1
.
Masshtabli
yoki
konturli shartli belgilar
bilan xarita masshtabida
konturini ko’rsatish mumkin bo’lgan tavsilotlar, masalan, o’rmon, botqoqlik,
poliz, bog’, ko’l va boshqalar tasvirlanadi. Masshtabli shartli belgilar bilan tasvir-
langan tavsilotlarning uzunligi, kengligi, maydonini aniqlash mumkin. Konturli
shartli belgilar bilan tasvirlangan tafsilotlarni bir-biridan farq qilish uchun, har bir
kontur ichiga shu tafsilotlarning shartli belgisi beriladi yoki konturlar turli rangga
bo’yaladi. Masalan, tokzorga tokning shartli belgisi chizib qo’yiladi, qamishzor
konturining ichiga qamishning shartli belgisi chizib qo’yiladi, o’rmon yashil
rangga, ko’l ko’k rangga bo’yaladi va hokazo. Lekin kontur ichida berilgan shartli
belgi shu belgi bilan tasvirlangan tafsilotning o’rnini va miqdorini bildirmaydi.
Masalan, bog’ konturi ichida berilgan doirachalar shu bog’dagi daraxtlarning
o’rnini va ularning sonini bildirmaydi.
2
.Xarita masshtabida ko’rsatib bo’lmaydigan kichik obyektlar, masalan,
byakka daraxt, buloq, quduq, ko’prik va boshqalar
Dostları ilə paylaş: |