Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 391,61 Kb.
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü391,61 Kb.
#140729
1   2   3
Raqammi A11

Sinxron RS-trigger. Elementar asinxron RS-triggerli yacheykalar - turli kombinatsion qurilmalarning asosi bo„lib hisoblanadi. Ular qatoriga hisoblagichlar, registrlar va chastota bo„luvchilari kiradi. Bu qurilmalarda takt signali yoki sinxronlash signali deb ataluvchi maxsus signal yordamida avval kiritilgan maTumotni chiqishga uzatish va keyingi xotira yacheykasiga yozib qo„yish kerak. Bunday rejimni amalga oshirish uchun RS-trigger qo„shimcha C (clock) takt kirishi bilan to„ldiriladi, va u sinxron trigger deb ataladi.
Sinxron trigger ham maTumot, ham takt kirishlarida signal mavjud bo„lgandagina o„z holatini o„zgartiradi. Bunda sinxron trigger takt impulsining cho„qqisi, fronti yoki kesishi bilan boshharilishi mumkin. Impuls fronti yoki kesishi bilan o„z holatini o„zgartiradigan trigger kirishlari dinamik kirishlar deb ataladi. Agar trigger cho„qqiga etgan, ya‟ni katta uzanlikka ega bo„lgan signal bilan boshharilsa, bunday kirish statik deb ataladi. Sinxron RS-trigger asinxron trigger va ikkita HAM-EMAS elementidan tashkil topgan bo„lib, shular tufayli mantiqiy bir signali bir vaqtni o„zida C takt kirishiga va S yoki R ma‟lumot kirishlaridan biriga berilgandagina trigger o„z holatini o„zgartiradi. Sinxron RS-trigger tuzilma sxemasi va uning shartli belgisi mos ravishda 4.6-a va b rasmlarda keltirlgan. C, S va R to„g„ri kirishlarga ega bo„lgan trigger uchun ishlash qoidalari o„tishlar (haqiqiylik) jadvali yordamida ifodalanadi (4.3- jadval). Ko„rinib turibdi- ki, kirishlar soni 3 ta bo„lganda, C, S va R kirish signallarining kombinatsiyasi 8 ga teng.
4-jadvaldan kelib chiqib, takt kirishida “1” signali bo„lmaganda ma‟lumot kirishlarining ixtiyoriy kirish signali kombinatsiyasida RCS- trigger avvalgi ma‟lumotni eslab turish rejimida ishlaydi. Kirish signallarining S=R=C=1 kombinatsiyasi mumkin emas, chunki bu holda, asinxron triggerning S' va R' kirishlarida bizga ma‟lum bo„lgan S'=R'=0 man etilgan kombinatsiya hosil bo„ladi.



D-trigger. D-trigger yagona D (data) ma‟lumot kirishiga ega. Uning kam miqdorda ishlab chiharilishiga sabab, narhi yuqori bo„lgan chiqishlarning kichik soni. D-trigger uchun to„rtta tashqi chiqish kifoya: D-ma‟lumot kirishi, C-takt kirishi, ikkita Q va Q chiqishlar (ularning biri mavjud bo„lmasligi ham mumkin). Dtrigger sxemasi (6-rasm) RCS-trigger sxemasidan invertor mavjudligi bilan farqlanadi.

T-trigger.
Ikki pog„onali triggerlar registr va hisoblagich kabi ko„prazryadli qurilmalar ishi uchun mo„ljallangan bo„lib, ularda triggerli yacheykalarning ishonchli va aniq ishlashi talab etiladi. T-trigger sanoq triggeri deb ham ataladi, chunki kirishga aktiv mantiqiy signal berilganda u o„z holatini qarama-qarshi (teskari) holatga o„zgartiradi. Ikki pog„onali triggerlar MS-trigger deb ham ataladi (inglizcha master va slave - usta va yordamchi so„zlaridan olingan). Nomidan kelib Qn n 1   СQ СD chiqqan holda bunday trigger ikkita RCS-triggerdan tashkil topgan

Yüklə 391,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə