishning mo’iyati ta’lim oluvchi tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgai axborotlarni o’qituvchining maxsus tashkil qilishidan iboratdir.
  • Mashg’ulotlarda ijodiy suxbatni qo’llash maqsadga muvofiq topiladi. Talabalar bunday suxbat jarayonida o’zlarida avvaldan mavjud bo’lgan bilimlari, ijodiy faoliyati tajribasiga asoslangan xolda o’qituvchi ra’barligida muammoni izlaydi va mustaqil ravishda uning yechimini topadlar. Talabalar o’z tashabbuslari bilan savollarga javob beradilar yoki o’z chiqishlarida turli muloxazalarni bildiradilar, muammoning yechilishidagi o’z variantlarini ilgari suradilar, hodisalar o’rtasidagi rang-barang, aloqalar borasida ba’slashadilar, boshqalarning fikriga tanqidiy munosabat bildiradilar. Bu jarayonda o’qituvchining talabalarga yordam berish darajasi ularning mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish darajasiga bog’liq bo’ladi.
  • Ijodiy suxbatga tayyorlashda o’qituvchining unga o’ta mas’uliyat bilan yondoshishi talab qilinadi. O’qituvchi bunday suxbatga oldindan jiddiy tayyorgarlik ko’rishi lozim: avvaldan shunday savollar o’ylab topishi kerakki, ular talabaning u yoki bu xodisaning moxiyatini anglab yetish va uning yechilish yo’llarini bashorat qila olsin. O’qituvchi talabalarning umuman muammoni yechish uchun yetarli darajada tayyorgarlik ko’rib kelmasligini xam ko’zda tutishi va bunday vaqtda sodda va murakkablashtirib boruvchi qo’shimcha savollarni tayyorlab qo’yishi lozim, bunday savollar orqali talabalar ijodiy xal qilishi shart bo’lgan vazifalarni qismlarga ajratish xam zarur bo’ladi, yag’ni muammo kichik muammolarga bo’linadi va muammoli vazifa yechiladi. O’qituvchi bunday vaziyatda vazminligini saqlashi, talabalarga tezroq yordam berish, kamchiliginn tuzatish va yanglish fikr bildirganlarga tanbe’ berishga shoshilmasligi, balki qo’shimcha savollar bilan o’zlarining xatosini anglashga va to’g’ri qaror qabul qilishga erishish maqsadga muvofiqdir.
  • Ijodiy suxbat davomida kamroq tayyorgarlik ko’rgan, jonli fikr olishuvlarda, shuningdek, indamaslikni xush ko’radigan talabalarga alo’ida axamiyat berish lozim. Bunday talabalarning xulqlarini ko’zda tutgan xolda ulardan xam “nido chiqishi”ga erishish maqsadida ular uchun xam avvaldan savollar tayyorlab qo’yish maoqul bo’ladi.
  • Ijodiy xarakterdagi suxbat o’quv-tadqiqot ishlarining zaruriy bosqichi hisoblanadi. Unda talabalarning o’zida tadqiqot ishlari unsurlari mavjud bo’lgai qisman-ijodiy faoliyatning bajarilishini talab qiladigan muammoli xarakterdagi mantiqiy masalalar diqqatni jalb qiladi.
  • Materialni muammoli bayon qilish. Bunda ijod o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi va tobora faollashtirib boriladi. O’qituvchi yangi materialni bayon qilishda uning yechilishini o’zi tag’minlaydi. Bunda o’qituvchi ziddiyatlarni taokidlaydi, uni barchaga eshittirib muxokama qiladi, o’z mulo’azalarini bildiradi, haqiqatni faktlar, mantiqiy isbotlar tizimi yordamida asoslaydi. O’qituvchi bu tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshira olsa, talabalar uning fikrlari borishiga diqqat bilan qo’shilib boradi, muammolarning yechilish oqimiga qo’shilib ketadi, birga fikr yuritadi, birga hayajonlanadi, shu tariqa mashg’ulotning qatnashchisiga aylanadi. Bunda o’qituvchi talabaning bilish jarayonini savollar berish, savolga savol berish yo’li bilan boshqaradi va shu orqali auditoriyadagi o’rganilayotgan materiallar bo’yicha ziddiyatlarga diqqatni jalb qiladi va talabalarni o’ylab fikr yuritishga majbur qiladi. O’qituvchi tushunilmagan savolni xal qilishidan oldinoq talabalar o’zlaricha o’z javoblarini tayyorlab qo’yadilar va uni ma’lum muddat o’tgach o’qituvchining fikri va xulosasi bilan taqqoslaydilar.
  • Materialni muammoli bayon qilish axborotni bayon qilishdan tubdan farq qiladi, chunki unda u yoki bu hodisaning belgilari, xossalari, tushunchalari, qoidalari shunchaki tasvirlab beriladi, tayyor xulosalar bayon qilinadi.
  • O’quv axborotlarining muammoli bayoni metodidan foydalanishning boshqa varianti fan taraqqiyoti tarixidagi u yoki bu qonunning olimlar tomonidan kashf etilishi yo’lini yoritib berish bo’lishi xam mumkin.
  • O’quv jarayomida keng tarqalgan metodlardan biri - shartli ravishda o’quv axborotlarining bayonini muammoli boshlash deb nomlanadigan metoddir. Materialni muammoli bayon qilish metodidan bu metod muammoli xam, faqat materialni bayon qilish boshidagina yaratilishi bilangina farqlanadi. Keyinchalik material axborot usulida bayon qilinadi. Albatta, bu metod yuqorida talabaning ijodiy izlanish faoliyati, ayniqsa, ijodiy metodida ko’ringan ko’nikmalarni hosil qilishga imkoniyat bermaydi, lekin talabalarning mashg’ulot ibtidosida olgan il’omlari barcha materialni faol idrok qilishga, unga yuqori qiziqish uyg’otishga bevosita turtki beradi. Yuqoridagi barcha metodlar orasida bu metod o’zining oddiyligi bilan ajralib turadi.
  • Muammoli vaziyatni tashkil qilishda quyidagi e’timol ko’ringan didaktik maqsadlarni xisobga olish zarur: o’quv materialiga talabalar diqqatini jalb qilish, ularning bilishga bo’lgan qiziqishini uyg’otish, talabalarning bilish faoliyatini jonlantirish, ularni intellektual zo’riqish mashaqqatlariga olib kelish, talabalar tomonidan egallangan hozirgi bilim, malaka va ko’nikmalar kelajakda yuzaga keladigan bilishga bo’lgan talablarini qondira olmasligini ko’rsata bilish, talabalarga o’quv muammolariii ta’lil qilishga, uning yechilishidagi eng ratsional yo’llarni aniqlashda yordam berish kerak.
  • O’quv jarayonidagi muammoli vaziyatning bir necha turlari farqlanadi:
  • 1. Talabalar qo’yilgan vazifaning yechilish usulini bilmaydilar, muammoli savolga javob berolmaydilar.
  • 2. Talabalar avval olgan bilimlarini yangi sharoitda foydalanish zaruriyatiga duch keladilar.
  • 3. Vazifaning nazariy ji’atdan yechilishi mumkin bo’lgan yo’li va tanlangan usulning amaliy ji’atdan qo’llash qiyinligi orasida ziddiyat yuz beradi.
  • 4. Vazifaning bajarilishida natijaga amaliy erishish va talabalarda uni nazariy ji’atdan asoslashga bilim yetishmasligi o’rtasida ziddiyat yuz beradi.
  • Talabalarning fikrlari tobora qiyomiga yeta borib, muammoli vaziyat ularda ma’lum xissiy hozirlikni vujudga keltiradi, mustaqil amalga oshirilgan bilish jarayonidan, kashfiyotlardan qoniqish hosil qiladi. hayratga tushish, tushkunlik yoki shodlik xissiyotlari muammoli vaziyatni to’g’ri tashkil qilish belgilari bo’lib xizmat qiladi. Ma’lumki, yuqori ko’tarinkilik bilimlarni samarali o’zlashtirish, haqiqatni qidirish va unga erishishning muxim omili hisoblanadi.
  • Muammoning murakkabiligi, talabalarning bilim saviyasi va malakasni, ularning ijodiy faolligi ko’nikmalari, didaktik maqsadga yo’nalganligiga qarab muammoli o’qitishda talaba va o’qituvchi o’zaro munosabatlarining turli variantlari bo’lishi mumkin, ya’ni muammolilikniig turli sat’lari amalda bo’lishi mumkin.
  • Pedagogikaga oid adabiyotlarda asosan muammolilikning uch sathi xaqida fikr yuritiladi:
  • Birinchi satxda o’qituvchi o’zi muammoni qo’yadi, uni shakllantiradi va talabalarni mustaqil ravishda uning yechilish yo’lini qidirishga yo’naltiradi.
  • Ikkinchi satxda o’qituvchi faqat muammoli vaziyatni vujudga keltiradi, talabalar esa muammoni mustaqil shakllantiradilar va yechadilar.
  • Uchinchi satx - oliy sat’ bo’lib, unda o’qituvchi shunday qoidani ko’zda tutadi: muayyan muammoni ko’rsatib bermaydi, balki unga talabalarni “ro’baro’” qiladi xamda ularni mustaqil ijodiy faoliyagga yo’naltiradi, ularni boshqaradi va natijani baxolaydi. Talabalar esa muammoni mustaqil anglaydilar, uni shakllantiradilar, uning yechilish usullarini tadqiq qiladilar.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə